Taaaak, deganingizdan bildik, o'zbek ekansiz deydi.
Odamlarga ham hayronsanda, tinchgina yaxshi ketayotgan mavzuni to'xtatishdi qo'yishdi... Men har safar yangi mulohaza qoldirilganda, uni printerdan chop etib, ko'rpachalarni to'shavolib, choy-poylarni quyvolib, huzur qilib o'qiyotgandim.
Ehhh, beliga tepishdi...
Xullas, barcha ish hujjatlari bilan tanishib, tergov harakatlarini batafsil o'rganib chiqib, SUD HUKM qiladi:
Gumon qilinuvchilar: Ziyovuddin, uzmus, imlaah, Kapalak, TITAN-UZ, Hadija, Nurzoda, lolo va ChehMiklarning ko'rsatmalari atroflicha o'rganib chiqildi va quyidagi xulosalarga kelindi:
Yurist (Y_U_R_I_S_T).
Hammasi taxminan
Xo'sh, yurist bilan tengdoshmiz menimcha. Lekin bilim saviyasiga qarab yosh beradigan bo'sam 32-34(atrofi). Rangladan qizilni yoqtirsa kerak. Antikvar narsalayam yoqadi. Xorijda o'qish niyatam yo'q bo'lmasa kerak. Qizlaga qaramidigan zo'r bola. Taomlardan "yaxnini" yoqtiradigan bolaga o'xshamidi. Moshinaladan "Mersedes" yoki "Ferrari"de. Sport kiyimlaridan ko'ra kastim shim.
Izoh: Hayolimga kelgan birinchi narsalani yozdim.
Ziyovuddin, faqat rost gapiraman deb qasam ichgan holda so'zga chiqdi. Faqat ikkita gapini aytmasa qolgani normalniy. Ya'ni mana bular:
Xorijda o'qish niyatam yo'q bo'lmasa kerak. Qizlaga qaramidigan zo'r bola.
Xorijda o'qish niyatim yo'q, xozircha. O'zimizdan qo'ymasin. Qizlar borasida esa... Ehhh, meni yaxshi bilmas ekanlaroovvv
uzmus akamiz ham qisqa va lo'nda, aniq javob berdilar. Mana bu gapingizni o'zingiz rad qildingiz lekin:
Bir ishnni ortidan tushsa ohiriga etkazmasdan qoymaydigan yigitga o'xhsaydi...
Oxiriga yetkaza olmadimda shu ishni.
imlaah...
Aslida o'yinlarga ko'p ham jiddiy qaramasamda shu yerda biroz o'yin aralash fikr bildirishga izn so'rayman.Chustiyga bernmoqchi bo'lgan tarifim ammo bu nafaqat chustiyga balki shu forumdagi man hurmat qilgan deyarlik ko'plab birodar ukalarga oid shuningdek Y_U_R_I_S_T ga ham.O'yin qoidasi holislik bilan tarif ekan(yaniy faqat maqtalsin deyilmagan ekan) inshaallah bu ukalarni hayotda bilmaymiz ammo bilganimiz shu yozishmalaridan hulosalansa demak tarif ham shunga yarasha bo'ladi.
Forumdagi deyarli barcha birodar ukalarda ilmga intilish hoh dunyoviy hoh diniy bo'lsin yetarlik tarzda bor.Allah davomli qilsin.Juda gozal shinavadalik bilan muloqot yuritish uslublari bor har birlarini.Har birlari o'z sohalarida yetarlik darajada mahoratga egalar deb o'ylayman.O'zaro munosabatlari juda gozal va asl birodarona deb tasavvur qiladi yozishmalarini o'qigan inson.Shu yozuvlaridan hulosa qilganda yanada nozik sifatlari baazi hurmati kuchli insonlar uchrab qolgan joyda ularning yoshlarini yoki martabalarini yoda issiq yuzlarini (ko'z ko'zga tushganda uyalib qolmaslik uchun) hurmat izzat qilib haqni o'rab izzat bilan asarb olib qoyadilar .Bu (shoirdan boshqa deyarlik barcha forumchi yigitlarga tegishli) sifatlar hurmatli Y_U_R_I_S_T da ham borligini yaqinda kuzatdik.
