Birinchi marta yoki birinchi....  ( 306834 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 66 B


yoqutxon  23 Avgust 2010, 14:20:56

Birinchi marta maktabga borganimda. O'qituvchimni ko'rib ayos solib yig'lavorgandim. Shundan keyin onam bechoraga men bilan  darsda bitta partada o'tirasiz deb turib olgandim. O'shanda meni zo'rg'a ko'ndirib ishlariga ketgandilar.

Qayd etilgan


yoqutxon  23 Avgust 2010, 14:21:24

Birinchi marta maktabga borganimda. O'qituvchimni ko'rib ayos solib yig'lavorgandim. Shundan keyin onam bechoraga men bilan  darsda bitta partada o'tirasiz deb turib olgandim. O'shanda meni zo'rg'a ko'ndirib ishlariga ketgandilar.

Qayd etilgan


Zamiraxon  26 Avgust 2010, 22:18:29

Birinchi Martda Futboldan (14-16 yoshlilar o'rtasida)Qo'qon chepionati Finaliga Chiqganimizda O'zimga O'zim Gol Urib Qo'yganman..Shunda Hamma Kamandamizdegilar Yig'lagandi Faqat Man O'zimi Kulgudan To'xta Olmagan edim.
:) :) Eeyy Uzmuslimey antiqa narsalar qilib yurarkansizda ;)
On: birinchi marta pelyonkalarni 5-sinfligimda yuvganman :)

Qayd etilgan


Ansora  28 Avgust 2010, 13:46:07

2 kun oldin Abdulaziz Ensarni birinchi o'yinchog'ini oldik:) yani shiqildoq...
shiqqillatgan sarimiz, o'yinchoqni ta'qib etyabdi. bazan ovozi kuchayib ketsa cho'chib ketadi:)
qo'liga bir narsa bersangiz mahkam ushlab olishi chaqaloqlarda bir refleks ekan. o'yinchoqni mahkam ushladi, lekin darrov oldim, chunki qo'lini tez tez o'ynatgani uchun yuziga urib olmasin, deb qo'rqdim...

Qayd etilgan


yoqutxon  29 Avgust 2010, 10:09:25

Onamlarni aytishicha tilim sal kechroq chiqqan ekan birinchi aytgan so'zim esa oyi yo dada mas , "Api " ya'ni chaqaloqchasiga avtobus bo'gan ekan :D

Qayd etilgan


shirin_a  30 Avgust 2010, 03:10:41

Birinchi martta o`qishga taklif qilib, borganimdan keyin,  yosh ko`ringaning un qabul qilmaymiz deyisdi.  :'( birinchi martta shunaqa bo`lishi. (gap yoshdamas Boshda axir)  :'( :'(

Qayd etilgan


shirin_a  31 Avgust 2010, 01:32:35

 :bs1:
 :as:
Birinchi martta New Yorkdagi Metroga tushdim va bir umrga esda qoldi, bir o`zim metroga tushib adashib qoldim, Alloh bandasini yolg`iz qo`ymidi, dugonam kelib qoldila Alhamdulillah uyimgechan olib keldila. Lekin bir umrga esda qoladigan bo`ldi.

Qayd etilgan


yoqutxon  01 Sentyabr 2010, 09:21:49

Birinchi marta ovqat qiganimda onamlar o'rgatib turganlar, ish yarmiga keganda zarur ish bilan qayoqadir ketadigan bo'p qoldilar menga hammasini tushuntirib ketdilar. Ovqat ham pishdi.Ko'chada maktabga ketayotganimda onam uyga qaytib kelayotga ekanlar, " Ovqat qanaqa chiqdi ? "deb so'raganlarida."Shirin chiqdi, lekin nimagadir qizarmadi, oppoq bo'p chiqdi degandim" onam kulvorgandilar. O'shanda birinchi marta mastava  qigandim,qizartiradigan solish esimdam chiqib qogan.

Qayd etilgan


Zamiraxon  01 Sentyabr 2010, 10:20:33

Men birinchi marta salat qilganim esimda. 3 yoki 4-sinfligimda "Balli qizlar"miyey "Jajji qizlar"miyey degan konkurs bölgandi, öshanda qatnashgandim. Salat qilish sharti bor ekan. Uyda ayam örgatgandilar, vinegret qilganman, hakamlar rosa maqtab yevolishgan öziyam ;)
birinchi örin menga tekkan :D

Qayd etilgan


Robiya  01 Sentyabr 2010, 18:33:41

:as:

Ertaga o'qituvchi sifatida birinchi marta "Birinchi qo'ng'iroq"ni ko'raman, inshaAlloh.. Chunki o'tgan yil 11 sentabrdan ishga chiqqandimda.. :)

Qayd etilgan