Birinchi marta yoki birinchi....  ( 281937 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 B


Abdulhafiz  01 Iyun 2012, 09:32:54

:as:
Bugun birinchi iyun ekan, halqaro bolalar kuni!

Qayd etilgan


ibnUyayna  01 Iyun 2012, 09:50:07

 :vsl3:
 
 manga har kuni bolalar kuni ))

Qayd etilgan


Sadulla  01 Iyun 2012, 11:09:55

 :asl3:

Hozir yo'lda kelayotsam bir savdo majmuasi bugun ochilayotgan ekan,ochilish sharafiga bolalarga konsert qo'yib berayotgan edi.Bayram avjida  :) odam ko'p,ayniqsa bolalar(maktab tugaganiga bo'lsa kerak).


 manga har kuni bolalar kuni ))

Jiyanlardan ko'pmi  :D

Qayd etilgan


Fayzulloh  02 Iyun 2012, 00:21:52

 :asl3:

Bu mavzuni ko'rib ilk marotaba Juma namoziga chiqganim yodimga tushdi.
 Bir uydan boshqa uyga ko'chgandik, avvalgi yashagan joyimizda birortayam kishidan Juma namoz uyoqda tursin hatto namoz haqida eshitmasidik. Yengi ko'chgan joyimizda Ham qo'shni ham qarindosh ham do'stim boridi, ilk marotaba maktab kezlarim shu bolani juma, taroveh namozlaga chiqib yurganini goh-gohida ko'rib eshitib turardim, hatto maniyam birga borgim kelardi. Ancha vaqtladan keyin adashmasam maktabda bahor tatili boshlanib qoldi. Shu qarindoshimiz bilan ajralmas do'stdek bo'lib qogandik. Payshanba kuni do'stim -ikkimiz Juma  namozga chiqamiz  dib kelishib oldik. Ertasiga uyda hichkim yo'qligiga qaramasdan ertalabdan cho'milib tozza kiyimlani kiyib birgalikda masjid tomon yo'lga tushgandik. Masjid ancha uzoq bo'lishiga qarami piyoda gaplashib bordik. Yo'lda -bazila namoz tugamasdan turib ketadi biza ohirigacham qolamiz dib shu haqda tushuntirib gaplashib borgandik. Ilk marotaba Juma namozini shu tariqa ado etgandim. Shu bilan sekin-sekin o'rgandim. InshaAlloh buyog'iga bardavom bo'lamiz.

Qayd etilgan


Guliqiz  17 Iyun 2012, 11:48:44

Men birinchi marta, adashmasam, 10-11 yoshligimda oyijonimga atab she'r yozgandim. She'r judayam oddiy ediyu, bolaligimni esga solgani uchun qadrli. Haliyam esimda turadi:

Tursunoy oyim ismi,
Ismiga mosdir jismi.
Nur yog'ar ko'zlaridan,
Bol tomar so'zlaridan.
To'maris kabi botir,
Har qanday ishga qodir.
Shunday mening oyim zo'r,
Ishonmasang kelib ko'r.  :)

Qayd etilgan


AsiRa  22 Iyul 2012, 07:34:09

Orzuyim bor edi kichikligimdan beri juma namoziga borish yoki shu masjidga kirib namoz o'qish rosa yoqardi masjidga kirib namoz o'qish. Bu yil birinchi marta Juma namoziga bordim, 8-iyun edi. Vay daxshatt tariflashga til ojizdaa =) birinchi marta baribir boshqacha bo'larkan. Qanqadir ajoyibbbbb qalb hech his qilmagan narsani his qilarkan. Hammani ichida o'tirasizu ammo siz ulardanda bahtliroqsiz. Menga shundek tuyildi. Balkim hayol parastligimdandir.  :D



Qayd etilgan


Sayyid90  22 Iyul 2012, 10:33:27

Birinchi juma namoziga 14-yoshimda dadam olib borgan edilar,juda boshqacha tuyulgandi olomon ularni ko'rib meni iymoni yanada mustahkamlangandi.

Qayd etilgan


Nur_Ziyo  03 Avgust 2012, 21:06:51

 :asl3:
Meni  birinchi bor internetga qadam qo'yiwim bundan ikki yil muqaddam uymizga kompyuret o'rnatganimizda edi. Men o'shanda faqat skypeda chet elda yashayotgan dadam bilan suhbat qurardim holos  :)

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  03 Avgust 2012, 22:40:45

Manam 5-6 sinifligmda sher yozishga juda qiziganman hoziram eslasam bir galati bub ketaman.
litseyda sher yozaman deganlaga tugarak ochkandila adabiyot uqituchimiz. SHu tugarakga manam chiqganman bir sher yozganman boshqa yozmaydigan buganman . :-[
sherni nomi ,sevgi payhoni' deb quyganmanda nimaga bunday nom quyganman haliga4a uzimam bilmayman sevgi nimaligiga aqlimam yetmaydigan bola busam yana ,payhonasiga' balo bormi  aniq suzlari esimda yuq yahshiyam esimdan chiqib ketkan eslasam hamani kulgani esimga tushadi holos.
oyamiz uqiganlada hamani ichidausha paytdagi holatim juda yomon qaytib sher yozmayamanaaaa......

Qayd etilgan


Mufazzala  04 Avgust 2012, 01:27:38

Kecha birinchi Marta shu forum va forumdoshlar tushimga kirdi... Shunchalik ko'pchilikni ko'raman deb sira oylamagandim :)
Chehmik Aqoid Belle Qizcha mufazzala Kapalak Best friend Nano Yurist AbdulAziz Twister azizbek_mx Shuxrat_ ...  Esimda qolgani shular :D hammamiz qanaqadur mavzu haqda gaplashyapmizmiyey baxslashyapmizmi hullas tong sahargacha davim etsaya bu tush :)

 :asl3:

Uchuqlar toshib ketgandir...;)

Qayd etilgan