Hayotda ko'zalagnlari Haqiqat uchun kurashda davomli va adolatlik bo'lishni tilab qolaman.
Shu postni har gal o'qiganimda har xil yangi ma'no tushunaman. Bu post Leonardo Da Vinchining "Jakonda"siga o'xshaydi. Ayolning nimhol tabassumidan turli ma'no anglash mumkin.
Oxirgi tilaklari uchun rahmat oma!
Kapalak opajon... Zo'r nutqqa chiqdilar lekin. Suddagilarni ham og'zi ochilib qoldi. Ora-orada turkcha gapirib ham qo'ydilar... Lekin eng yoqqan joyi, sudga o'zlari pishirgan taomlardan olib kelgan ekan, hammaga tarqatdilar. Sudya, advokat, prokuror, kotib, qisqasi hammani og'zini "yog'ladilar". Yomonam pishiqsizey... opajon. Ammo ming bor uzr, shuncha "podxod" qilsangiz ham sizni "ayblanuvchi" deb topolmayman. Sababi siz shundoqqina forumdagi postlarimni ko'chirib qo'yibsiz xolos
. Psixologik ta'rif yo'q... Lekin sizga ham samimiy tilaklaringiz uchun rahmat!!!
TITAN-UZFaqat bir og'iz gap aytdilar xolos. Shuncha so'rasak ham, advokatim kelmaguncha, bir og'iz ham gapirmayman deb turib oldilar. Asosiy gumon sizdan bo'ladi endi...
HadijaQo'rqoq oldin musht ko'tarar degan aqidaga amal qilib, darrov o'zimga hujum qilishni boshladilar:
Ayblanuchvi YURIST!
deb. Hoy, forumdosh, men "jabrlanuvchiman" bu yerda. Lekin nuqtingiz sud zalidagilarga yoqdi. Bironta ham xato joyi yo'q.
Nurzoda...
Sir saqlay olmas ekanlar. Tergov vaqtida bor haqiqatni oqizmay-tomizmay (muzqaymoq deb o'ylayapsizmi?) yeb qo'ydilar, iye, yo'g'ey, aytib qo'ydilar... Shuning uchun sizning "aybingizdan" kechdik.
loloooooooooooooooooooooooooUni ko'rganda hamma oooooooooooooooooooo deydi.
"Iye.. Y_U_R_I_S_T yoshbolekanuu!" degan edim.
yoshbolaligi pand berib turadi...
Ushbu ko'rsatmalaridan keyin, biz loloni tergov protokollariga 90 yoshli kampir deb kiritib qo'ydik.
ChehMik"G'olib ChehMik! Ura! Ura! Ura!" demoqchi edimu, bundayin betayin postlaridan keyin shunaqa deb bo'ladi.
Eng ko‘p ishlatadigan iborasi: " ChehMik oka" ," okamjonim ChehMik okam"
E-mail: [email protected]
Web-sayt: ustozimchehmik.com
Sudda yolg'on guvohlik bergani uchun sizni qamab yuborish kerak edi-yu, ammo prodyusserimsizda... Mayli bir marta kechirdim. Bo'lmasa oyligimni bermay qo'yasiz...
O'zbekiston Respublikasi nomidan SUD shunday hukm qiladi:
Barcha gumonlanuvchilarning ko'rsatmalari orasida
Hadija eng to'g'ri gapirgan deb hisoblansin va "aybdor" deb topilsin. Unga 2 kun ichida zudlik bilan "ANALITIKA" o'yinining keyingi qahramoni belgilash "jazosi" berilsin.
Shuningdek, yaxshi o'yinni offtoplari bilan buzgani uchun
Chustiy va lolo larga "jarima" belgilansin. Ular 20 ta ma'noli post qoldirishlari bilan ushbu jarimani ado etsinlar. (lologa qiyin bo'ladigan bo'ldi
) Hazil
emasHukm qat'iy! Shikoyatga o'rin yo'q!