Keyin yana eng oson talaba taomlarini ichida shu ham bor edi. Tuxumli non.
Masalliqlar 2 kishi uchun:
1. Yarim bo'lka
2. 2-3 dona tuxum (topishingizga qarab, bazan hidi chiqib qolsa ham yetardi bizga)
3. 2-3 qosiq oq yog', margarin ham bo'ladi, agar saryog' bo'lsa nur ustiga nur bo'ladi (saryog' lekin talabaga luks sanaladi)
4. Mayli Registonni sazasi o'lmasin, bir chimdim tuz:)
Bo'lkalarni mayda qilib to'g'raysiz. Qozonga yog'ni solib qizdirasiz, nonlarni solib 1 daqiqa aralashtirgandan keyin ustiga chqilib, ichiga tuz solingan va yaxshilab aralshtirilgan tuxumlarni solasiz. Yaxshilab aralashtirasiz.
Biz talabaligimizda ertalab, tushda, kechqurun tuxum yerdik bazan.
Yaqinda tovuqday baqirvormasak bo'lgani deb kulardik:)