Bugun Abdulaziz Ensar 1-marta emakladi:)
16. 02. 2011 soat-15.30:)
Assalomu alaykum. Kapalak opooo, bola necha oylikda emaklashi kerak o`zi? Shahina besh yarim oylik, belidan sal ko`tarib, orqasidan itarsam ham sal harakat qilib yotib olyapti barbir:)) Dangasa:)
Valaykum assalom Lobarxon:) Hayrli kunlar nasib bo'lsin. Bugunga mahsus 1-postimni savolingizga javob bergan holda yozish nasib bo'ldi, alhamdulillah:)
Jiyaningiz uchun biroz vaqt bor, siz unga bazi harakatlarda yordam bering, lekin majburlamang. Bola hammamizdan "aqlli" o'zi:) ishoning Shahina uydagilardan ham ko'p xohlayabdi emaklashni, lekin buning uchun avvalo "moddiy ma'naviy" tayyor bo'lishi kerak. O'rtalama 7-oydan keyin emaklashga oid harakatlar kuzatiladi. Har bir bolani emaklashi har xil. Bazilari orqaga ketadi:) bazilari yonga. Bazilari esa oyog'ini uchini bosib "gaz" beradi:) Xatto bazilari emaklamay, yurishga boshlarkan:)
Shuning uchun kuting, Shahina tayyor bo'lganida o'zidan o'zi harakatga o'tadi.
Keyin bolani qanchalik o'z xoliga qo'ysangiz shunchalik o'z-o'zini tez tanib oldin o'rganarkan harakatlarni. Qo'lda ko'tarib yuraversangiz "dangasa" bo'ladi:)