Birinchi marta yoki birinchi....  ( 281934 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 ... 66 B


Habibilloh  01 Noyabr 2010, 06:01:15

Birinchi men krill yozuvini o'rganganman o'shanda 5 yoshda edim uydagi gazetalardagi harflarni oyimdan so'rab o'rganib keyin ularni qo'shib gazeta o'qirdim

Qayd etilgan


AL_laziz87  02 Noyabr 2010, 23:17:07

Forumga birinchi bor 2007 yil 14 oktyabr kuni soat 23.13da kirgan ekanman

Qayd etilgan


_IYMONA_  05 Noyabr 2010, 20:39:13

Birinchi marta birinchi sinfda matematikadan 5 olgandim, sinf bo'yicha 1chilar qatoridan. Adajonim xursandliklari, onam ham xursand bo'lishgandi kundaligimda baholarim ko'rib. Birinchi maoshimni onamga berganimda ham ana shunday xursand bo'lishgandi. Lekin ishlatishmagan. Gap pulda ham emaskan, bu farzand quvonchidan sevinish tuyg'usi ekan. Maqolalarim jurnallarda chop etila boshlangandan buyon ham jurnallarni hammaga maqtana boshlasalar rosa hijolat bo'lardim. Har bir ota-ona farzandi yutug'idan shunday fahrlansa kerak. Judayam yoqimli tuyg'ular.... :D

Qayd etilgan


azizbek_mx  05 Noyabr 2010, 20:55:02

Informatikadan o`tkaziladigan Olimpiadada II-o`rinni qo`lga kiritib, Hokim nomidan birinchi tashakkurnomani olganimda ham Onamning quvonchlar ichlariga sig`masdan, ko`zlaridan marjon yosh bo`lib chiqqandi... Nega yig`laysiz, kulmaysizmi, desam, Quvonganimdan bilmay yig`lab yuboribman degandilar bazo`r jilmayib... o`shanda 8-sinfda o`qirdim.  :)

Qayd etilgan


_IYMONA_  05 Noyabr 2010, 23:50:09

Birinchi marta tv.da o'sha paytda O'zbekiston kanalida  Ramazon kun/ida kechki payt "Muhammadur Rasululloh" filmi bergandi. 7-8 yosh edim chamamda. O'shanda u zotni ko'rgim kelib, nega ular hozir yo'qlar, nega biz ularni ko'rmaganmiz deb rosa yig'lagandim. Shu sabab Islom olamiga qiziqish boshlangan.

Qayd etilgan


Ansora  06 Noyabr 2010, 12:08:46

Birinchi marta Ka'bani televizorda ko'rganimda rosa hayajonlanganman. U paytlar hali mustaqil emas edik. Ayam hayajonlanib o'rinlaridan turgandilar, ko'zlarida yosh bilan ekranni o'pgandilar:(
Ey Rabbim, Ka'bani ko'rib turib o'pishni onajonimga nasib et....

Qayd etilgan


Akbarjоn  06 Noyabr 2010, 14:20:27

Birinchi marta 39 000 so'm oylik olgandim, 2003 yilda.  Oylikni olishim bilan dadamga olib keb berganman, pulga esa menga krutka olib bergandilar :)

Qayd etilgan


yoqutxon  06 Noyabr 2010, 21:10:10

Birinchi marta Ka'bani televizorda ko'rganimda rosa hayajonlanganman. U paytlar hali mustaqil emas edik. Ayam hayajonlanib o'rinlaridan turgandilar, ko'zlarida yosh bilan ekranni o'pgandilar:(
Ey Rabbim, Ka'bani ko'rib turib o'pishni onajonimga nasib et....

:bs1: :as:

InshaAlloh Zamira opa InshaAlloh onangizga shunday baxt nasib etsin. Barchamizga Muqaddas Ka'batullohni ko'rish nasib qilsin InshaAlloh!

Qayd etilgan


yoqutxon  06 Noyabr 2010, 21:14:13

Birinchi marta maktabga 5 yoshimda borganman. Uydagilar hali kichina eplolmiydi desayam oyimlar yo'q epliydi deb 5 yoshimdan maktabga bervorganlar.

Qayd etilgan


braupov  07 Noyabr 2010, 10:52:46

 :as:
 1-sonli S.Sirojiddinov nomli maktabda ta'lim olganman. 

Qayd etilgan