ODDIY HAQIQATLAR...  ( 109745 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 19 B


Munira xonim  11 Noyabr 2009, 13:53:56

Unda dunyoni qizig'i qatta qoladi?
Inson farishta bn teng bo'b qoladiku!
Subhanalloh! Mahdiyah ?!
O'zizmisiz? Sizzi tanimayamman!!!
Qaysi kalla bn fikr yuritvas? Nima manbalar asosida gaprvas?
Kim etti dunyo qiziqarli ekanini?
Nima qipti farishtaga o'xshab qosak?
Farishta bn odamni farqini bilasizmi?
Sizga maslahatim "Ahli sunna val jamoa ADIQASI"ni o'qib o'rganin!
Shunda inshaalloh ko'chadagi g'iybatlar bn ishiz bo'miy qoladi.


Assalamu alaykum.
Suhbatlaringizga aralashganim uchun uzr...
Mahdiyah bu yerda umuman boshqacha ma'noda yozganla, lolo siz to'g'ri tushunishga harakat qiling. Ko'chadagi g'iybatlar siz, unga, menga har bir ro'mollikka qaratilgan. Nima ishimiz bor deb yuraversak, biz hech qachon yaxshi tomonga o'zgarmaymiz. Dunyoni qizig'i qolmaydi, degan ibora esa, keng ma'noda aytilgan. Alloh bu dunyoni imtihon dunyosi qilgan. Kimdir farishadek yashaydi, kimdir hayvonsifat umr kechiradi. Agar hamma insonlar ham farishtadek yashaganda edi, bu dunyoda Islom,Iymon,Ibodat tushunchalarini qadri bo'lmasdi. Shu ma'noda aytilgan. Dunyo haqiqatan qiziq, bu yerda dunyoga muhabbat qo'yish haqida gapirilmagan. Shunchaki qiziqligi haqida gap ketgan. Allohning karomatu mo'jizalarni ko'rib, ulardan ibrat olishlik qiziq. Bolalarning beg'ubor ko'zlariga tikilib, ularni shirin so'zlarini eshitishlik va kulgilariga guvoh bo'lishlik qiziq. Xullas, bu dunyoni qiziq tomonlarini sanasak juda ko'p.
Keyin bu yerda biror manbaa asosida gap aytilmagan. Faqat shaxsiy fikr o'rtaga tashlangan. Ko'chadagi oddiy haqiqatlar aytilgan bu yerda. Siz ham guvoh bo'lgan bo'lsangiz kerak bunday narsalarga. Insonlar bir ro'mol o'ragan qizni ko'rishadi, ularni odob chegaralaridan (ISlom chegaralarini hali ular bilmaydilar)chiqqanini ko'radilar va:"MAna ro'mol o'raganni ahvoli, hammasi ham shu ro'mol o'rganlarni. Shuncha ro'mol o'raganni ko'rdim hali birorta tuzukrog'iga uchramadim...." bunday gaplarga biz juda ko'p guvoh bo'lganmiz. Bu kishiga juda og'ir botadi. Albatta, bu gapni gapirgan kishini saviyasi past. Lekin biz hammamiz bu narsaga ahamiyatsiz ketsak, ertaga hamma ishonadi ro'mollanganlarni shundayligiga. Biz birinchi bo'lib, o'sha kamchilik, u qilayotgan xato bizda yo'qmi deb o'zimzini isloh qilishimiz lozim. Ikkinchidan, shu gapni gapirgan ksihiga e'tirozimizni go'zal yo'l bilan tushuntirib, uni fikrini o'zgartirishga harakat qilishimiz lozim.
Xullas, gapirsa gap ko'p. Alloh barchamizni go'zal xulqlilar sohibasi qilsin.
Qiyomat kunida Hisob onida yuzimizni yorug' qilsin. Amiyn.

