FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...  ( 19380 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Mahdiyah  09 Noyabr 2009, 06:19:32

Assalamu alaykum! Bu mavzuni anchadan beri ochaman dib yurardim.
Bugunga nasib qilgan ekan.

Ko'pimiz ko'cha kuyda guvohi bo'lamiz...
Kimdur kimnidur so'kkan, kimdur avtobusda baqirib kulgan, kimdur tel.da hammani o'ziga qaratib gaplashayotgan yana kimdur birov bn ishi yo'q bilganini bajaraveradi ko'chada...

Bunday insonlarni ko'rganda odam birinchi navbatda nafratlanib ketadi.
"Farosatinga o't tushsin", "Tarbiya bergan ota-onangga..." deyishadi odamlar.

Bu ham jamiyatdagi muammolardan biri.
Din doirasidan gapirmaylik (bo'masa ko'pchilik dindan bezib ketganmi, 1 hadisni aytsez ensasi qotadi, nafsi ko'tarolmaydida),
shunchaki insoniy madaniyat har bir insonda bo'lishi kerakmasmi?
Bog'chada, maktabda va ayniqsa uyda bizga o'rgatib kelishadiku:
ko'cha kuyda o'zimizni tutishimiz, ovqatlanish madaniyati, so'zlashish madaniyati, insonlarni hurmat qilish...

Lekin oxirgi payt shu "FAROSAT" ko'chasini aylanib o'tayotganlar jamiyatda ko'paymoqda.
Kecha bir xolatning guvohi bo'ldim.
Bekatga ketayotgandim CHORSUda bir bola shunaqangi qattiq kuldiki sherigini gapiga yonida ketayotgan ayollar qo'rqib ketishdi.
Keyin undan qattiq hammani o'ziga qaratib kuldi.
Haligi ayollardan biri "Vayey namuncha sal sekinroq" diganidi gap ham tayyor: "Ha nima qipti? Kulvommande" didiyu sani gapin... dib kulishda davom etdi.
"FAROSAT" ko'chasi qattaligini ko'rsatib qo'yish kere bunaqa insonlarga.

Ana tarbiya ana FAROSAT.
Hammasi nimadan kelib chiqadi:
vaqtida ota-onaga quloq solmaslik (agar ota onasi vaqtida o'rgatgan bo'lsa lbatta),
boshqalar gapini gap o'rnida ko'rmaslik;
faqat o'zini haq deb bilish;
o'zini katta tutish;...

forumdoshlar silayam fikrilani bildirilar...

Qayd etilgan


lolo  09 Noyabr 2009, 07:59:55

Assalamu alaykum!

Boshqa bir forumda ham shunga o'xshash mavzu ochilganidi (nomi ''Befarosatlar'' edi shekli). U yerda ham shu kabi ko'chadagi har xil gaplar tashib opkelinayotgan edi. Keyin man: ''Ba'zi befarosatlar bu kabi forumlarda ilm va ziyo ulashish o'rniga ko'chadagi gaplarni opkelib forumchilarni ham g'iybat qilishalriga majbur qiladilar..." deganimdan keyn o'sha mavzu yopilib ketganidi!

Rostdan ham, ularni qusurlarini taftish qilishdan bizga nima manfaat? Ularni bu kabi ishlarini sanab o'tiradigan bo'lsak umimiz o'tib ketganini ham sezmay qolamiz. Undan ko'ra chiroyli fazilatlarni o'rganib, o'rgatib borsak to'g'riroq emasmi? Yoki birontamiz batamom ulug' fazilatlaru go'zal hulqlarga ega bo'lib bo'lganmizmi???



Qayd etilgan


Mahdiyah  10 Noyabr 2009, 05:20:56

Hech kim bu yerda g'iybat qilayotgani yo'q.
G'iybat agar sahxs ismi yo kimligi aytilgan bo'sa o'shanda g'iybat hisoblanadi.

Ko'chadigi gapni forumga tashivotganimizga sabab esa, ko'chada ko'p shunaqa xollarga guvoh bo'lamiz, bu bilan man ulardan ibrat olishni nazarda tutvomman.

Albatta hech kim mukammal fazilatga ega emas.

