"ANALITIKA" o'yini  ( 166651 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 36 B


AbdulAziz  01 May 2013, 09:04:41

Ta'riflash navbatini forumda keyingi paytda ancha faol bo'lgan, fikrlaridan og'ir-bosiq Хадича га beramiz. 

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 May 2013, 21:32:23

Хадича
Bu uzerkaning postlarini qisqa tahli qilish davomida quyidagilarni aniqladim:
Olgan rahmatlari va aytgan rahmatlari soni yozgan postlaridan ikki baravar ko'p. Demak foydalanuvchi forumni ko'p mutolaa qiladi hamda kerakli postni yozadi. Keraksizini yozmaslikka harakat qiladi.
Pazandalik bo'limi eng ko'p kiradigan bo'limlaridan biri. Eng ko'p rahmatlarni ham shu bo'limdagi postlari uchun olgan.
O'ziga ma'qul bo'lgan hikoya, ibratli maqolalarni forumga joylab, o'zi yaxshi ko'rgan xayrli boshqalarga ham ravo ko'rishni xush ko'radi.

Forum statistika xizmatidan:
Хадича forumda 17 kun, 6 soat va 19 daqiqa faol bo'lib, 345 xabar qoldirgan, 9 mavzu ochgan, 1 so'rovnoma tashkil etgan, 13 marta so'rovnomalarda ovoz bergan.
Foydalanuvchining forumda eng ko'p faol bo'ladigan vaqti soat 13.00 dan 14.00 ga qadar ekan.
Bo'limlardan Umumiy (55 xabar), Oila va jamiyat (36 xabar), Forumdoshlar hayoti (35 xabar), Pazandalik (23 xabar) bo'limlarida faol ekan.

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  02 May 2013, 22:00:03

Фойдали фойдаланувчи, Ò›олдирган постлари мазмунли, Ò›изиÒ›арли хикос ва шеърлар айниÒ›са чиройли (ва албатта мазали бслса керак) пишириÒ›лар соÒ³ибаси,  камчиликлари хам бордур лекин мен ксрмадим, бундан кейинги ишларда омадлар.

Qayd etilgan


Donishmand  03 May 2013, 16:20:59

Ana kech qoldik! Ha mayli, davom etamiz :)

Qayd etilgan


Donishmand  03 May 2013, 17:46:03

:) Unda yaxshi.
Bu uzerkamizni forum hayotiga befarq bo'lmagan, jonkuyar deb bilamiz. Shuning uchun forum huvvillab qolgan holatda ham uning yaxshi postlarini har qanday bo'limda o'qib qolishimiz mumkin. Ya'niki, ayrim bo'limlar bilan cheklanib qolmaydigan, forumda "keng qamrovda faoliyat olib boradigan" ishtirokchilardan biri. O'zi aslida hali tug'ilmasidan ovozi eshitilgan odam shunday bo'lishi kerakda :). Manimcha forumga yozmoqchi bo'lgan so'zlari juda ko'p. Istaymizki, doim shunday faol bo'lib, to'htab qolgan mavzularni jonlantirishga hissalarini qo'shib yursinlar.
 
Tanqid: "O'zimiz tayyorlagan taomlar"dagi joylagan raslmari bizning ishtahamiz ochilishiga va semirib ketishimizga sabab bo'layapti. :)

Qayd etilgan


Aqoid  03 May 2013, 19:13:16

Yosh bo'lsa-da, mazmunli,mulohazali fikrlari bisyor. Ayni damdagi forumning eng faol foydalanuvchilaridan biri.  Omadini bersin!

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  03 May 2013, 20:59:03

Bu mavzuga hali javob yozmagandim(yo yozganmidim ??? ) ha maylin Xadicha haqida mani ta'rifim: yuqoridagilarni ta'rifiga qo'shilgan holda qo'shimcha qilsam, bu userka hayotta uyalchen, hato qilishni astoydil hohlamaydigan, brov bilan yuzma yuz kelganda ham yaxshilab o'ylab keyin gapiradigan odam nazarimda, ha yana kimgadir taqlid qilishni hohlaydi  :) yana bilmadim.(mavzuni to'g'ri tushungan bo'lsam bo'ldi)

Qayd etilgan


Хадича  04 May 2013, 14:49:22

Rahmat...

Abdulaziz admin o'ziz aytavering endi keyingi forumdoshni... :)

Qayd etilgan


NANO  04 May 2013, 23:51:09

Keyingisi mande kim bulardi bowqa!


P.S
 Tepadagi user haqida xooo'b va koooooo'p gapirardimu lekin hafa bulib xamma postlarini u4irib tawiydilade!

Qayd etilgan


Ansora  05 May 2013, 12:22:40

 :asl3:


Xadichaxonda ekanda navbat:)


O'zlarini ko'rish nasib bo'lmadi bu yil forumdosh qizlar uchrashuvida. Lekin keyingi safar ko'rishni xohlayman albatta:) nasib qilsin Xadichaxon:)


Bu qizimizni fikrlari ko'pchilikka yoqqaniday menga ham yoqadi:) chunki beg'uborlik bor, samimiyat yog'ib turadi har bir misralaridan. Shoiralik taraflari ham borligi uchun so'zlar bilan "o'ynashni" yaxshi biladilar.


Hamma narsaga qiziqadilar: tikish, toqish, pishir-kuydirga, chiroyli rasmga ham oladilar, bu ham bo'lsa singlimizni qiziquvchan, intiluvchan ekanliklarini ko'rsatadi.


Nimadandir jahllari chiqqanda yana so'zlar bilan yetkazadilar bizga, birovni dilini ogritishdan qorqadilar, sharttaki emaslar. Bu ham bolsa sabrli ekanliklarini korsatadi (menimcha)


Diniy bilimlarga qiziqishlari ham katta, bir mavzuda malumot olmoqchi bolsalar albatta qidirib topadilar, savol beradilar, Hazrati Hizr haqidagi savollari kopchiligimizga foydali boldi, deb oylayman, bundan ham Xadichaxonning ziyouzning haqiqiy ziyo olayotgan, kelajakda ziyo tarqatishga shay turgan qizlaridan, desak adashmaymiz...


Fikrlari "tesha tegmagan" dermidi:) bolaliklari haqida yozganlari, o'zlarini o'zlari soginganliklari haqidagi fikrlari menda katta taassurot qoldirgangi, bundan ham singlimizning tohtamay tafakkur qilishlari, judayam keng xayol dunyosiga ega ekanliklari xulosasini chiqaraman.


Qani endi yoshlarimiz Xadichaxonday izlanuvchan, bilimga chanqoq bolishsa, doimo shunday bolib qolishingiz tilagi ila:)


Qayd etilgan