Qayd etilgan


lolo  13 Noyabr 2009, 06:40:53

Mahdiyah, endi juda haddizdan oshib kettiz!
Raxmatli Abdug'aniy Qori haqlarida bunaqa deyishga qanday jur'at ettiz? Bu bn nima demoqchisiz? Yoki noto'ri chundimmi sizzi? Nahotki Aqida bo'yicha ma'ruza qiladigan inson avval aqidani o'rganmagan bo'sa? Unda u kishi bu gaplarini qattan olib gapira oladila? U insonni gaplaridan turli joylada keltirib o'tvas, o'zizga ibrat ma'nosidami? yoki kesatib va qattiq qarshi bo'gan ma'nodami?
YMga kirin, ko'p narsani hal qivalamiz, inshaalloh!

Qayd etilgan


IXLOS  13 Noyabr 2009, 08:36:24

Assalomu aleykum aziz forumdosh muslim va muslima opa-singil va aka-ukalar!!!
Astag'firulloh o'zi sizlarga nimalar bo'lyapti men bazida umuman tushunolmay qolyapman.
Yo sizlar bir-biringizga ilm o'rgatishni shu yo'lini topgansizlar yoki ilmlaringiz oshib ketganidan
endi ularni solishtirib ko'rishga o'tgansizlar yana bilmadim.
Avvallari forumga kirgan odamni chiqib ketgisi kelmasdi sababi bu yerdagi inoqlik, bu yerdagi samimiyat va
bu yerdagi o'zaro hurmatni ko'rib odam lol qolardi. Chunki haqiqatni aytish kerakki xar yerda xam bunday inoqlikni uchratib bo'lmaydi ayniqsa xozirgi paytlarda. To'g'ri xozir xam forumga kirgan odamni chiqib ketgisi kelmaydi, lekin
buning avvalgisidan farqi shuki xozir "yana qanday tomosha boshlanarkin" deb o'tirishadi.

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Badgumon bo‘lmanglar, badgumonlik eng yolg‘on so‘zdir, tirnoq ostidan kir
qidirmanglar, bir-biringizga hasad qilmanglar, bir-biringizdan arazlamanglar va
nafratlanmanglar, aka-uka tutinib, Allohning (solih) bandalari bo‘linglar», dedilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari

Balki kimlargadur bu gaplarim xam yoqmas "ana yana bittasi nasihatni boshladi" deyishi mumkin lekin iltimos
bir-birimizga bo'lgan samimiyatni yo'qotmaylik. Chunki men bu yerdagi musulmonlarni boshqalarga
nisbatan anchagina ilm saviyasi yuqori deb bilaman.
YURIST va Chehmik akalarni gaplariga men xam qo'shilaman haqiqatda bu yerdagi xolat juda xam
"ODDIY HAQIQATLAR"dir
Gaplarim yoqmagan va og'ir botgan insonlardan uzr so'rayman. Uzr tilimni tiyib turolmadim!!!

Alloh barchalarimizni husnihulqlilik bilan siylasin omiyn!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Noyabr 2009, 10:06:55

Assalamu alaykum.
Haa, bu forumga ham ishtirokchilariga ham nimadir bo'lyapti.
Yigitlarniku mayli qo'yaylik, qizlar sizlarga nima bo'lyapti?
Mahdiyah,lolo sizlarni tanimay qolyapman. Jin chalib ketganmi sizlarni? Odam munosabatlarini ham shunaqa yo'l bilan hal qiladimi?
Sizlarga maslahatim: bu yerda har xil mavzuda bir-biringizga ozor berib tortishmasdan ilm olishga sarflangla vatinglani. Shunda shoyad foydasi tegib qolsa. Bir-biringizga yoqmagan tomonlarni to'g'ri yo'l bilan bir marta tushuntiring, bo'ldi. Tan oladimi yo'qmi bu uni ishi. Chunki siz hato deb o'ylagan narsa uning uchun to'g'ri bo'lishi mumkin.
Keyin yana bir maslahat, o'zlaringni tortishuvlaringga, har xil olimlarni va u zotlarni fatvolarini aralashtirmanglar. Umuman olimlar haqida, fatvolar haqida fikr qilishga ilmlaring yetmaydi, hozircha.
Forumda ko'pchil;ikka o'rnak bo'lishi lozim bo'lgan qizlarni ahvoli shu bo'lsa boshqalardan hafa bo'lmasa ham bo'ladigan bo'lib qolyapti o'zi...
O'z gaplaringizni o'qib, mulohaza qilib ko'ringla,ikkingiz ham haddingizdan chiqib ketdingiz...
Alloh o'z o'zimizni isloh qiladigan aql, ilm va iymon bersin....