Shunaqa insonlarni ko'rib nimaga birortamiz indamimiz?
Shu haqida o'ylaganmisiz birortangiz.
Marshrutkada og'zidan boda kirib shoda chiqadiganga "O' Farosat qiroli bu yerda katta kichik bor og'zinga erk berma" dimimiz?

Muammolar ularni orqaga tashlash, yoki ularni muhokama qilish bilan yechilmidi albatta.
Lekin mana shu mavzuni ochishimdan maqsad bir xatolikni ko'rdikmi tanbeh berishlikni ham bilaylik.

Bilganingni qil, dib ketaversak kim ularni ogohlantiradi.
Bu ogohlik birinchi navbatda kimga kere?
Albatta o'zlariga.
Bo'masa ertaga 40 yoshgayam chiqib odamni odam o'rnida ko'rmi "Man bo'tta shefman", "San kim bilan gaplashvossan", "San o'zi kimsan" kabi gaplarni qistiradilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Noyabr 2009, 07:54:16

Assalamu alaykum!

Boshqa bir forumda ham shunga o'xshash mavzu ochilganidi (nomi ''Befarosatlar'' edi shekli). U yerda ham shu kabi ko'chadagi har xil gaplar tashib opkelinayotgan edi. Keyin man: ''Ba'zi befarosatlar bu kabi forumlarda ilm va ziyo ulashish o'rniga ko'chadagi gaplarni opkelib forumchilarni ham g'iybat qilishalriga majbur qiladilar..." deganimdan keyn o'sha mavzu yopilib ketganidi!

Rostdan ham, ularni qusurlarini taftish qilishdan bizga nima manfaat? Ularni bu kabi ishlarini sanab o'tiradigan bo'lsak umimiz o'tib ketganini ham sezmay qolamiz. Undan ko'ra chiroyli fazilatlarni o'rganib, o'rgatib borsak to'g'riroq emasmi? Yoki birontamiz batamom ulug' fazilatlaru go'zal hulqlarga ega bo'lib bo'lganmizmi???




Aytmoqchisizki biz ko'chada nimani ko'rsak unga e'tibor qilmay o'tib ketaverishimiz kerak shunaqami? Unda kim bu xatolarni to'g'irlaydi. Siz qilmasangiz biz qilmasak kim qiladi kim xatolarni tuzatadi. Jamiyat hayotidagi kamchilliklarni bartaraf etish uchun biz harakat qilishimiz kerak. Har bitta xatoni to'g'irlash uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak. E'tiborsizlik, beparvolik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ilm olishimiz bilan birga buni tadbiq qilishni ham boshqalarga o'rgatishni ham shu bilan birga FAROSATni ham o'rgatishimiz talab etiladi bizdan . . .

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Noyabr 2009, 06:03:11

Poliklinika yoki biror davlat ishxonasi...
Hamma navbat kutmoqda... Kattayu-kichik...

Bir o'zini "MARD" man digani keldida bezrayib eshikni ochib kirib ketdi...
gapirgani gapirib haqqini talab qildi... (ko'pincha bu narsa rus millatiga mansub ayollarda ko'rinadi)
aksariyat xollarda esa indamay turivarishadi...

Haligi mard ishini bitirdiyu chiqib ketdi...
chunki u FAROSAT "ko'chasi"ni aylanib o'tadigan "mardlardan"da...


P.S. loloxon bu g'iybat emas.
Oldindan etib qo'yvomman.
Bu bir misol xolos, ibrat olish yoki undan boshqacha xulosa chiqarish hammani o'ziga havola

Qayd etilgan


lolo  11 Noyabr 2009, 07:26:12

Mahdiyah, shu oxirgi postiz mani o'ylantirib qo'ydi, mani oyim poliklinikada ishlaydila. Ish bn birro'ga kirgan paytlarm ko'p bo'ladi. Navbatda turganla man kirayotganmda anqayib turishadi..
O'zi bu kabi navbat kutib turiladigan boshqa joyladayam bir boshqa ish bn 1 minutga kirib chiqayotganla ko'p bo'ladi.
Siz o'sha navbatsiz o'tayotgan birontasidan so'raganmisiz qaysi maqsadda kirmoqchiligini?
Ruslar deb, yo'q aynan rusla juda tartibli hisoblanadi va navbatga turishni yaxshi ko'rishadi. Shifoxonalarda esa odatda raxbarlar ruslarni tashkil etadi va oq halatsiz ham yuraverishadi. Hodimlarini oldigayam tez-tez kirib tekshiradigan bo'lishadi (bizni o'zbek raxbarlarga o'xshab stuliga yopishvalib hodimini o'zini oldiga kirishiga majburlamaydi).
Navbatda o'tirib zerikkanidan bo'mag'ur hulosalar chiqarib o'tirish oson.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Noyabr 2009, 07:33:56

