Assalomu alaykum Kapalak,
sizga bitta katta rahmat jo'natdik, olgandirsiz? Albatta bu mana shu postni ochganingiz uchun.
Haqiqatan ham odam kundalik tashvishu muammolar bilan bo'lib hech "moziy"ni eslashga, ortga nazar tashlab, o'tgan umrini sarhisob qilishga, yoinki uni eslab maroq olishiga vaqt ham topolmay turganda mana bunday post jonga oro bo'lmay ne bo'lsin. Juda xursand bo'ldik. Qolaversa bugun menig forumga qabul qilinganimning birinchi kuni, birinchi yozishmam, birinchi bora. Xali nasib qilsa albatta o'zimning birinchi postimni ham chop etarman.
Umr yo'l. Uning adog'i esa...
Adog'i bor albatta. Uning adog'ini sezmay qolamiz. Kim oshani oshab, yana kim yoshini yashab, ayrimlar yasholmay umri adog'iga kelganini bilmay qolyapti. Mana shunday ekan undagi lahzalarni, ya'ni birinchilarni eslash, ulardan maroq olish, yaqinlarni xotirlash naqadar yaxshi.
Birinchi sinfga borganimni eslayman: Buni qarangki, 1- o'rta maktabga 1-sinfga o'qishga qabul qilinish uchun borganimda surat soldirishgan edi, shunda birnchi traktorimni chizgan edim. O'zimga ham, o'qituvchiga ham yoqqan edi. Bu traktor aslida katta amakimning traktorlari edi. Alloh rahmat qilsin, amakimlarning birinchilari edilar.
Birinchi o'qituvchim Abdusalom aka bo'lgan. Kitob o'qishni ularda saboq olganmiz. Soatga qarab 1 minutda qancha so'z o'qishimizni hisoblar edik o'qish darsida. Doim birinchi edim.
Yoshligimda, menimcha 8-9 yoshlarda edim, birinchi bor yozgan sherim ona haqida edi. Onamlar o'qib yig'lagan edilar o'sha sherni. Afsus shundan keyin yirtib yo'qotib yuborgan edim.
Oh maza qildim.