Man shoir emasman,
Sher yozishni bilmasman.
Qofiya topish oson,
Oxiri chiqar doston!
Sinasin boshqalar ham,
Bordir shoirlar biram...
Uhlab yotgan qobiliyat,
Ochiladi nihoyat!
Ochamiz ochilmagan tomonimizni.
Aytamiz do'st bilib yaxshi-yu yomonimizni,
Boshladim aytmoqlik hasratim bir-bir,
Oh bularni aytish naqadar og'ir.
Sir saqlash onlari tugadi oxir,
Yig'ladim ko'z yoshim ko'rmadi hech kim.
Ortiq chida olmayman turolmayman jim.
Aytsam tilim kuyar aytmasam dilim
Do'stdan kuygan dilim kuydi sevgidan.
Ma'no qolmagandi hayot zavqidan,
Charchagandim ig'volarning keskin zarbidan.
Bu ham sinovda deb kechdim baridan,
Joy topdim o'zimga Islom bag'ridan
O'rgandim sevgini xiyonatkordan,
O'rgandim sabrni besabrlardan,
O'rgandim yashashni befaxmlardan,
Topgan halovatim bu ta'birlardan.
Hisobi bor ekan har ishimizni ,
Olloh o'zi yechar tashvishimizni.
Ajib hikmat ila yurishmasa ish
,
Tushundim Ollohning iznisiz aylanmas gardish.
Olloh o'zi bilar qachon qo'llaydi,
O'zi sinov yo'llab o'zi qiynaydi.
Bu sinovlarni vaqtincha omonat bildim,
Amallarim to'g'irlashga harakat qildim.
O'n sakkizga kirib bilganim do'stim,
Omonat ekan ota-ona omonat boylik
,
Omonatdir g'aming omonat kulging.
Do'stlarim omonat dunyoda omon bo'linglar
!
Aytar so'zlarimga quloq tutinglar:
Namozga hushyor bo'lib nafsni yutinglar.
Baxt uchun kurashing uni kutinglar.!