Assalamu alaykum.
Odobni beodobdan o'rgan, degan maqol bor.
Haqiqatan juda chiroyli gap. Beodoblar qilayotgan, kishilarni nafratiga loyiq bo'layotgan ishlarni ko'rganda, shunga yarasha xulosa chiqarib, shunday beodobchilikka o'z hayotida yo'l qo'ymaslikka yoki farzandlariga tarbiya beryaotganda shu narsalarga ahamiyat berishda foydalanish har bir aql egasini ishi.
Rasululloh SAV:"Go'zal xulq Dinni yarmidir" deganlar. Demak, xoh ko'cha bo'lsin, xoh ishxona bo'lsin yoki net olami bo'lsin, shu narsaga amal qilib kishilarga muomala qilish yoki har bir harakatida, o'zini tutishida shu narsani ko'rsata bilishi haqiqiy mo'minning ishidir.
Alloh barchamizni  Rasuli Akram SAV va u zotning ashoblarining xulqlaridan o'rnak oladigan va u zotlarga ergashadigan buyuk Iymon bersin. Amiyn.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Noyabr 2009, 07:46:51

Mahdiyah, shu oxirgi postiz mani o'ylantirib qo'ydi, mani oyim poliklinikada ishlaydila. Ish bn birro'ga kirgan paytlarm ko'p bo'ladi. Navbatda turganla man kirayotganmda anqayib turishadi..
O'zi bu kabi navbat kutib turiladigan boshqa joyladayam bir boshqa ish bn 1 minutga kirib chiqayotganla ko'p bo'ladi.
Siz o'sha navbatsiz o'tayotgan birontasidan so'raganmisiz qaysi maqsadda kirmoqchiligini?
Ruslar deb, yo'q aynan rusla juda tartibli hisoblanadi va navbatga turishni yaxshi ko'rishadi. Shifoxonalarda esa odatda raxbarlar ruslarni tashkil etadi va oq halatsiz ham yuraverishadi. Hodimlarini oldigayam tez-tez kirib tekshiradigan bo'lishadi (bizni o'zbek raxbarlarga o'xshab stuliga yopishvalib hodimini o'zini oldiga kirishiga majburlamaydi).
Navbatda o'tirib zerikkanidan bo'mag'ur hulosalar chiqarib o'tirish oson.


lolo, siz Mahdiyahni gaplarini noto'g'ri tushunibsiz. U kishi aytgan holatlarga hamma ham guvoh bo'lgan.Ruslar deganda, ruslar shunday ish qiladi demaganlar, ular ko'proq haq huquqlarini talab qilib, shunday kishilarga qarshilik qiladilar, degan ma'noda gapirganlar. O'zbeklar esa ko'p holatlarda jim turishadi. Buni hamma biladi.
Chunki o'zbek xalqi hamma holatda ham murosa qilgisi keladi. Alloh O'zi tavfiq bersin.

