Assalom aleykum.1 haftalarcha oldin hayotimda ilk bora oyning oldida bulutlardanmi yoki boshqa narsadanmi paydo bo'ladigan halqani ko'rdim. Qancha soat tikillib turganimniyam bilmayman. Onamlardan so'rasam bunaqa hodisa ko'p bo'pturadiku ko'rmaganmisan dedilar. Rostan men bunaqa holatni birinchi marta ko'rdim.
Bundan 2 yilcha avval yoz oyida kechqurun men ham ko'rganman. Judayam chiroyli manzara. Halqa shunchalik aniqlik bilan "chizilgan"ki, Alloh Qudratining buyukligi shu yerdan ham ma'lum bo'ladi.
On: Bugun yana bir bor har kimga ham ishonuvirmaslik, har kimni ham yaqin oluvirmaslik kerakligini tushundim. Ha yana, fizika judayam qiziq fan ekanligini tushundim