Birinchi marta yoki birinchi....  ( 306680 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 ... 66 B


GRAND  03 Dekabr 2010, 15:40:58

Assalomu aleykum xurmatli forumdoshlar. Yaqindagina o'z nixoyasiga yetgan futbol bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi osiyo chenpionatida  O'zbekiston U16  terma jamosini birinchi marta paxtakor markaziy o'yingohida turib tomosha qildim. : )

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  03 Dekabr 2010, 15:47:14

Alida bu hayotning o`zi "birinchi marta"lardan iborat... Birinchi o`qigan kitobim Saida Zunnunovaning "Go`dak hidi" kitobi edi. Bilasizmi, o`shanda besh yoshda edim:) Har bir hikoyaga moslab rasm ham chizib chiqqan ekanman kitobga. To`rt yoshimda mustaqil o`qiy olardim, (onam tikuvchilar, shu sababdan uyga kiyim tikrirgani o`qituvchilar ham tez-tez kelib turishardi. Ular kitob olib kelmasa, uyga kiritmas ekaman:) Birinchi she'rimni olti yoshimda yozgandim. Bahor haqda edi. Boshqa bolalar singari ertak kitoblari emas, bir yo`la kattalar uchun m`oljallangan asarlarni o`qir edim. (1000+1 kecha o`qiyotganimni ko`rgan onam rosa urishgani esimda:))Birinchi ijodiy ishim esa beshinchi sinfda o`qiyotganimda "Tong yulduzi" gazetasida bosilib chiqqan...   She'r va hikoyalarimni ko`rgan Umida Abduazimova "Nega yoshingga mos yozmaysan, bunaqa narsalar yozshga hali yoshlik qilasan!" deganida rosa hafa bo`lgandim:) So`ng birinchi yutuq, birinchi kitob, birichi o`quv dargohi, birinchi ish joyi, birinchi maosh, birinchi intrvyu, birinchi maqola, birinchi mukofot, birinchi maqtovlar... Bularni unutib bo`larkan-mi? O`sha "birinchi"lar borligi uchun ham xotira muqaddas aslida! Ilohim "birinchi"lar ko`payib, "ohirgilar"ga o`rin qoldirmasin...

Qayd etilgan


Zamiraxon  03 Dekabr 2010, 21:59:55

Bugun birinchi marta ochiqko'ngilligimga tanbeh oldim...

Qayd etilgan


jasur.best  03 Dekabr 2010, 22:14:25

bugun birinchi marta berilgan topshiriqlarni bajarmaganim uchun qattiq uyaldim. Dars oxirigacha o'tirolmay, bahona topib chiqib ketishga to'g'ri keldi

Qayd etilgan


Solihatun  07 Dekabr 2010, 22:22:33

Birinchi marta bugun gumma degan taom yedim.

Opajon boshqa yemang ;D
Tavsiya qilmayman!

Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2010, 13:59:30

Kecha Ankarada 1-qor yog'di, o'g'lim ham 1-marta qor ko'rdi : )

Qayd etilgan


Gabriela  13 Dekabr 2010, 18:59:51

1-marta kastingga qatnashgandim... rosa alam qildi, boshqa qatnashmasam kerak.

Qayd etilgan


Solihatun  13 Dekabr 2010, 21:02:13

1-marta kastingga qatnashgandim... rosa alam qildi, boshqa qatnashmasam kerak.

Kasting ???

nega?

Qayd etilgan


MaHfiYa  13 Dekabr 2010, 21:06:42

bugun birinchi martta bu sahifaga kirib yozdmm ;D

Qayd etilgan


azizbek_mx  15 Dekabr 2010, 22:41:32

Uch kun avval hayotimda eng birinchi og'ir zarbaga duchor bo'ldim - AYRILIQ...

Qayd etilgan