Qayd etilgan


lolo  11 Noyabr 2009, 21:24:22

Assalamu alaikoum!
Bu mavzuga solih salaflarimizning go'zal hulqlaridan na'munalarni qo'ysak o'rinli bo'ladi. Xatto mavzu nomiga ham munosib bo'ladi. Haqiqatdan ham, farosatni ulardan o'rganmay, kimdan o'rganamiz? Shu farosatku ularni shu darajaga olib chiqqan! Hozirgi zamonamizda ko'chada yurgan befarosatlarning ishini sanaydigan bo'lsak ham dilimiz hufton bo'ladi, ham vaqtni befoyda ish bn o'tkazgan bo'lamiz va hokazo. Bundan tashqari bu sanab o'tirishlikda hech qanday hikmat ham yo'q. Qani biron kitobni (yoki ma'lumotni) bilamizmi qaysidur zamondagi barcha noloyiq ishlar birma-bir sanab chiqilgani? Solihlarimiz shunday ishlar bilan band bo'lishganmi? Jamiyatdagi har bir illatni nomma-nom sanab, yig'ib, yozib olib yurishganmi, "Chora ko'ramiz!" degan bahona bilan?! Yo'q!
Hamma zamonda ham ko'chada tarbiyasiz, badhulq insonlar mavjud bo'lgan. Lekin solihlarimiz o'zlarining ustilaridagina ishlashgan, va atrofdagilari uchun ulug' na'muna bb kelishgan.
Yana bir gap, o'sha ko'chadagi tarbiyasiz odamlarga biron nima deganimizda bir marta bo'sayam "hop bo'ladi" deyishganmi? Yo'q, aksincha, bolxonador gaplarnigina eshitib olasiz. Eng yomoni esa, ulardagi yomon sifatlar o'zlarida yanada qattiqroq mustahkamlanib qolishidir. Ularning g'ururi hech qachon begona odamning tanbehini ko'tara olmaydi. Va natijada tanbeh beruvchiga nisbatan nafrati paydo bo'ladi. Tembole ro'molda ekansiz, u jamiki ro'mollilarga nisbatan adovatli bb qoladi.

Qayd etilgan


Muslimа  12 Noyabr 2009, 00:46:00

Ruslar deganda, ruslar shunday ish qiladi demaganlar, ular ko'proq haq huquqlarini talab qilib, shunday kishilarga qarshilik qiladilar, degan ma'noda gapirganlar. O'zbeklar esa ko'p holatlarda jim turishadi. Buni hamma biladi.
Chunki o'zbek xalqi hamma holatda ham murosa qilgisi keladi.

 :as:
    Bir domlani ma'ruzalarida eshitgandim: "Bizni odamlar shunaqada, biror ma'siyatni, yomonlikni, nohaqlikni ko'rsa ham "Ke, QO'Y ortiqcha gapirib nima qilaman?", "Ke QO'Ygin, o'zimga dushman orttirmi..." deydi. Biz QO'Y miz birodarla, shunaqa dib o'tirganimiz uchun!" digandila.
    Agar hamma narsaga ko'z yumib, u baribir tushunmaydi, qabul qilmaydi dib ketaversak, o'sha tushunmaganlarga kim tushuntiradi? Ahir bizni birodarlik vazifamizku, birodarlarimizni haqdan adashmasliklari uchun ko'makdosh bo'lish, bu albatta ularning ham vazifasi bizga to'gri yo'lni ko'rsatish. Mo'min birodarla bir biriga ko'zgu, oyna diyilmagandur bejiz?
    Hikoyat eshitgandim (domlani ismlari esimda yo'q, ma'ruzadan). Bir qishloqda ma'siyat juda avj olib ketibdi. Allah taolo O'z farishtasiga buyuruq berib shu qishloqni yo'q qilishini amr qilibdi. Farishta vazifani bajarish uchun yerga, qishloqqa tushsa bitta odam tinmay duo qilib, tasbeh aytar, Allahga har ishda taqvo qilar ekan. Farishta qayta osmonga ko'tarilib Allah taologa: "Bu qishloqda bir bandang bor ekan, o'ta taqvodor, dindor ekan, shunda ham buyrug'ingni ado etaveraymi?" deganida, Allah subhanahu va taolo "Birinch o'shandan boshlaysan!" degan ekan. Chunki u o'zini taqvosi bilan mashg'ul bo'lib, atrofidagilarga o'rgatmagan, nima ma'siyatu, nima mumkinligi haqida ularga aytmagan. Faqat o'zini ishi bilan mashg'ul bo'lib qolgani uchun. 
     Haqiqatda, muammolar ko'p, lekin ularga ko'z yumib ketish yaxshimas. Bittasiga aytganda tushunmasa, inshaAllah boshqasi tushunib qolishi mumkin, har qalay birodarlik vazifasini bajarib qo'yamiz. Allah barcha hayrli ishlada mo'min va mo'minalarga jasoratni ato qilsin!
   

Qayd etilgan