Oshiq Veysel
Uzun-qisqa bir yo'ldaman
Uzun-qisqa bir yo'ldaman
Ketayapman kunduz-kecha.
Bilmayapman ne holdaman
Ketayapman kunduz-kecha.
Dunyoga kelganim onda,
Yurardim ayni zamonda,
Ikki eshikli kulbada,
Ketayapman kunduz-kecha.
Uyquda yana yurarman,
Qolmakka sabab izlarman,
Ketgan hammani ko'rarman,
Ketayapman kunduz-kecha.
Qirq to'qqiz yil bu yo'llarda,
Vodiyu, tog'u cho'llarda,
Tushganim g'urbat qo'llarda,
Ketayapman kunduz-kecha.
Chuqurroq anglab bo'lguncha,
Uzoq ko'runur ko'rguncha,
Bir yo'l lahza miqdorincha,
Ketayapman kunduz-kecha.
Hayratda Veysel bu hola,
Ba'zan yig'lab, ba'zan kula,
Yetishmak uchun manzila,
Ketayapman kunduz-kecha.
PS. Qofiyaga kelishtirgan holda erkin tarjima qildim. Xatolar bo'lsa, tuzatarsizlar.