Ferganets:Ha, akamey, Shohimardonni Shveysariya deb yozib qo`yibdilar: haqiqattanam ozbekistonni Shetsariyasi bu - Shaxmardon. mashi saytta rasm bor akan:
Bu rasm asli Shaxmardonni Yordon digan joyi. Akam bunday yozibdilar:
Shveysariya, Jordan, 2004-yil, 7-iyul. Do`stlarim Behzod, Sarvar, ukam Doniyorbek bilan. Xuddi shu sharsharadan ikki daryo qo`shilishi ro`y beradi. Pastki jarlikdan yana bir daryo oqib keladi, tepadan esa ushbu daryo sharshara bo`lib jarlikka tushadi va ikkinchi daryo bilan qo`shiladi. Daryo esa juda tez oqadi. Biz esa daryo yoqasidagi u oqizib kelgan xarsang toshlar ustidamiz. Bizdan 5 metr orqada sharqiroq daryo, 15 metr narida esa qo`rqinchi, ayni paytda o`ta go`zal jarlik. U yog`i daryo kengligi. Ushbu daryo ham baland tog`lardan boshlanadi. Hozir biz dengiz sathidan 2500 metr balandlikda turibmiz. Oldimizda esa baland, qorli tog`lar namoyon bo`ladi. U yog`i tabiatning mo`jizalari, 500 metr yurganimizdan so`ng archa tog`lar boshlanadi. Yana 4 kilometr yo`l bossak sharsharalar makonidan chiqamiz. Ana mo`jizayu, mana mo`jiza...
Qoil!!!