Birinchi marta yoki birinchi....  ( 306806 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 66 B


As-Samarqandiy  29 Iyul 2010, 16:57:29

Bismillohir rohmanir rohim!

Bu dunyoga kelganimda birinchi bo'lib yig'laganman. Yig'laganda ham entikib-entikib yig'laganman. 

Qayd etilgan


Xolms  29 Iyul 2010, 21:35:22

1-marta hiyonatga uchraganim aniq esimda. 2008 yili kuzda...

Qayd etilgan


JaviK  29 Iyul 2010, 23:30:45

Bugun birinchi marta Uzmuslimni qoldirayotgan postlaridan hafa bo`lib ketdim.

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  29 Iyul 2010, 23:34:37

Bugun birinchi marta Uzmuslimni qoldirayotgan postlaridan hafa bo`lib ketdim.
hafa bo'men, bu brodarimiza o'zlariga kemasala urip bo'sayam keltiramiza o'z holatlariga inshAlloh

Qayd etilgan


Xolms  30 Iyul 2010, 19:20:31

Birinchi marta boshim yorliganda 8 yoshda edim. Anjir uzaman deb, Anjirni eng tepasidan tushib aspaltga boshim tekkandi...

Qayd etilgan


Abu Muso  08 Avgust 2010, 23:23:06

 :as:

Shu yilning 26-iyul kuni, hayotimda birinchi marta narkoz oldim...

Hamma ta'riflab berganidek, "katta parvoz"ga zo'r tayyorlanib turgandim... ;D

Osmonu-falak tugul, operatsiya xonasidan tashqariga uchib chiqa olmadim. :(

Qayd etilgan


Nоdirbek  08 Avgust 2010, 23:43:11

Ingliz tilidagi forumlarga kirib kelayotgan paytlarim edi. U paytlarda ingliz tilida post qoldirishga juda ham qiynalardim (Hozir ham shunday). Hosting plan bor edi. Forumda qancha ko’p post qoldirsangiz, shuncha ko’p joy berardi. Dastlab foydali ma’lumotlar topsam, muallifga, "œpost uchun rahmat, ma’lumot uchun rahmat" va shunga o’xshash javoblarni yoza boshladim. Bir payt qarasam admindan ogohlantirish xati kelibdi, unda, forumda rahmat deb yozishga chek qo’yishim, agar rahmat aytmoqchi bo’lsam, "œRahmat" tugmasidan foydalanishim haqida yozishibdi :)

Qayd etilgan


BilmasOY  09 Avgust 2010, 17:07:28

2009-yilning mart oyi boshida birinchi marta venamdan ukol (unaqa bunaqa emas, "issiq" ukol! ya'ni kalsiy xlor) olganman...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  10 Avgust 2010, 17:58:24

Bismillohir rohmanir rohiym!

Birinchi marta komputer oldiga o'tirganimda, o'qituvchi yo'qligidan foydalanib, o'zimcha nimalarnindir o'rganmoqchi bo'lganman. Oldimdan nima chiqsa, tugmachani bosib kiraverib ketavergan ekanman. Bir payt o'qituvchi kelib, o'ziyam yarim soat men ochgan derazalarni yopgan edi.

Qayd etilgan


Habib  10 Avgust 2010, 18:07:03

Birinchi marta kompyuterga o'tirganimda(manam Samarqandiyga o'hshab) juda hayajonlanganman.(Bizni paytda hozirgi Pentiumlar qayerda? Oddiy kompyuterlar edi, faqat Mario o'ynasa bo'lardi ;)) Bunaqa mo'jizani ko'rib juda quvongandim. Maktabning 5- yo 6- sinfi edi. O'qituvchi ham "bolalar" hamma o'z taasurotlarini yozib bersin" degan. Men she'r yozganman naq, xa ishoning! Birinchi she'rim edi u. Mana boshlanishi:

Kompyuter yahshidir,
Texnikaning naqshidir.
Har narsani biladi,
Aytganingni qiladi.

Cho'tmas unga savollar,
Masala-yu misollar.
Barin tezda yechadi,
Lochin kabi uchadi...


Eslolganim shu.. Shunaqa! Bizda birinchi marta shunaqa bo'lgan!

Qayd etilgan