Va alaykum assalom!
Bunday holat to'g'ridan-to'g'ri bo'lib qolishi mushkul. Kimning qachon vafot etishini Yaratgandan o'zgasi bilmaydi.
Siz aytgan holatga yaqin holat quyidagicha bo'lishi mumkin:
Bir kishi og'ir dardga mubtalo bo'lib, organizmning holatiga qarab, doktorlar qancha muddat qolganini taxmin qilishlari mumkin. Undayam Alloh aytgani bo'ladi, shofo beraman desa, shifo topadi, aks holda vafot etish uning taqdiriga yoziladi.
Agar shunaqa vaziyat bo'lib qolsa (Alloh asrasin) unda avvalo ota-onam, yaqinlarimdan rozilik olib, qoklib ketgan qarzlarimdan qutulishga harakat qilardim. So'ng, ba'zi aytolmagan gaplarimni aytib, qolgan muddatni Alloh qodir qilgancha, uning ibodatiga sarf qilardim.