Qayd etilgan


Ansora  13 Noyabr 2009, 13:06:43

Din mavzularida ohiri bo'lmagan tortushuvlar qilish ham xozirgi kunda afsuski- oddiy haqiqat bo'lib qoldi....

Turkiya tv-larida necha kundan beri Qurbon mavzusi tortishilyabdi. Ko'rgim kelyabdi lekin faqat tortishuv bo'lgani uchun ko'rmayabman.

Din mavzulari insonga huzur berishi kerak, unga vazifalarini eslatishi, qalbini eritishi kerak. Bunday tortishmalar davom etar ekan, afsus faqatgina "uzoq tura qolay" deymiz holos...

Azizlar, kelinglar, dinimizni chiroyli tanitaylik...

Qayd etilgan


Mr.Twister  13 Noyabr 2009, 15:30:38

Hech bir narsaga tushunmayman....

Ba'zi joylarda eshitib yoki, ko`rib qolamiz Janozani ham video lentaga tushirayotganlarni, Man Hojiboy Tojiboyevning azalaridagi rasmlarga qarang... Nima shunaqa ko`p kishi kelgan, shunaqa dod - voy bo`lgan deb ko`rish uchunmi??? Allohning o`zi kechirsin...

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Noyabr 2009, 07:55:09

Bir inson o'lim to'shagida yotib farzandiga quyidagicha nasixat qilibdi:

"Bolam avvalo o'zingni kamchiligingni tog'irla.
Avvalo o'zingdagi kamchilikni ko'ra bilgin.
Shunda boshqalarning kamchiligini ko'rishga, muhokama qilishga senda VAQT qolmaydi"...


Naqadar ibratli gaplar!

Xulosa: Demak man o'z kamchiligimni to'la xolda ko'ra olmayabman...?

P.S. O'zingdagi toshdek ko'ringan ayb, Boshqada (xuddi shu ayb) tog'dek ko'rinadi.

Qayd etilgan


Hadija  15 Noyabr 2009, 18:52:05

Klientlaga saaal kulib tishini ko'rsat tomoom, sandan yaxshisi yo'q, suzilishni o'rgatishadi hatto...

Birooozgina qo'pollik qil, yoki biror narsani talab qil. Bu dunyoda eeeeeeeeeng yomon odam2ta bo'lsa o'shalardan biri san bo'lasan...

Ehhh, shu uchun ham Alloh ayollarga uyni ravo ko'rgan ekan-da...

Qayd etilgan


Hadija  15 Noyabr 2009, 18:53:49

Bozordagi dallol sotuvchilar, palon narsani faqat sizga juda ilinib turganiz uchun shu narhda sotaman diyishadi... Bechara haridor qayerdan bilsin, undan oldingi va keyingilari ham shu loflarni eshitganini...

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Noyabr 2009, 18:57:26

Klientlaga saaal kulib tishini ko'rsat tomoom, sandan yaxshisi yo'q, suzilishni o'rgatishadi hatto...

Birooozgina qo'pollik qil, yoki biror narsani talab qil. Bu dunyoda eeeeeeeeeng yomon odam2ta bo'lsa o'shalardan biri san bo'lasan...

Ehhh, shu uchun ham Alloh ayollarga uyni ravo ko'rgan ekan-da...

Bu ham Oddiy haqiqatlarda...
Kishiga paxta qo'ysang, uni maqtasang uni fikrini ichingda yomon deb tursang ham, maq;ulasang sen yaxshisan...
Aksincha bo'lsa, fikr ham aksincha....
Bu ham Oddiy haqiqatlar....
Eng yomoni hamma o'zini fikrini faqat o'z fikrini haqiqat deydi...

Qayd etilgan