"ANALITIKA" o'yini  ( 166635 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 ... 36 B


Donishmand  25 Mart 2012, 17:53:49

Usmon...

Bu anavi, ilgarilari tez-tez yozib turadigan, hozircha esa forumga onda-sonda bir kirib indamay, goh-goh rahmat aytib chiqib ketayotgan bolada-a?
Bu bola muloqot.uz da oy ko'rganga o'xshaydi... Moy Mirini ham berkitibdi, kelin bola qattiqroqlar shekilli...
Hech bo'lmasa to'y kunini PM qivorsinlar! ;)

Qayd etilgan


gayrat17  25 Mart 2012, 23:29:59

joomlaxonga uylangan :D

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Aprel 2013, 19:11:50

Yaxshi. Men ham ushbu mavzuni yuritish kerak degan fikrda yurgan edim.
Donishmandni analiz qilsak, nima deysizlar?

Qayd etilgan


azizbek_mx  19 Aprel 2013, 21:50:24

Donishmand aka haqiqiy donishmand:) Menimcha shuni o'zi yetarli :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Aprel 2013, 10:24:11

Donishmand - bu akani men avvaliga ko'pni ko'rgan, sochlrai oqargan bir tog'a bo'lsa kerak deb atasavvur qilardim. Zeroki, donishmandona kiritmalari asosida menda nuroniy bir zot tasavvuri uyg'ongandi (nuroniyligi bor-u, lekin "tog'a"likdan darak yo'q). Keyin Muzaffarning sharofati, u ila Donishmandning avvaldan bir-birini zimdan forum orqali kuzatuvlari, hamda ittifoqo, bir korxonada biri rahbar, biri xodim sifatida ish olib borishlari oqibatida bu zotni ko'rishga muvaffaq bo'ldik. Qarasam, o'zimizga o'xshagan odam ekan :)
Ha, aytgancha, bu mashhur tarixiy uchrashuvga bosh sabablardan biri Muhammad Sohib bo'lgandi. Agar u emlash haqida jar solmaganida, antiemlovchilar sardori sifatida javlon urmaganida bu uchrashuv yana cho'zilishi tabiiy edi.
Do'st avvalo kamchiliklardan boshlaydi, davrada o'sha odam yo'qligida esa mayli, oz-moz maqtab qo'yadi.
Demak, Donishmand, ishchan odam, ishxonasidan doim chaqirib qolishaveradi, o'zini rahbararday tutmasa-da, ba'zida telefoni jiringlab qolsa, rahbarona fikrlardan eshitib qolasiz.
Ichi to'la gap, tarix, adabiyot, fizika, ximiya, nano-mano...
Yaxshi suhbatdosh topib olsa, fizika yoki ximiya tushunmaydurgon ba'zi kishilar og'zimizni ochib turaveramiz-da-a :)
Forumdagi eng yaqin do'sti doimo Marg'ilonga Kamaz yoki buldozerda keladigan, bolalarni ezib-ezib paxta tergizadigan, yoz bo'yi g'isht quyib, uy tiklagan domla aqoiddir.
Hozircha shunaqa gaplar, boshqa "xislat"lari haqida to'ldirarsizlar.

Qayd etilgan


Aqoid  20 Aprel 2013, 17:27:38

Xullas, bu shaxsni o'sha Marg'ilondagi choyxonada ko'rganimda rosa maqtanchoq ekan degim kelgandi. Keyin Muzaffarning qaro kunida yog'e to'yi kuni ko'rishdik. Yaxshi bola. Jichcha esiyam bor-u, ja ko'pmas. Haqiqiy do'st! 
p.s kallali bola-kallasi katta demoqchiman.

