Bitta oddiy haqiqatni sizlarga aytaymi? Unda eshiting.
Qorningiz ochsa, ovqatlanasiz. Sovqotsangiz kiyinasiz. Kasal bulsangiz davolanasiz.
Misol uchun: Bir kunda necha marta ovqatlanasiz? Ayrimlar bir mahal, ayrimlar ikki mahal, yana boshqalar uch mahal yoki undan ham kuproq kuniga ovqotlanadilar. Ovqatlanish ham bir ehtiyoj. Ovqatlanmasak bulmaydi, jon saqlash kerak albatta. Bu tananing ehtiyojlari, endi ruhning ehtiyojlariga kelsak. Ruhimiz ham biror narsaga ehtiyoj sezadimi? Ruhimiz ham chanqoqqa, ochlikka ehtiyoj sezarmikin? Menimcha sezadi, ammo tanamiz ehtiyoj sezgan narsalarga emas. Unda nimaga ehtiyoj sezadi?
Keyingi paytda ruhimizni oziqlantirishni esdan chiqarib quydik. Mana sizga oddiy haqiqat. Qulochingizga sig'ganicha oling, marhamat!
Faqat qorinni uylamay, ozgina tafakkur qilib kuring, zamondoshim.