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  20 Aprel 2013, 22:56:59

А­ озгина кеч Ò›олибманку хамма хислатларини айтиб бслибсизлар, мен снди камчиликарини айтсаммикан ё тсÒ›иб ташурсаммикана-а ;D , албатта хазил, Бу дсстимизни мен хам биринчи форумга аъзо бслганимда ёзган постларини сÒ›иб роса бир халиги пурмаъно Ò›арашли, оппоÒ› соÒ›олли десам жаа Ò›аритвораману шу камида саксон сшар отахонни аÒ›ли салохисти бор бир инсон бслса керак десам йсссÒ›...   мен сйлагандан хам аъло бир йигит скан, бу дсстимиз билан биринчи марта Замира опанинг сÒ“ли Абдулазизнинг шарофати билан бслган учрашувда ксришиш шарафига мусссар бслдик, Форумдаги  холис хизматларидан бири она тилимизга бслган юксак хурмати туфайли бизга схшага стиборсиз форумчиларни она тилига бслган съзозга чаÒ›ируви мени роса хурсанд Ò›илди. (Хатто сзим бирор хабар ёзсам гарчи агентда бслсам хам шу Донишманд ксриб Ò›олса дакки бермасин деб бир Ò›айта сÒ›иб чиÒ›адиган бслдим  :D ) . АллоÒ³ ота-онаси ва фарзандлари бахтига хамиша соÒ“ саломат Ò›илсин,  лекин жуда маÒ›тавормелар сна талтайиб кетмасин  ;) , охириги пайтларда шу сааал камнамороÒ›да а-лаббай бир тергаб хам Ò›сйиш керак, пурмаъно постларни соÒ“индик тез-тез кириб туринг дсстим.

Qayd etilgan


Muxsiya  26 Aprel 2013, 10:43:27

yaqinda o'g'il uylabdi deb eshitdim :D  forumdagilarga taklifnoma bergan ekan afsus  kechroq korib qolibmanda

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Aprel 2013, 18:30:47

Donishmad aka, mavzu shartiga ko'ra, sizni ta'rif etganlar ichida g'olibni aniqlab bersangiz.
G'olibga esa, o'z navbatida keyingi ta'riflanajak insonni tanlash imkoni beriladi.

Qayd etilgan


Donishmand  30 Aprel 2013, 09:29:08

Nega bizni hech kim maqtamayapti?
Aytinglar, maqtashsin, maqtashsin!
("Olovuddining sehrli shamchirog'i" k/f)
Assalomu alaykum ahli forum!
Bu yerda kaminani aaancha "g'iybat" qilibsizlar-u, biz og'zimizni ochib yuraveribmizda-a? Rahmat, rahmat! Beetibor qoldirmay, fikr bildirganlarga rahmat! Ammo endi maqtovni jaa oshirvoribsizlarov. Bir adashim aytgan ekan: "Insonni o'ldirging kelsa rosa maqta!" Qasdlaring yo'qmi mabodo? :)
Biroz ishlar ko'payib, forumga vaqt bo'lmagandi. Hudoga shukur, endi hammasi joyida. Fikrlarga kelsak, hozircha rahbarlik salohiyati boru, rahbarlik "savlati" yo'q. "Savlat" ham bo'lsin, keyin o'zimizni rahbarlarday tutamiz. :) Fizika, Ximiyaga qiziqadiganlar hozir kamyob bo'lib ketayapti. Ilgari biz yoshligimizda kosmonavt bo'laman derdik, injenet bo'laman derdik. Hozir kimdan so'rasangiz "bankir bo'laman", "prokuror bo'laman", "Damas minaman" ... "katta bo'lsam Rossiyaga boraman" deydigani ham chiqayapti. Shunday holatda fizika, ximiyaga ozgina qiziqishi bor odamni uchratsak ham hazina topganday bo'lamizda. Aqoid... shu "do'st" bor, boriga shukur - dushmanga ehtiyojimiz yo'q (hazil). Kallamiz katta, o'zi vujudda maqtanishga arzigulik shu kalla bor. Ammo yaxshi kalla bo'lsa boshqa narsaga ehtiyoj kerakmas. Gapga kelsak, yaqin olganlarimiz, ishonganlarimiz davrasida sergapmiz, boshqa o'rinda unchaligam gapirgimiz kelmaydi. Ohiri yuritmaslikni ma'qul ko'rgan mavzuim sizga yaxshi ta'sir qilgan ekan, bundan juda hursandmiz. Ammo u mavzu keyingi paytdagi forum saviyasiga to'g'ri kelmadi (bunga barchamiz aybdormiz).
O'g'limni uylasam, Hudo hohlasa, yana aytaman to'yga, o'shanda kelaverasiz. :)
Endi g'olibni aniqlasak, keyingi insonni tanlash imkoniyati yana o'zingizda qolayaptida AbdulAziz.

Qayd etilgan