Hikoyalarni o'qishga boshlar ekansiz ovozingiz juda past tondan boshlanadi.
Hikoyalarning mavzusi bu ovoz toningizga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin eng boshda hikoya muallifi va asar nomini tamoman farqli bir "kirish" bilan boshlashangiz yana ham ta'sirchan bo'lar edi. Yani hali hikoyani "ichiga kirmagan" ovoz bilan boshlang.
Maqbul. Ko'p hikoyalarni avvaldan o'qib, ma'nosini bilganim uchun o'sha kayfiyat aufdiofaylga ham ta'sir qilgan bo'lishi mumkin.
Hikoyani o'qir ekansiz to'htab-to'htab qolish holatlari bor. Balki ovoz yozish asbobidandir, bilmadim. Men buni hayajonga bog'ladim. Masalan bugun eng ohirgi joylagan "Dahshat" hikoyasini tingladim. Asarning 02.25-26 soniyalarida shunday "hayajon" bor.
Bazan qisqa so'zlarni joyi almashib ketadi. Yana ayni hikoyaning 02.33 soniyasida shunday xato bor. Kecha tinglagan ha ikki hikoyalarimda ham bunga o'hshash xatolar bor edi.
To'xtab-to'xtab qolish holati hayajondan emas. Zero, bundan hech hayajonlanmadim. Uning sababi audioyozuvning dublsiz yozilishidir. Orada chuchkurish yoxud, nafas yutinish holatlari bo'lganda biroz tin olib, ovozni chiqarmay, tomoq qashlayapman

Ba'zi joylarda ozroq chuchkurish holatlari bo'lsa, uni tabiiy qabul qilinglar. Hozir kuz mavsumi

1. Ovozingizni to'g'ri qo'llana olishingizni tavsiya etaman.
Hikoya qahramonlarining dialoglarini o'qir ekansiz bir-birindan yana ham aniq shaklda ajrata olishimiz uchun ovozingizni ingichkalashtirish yoki qalinlashtirishdan (xarakterlarning salbiy yoki musbatligiga qarab) yana ham unumli foydalanishingiz mumkin.
Maqbul. Harakat qilyapman.
2. Ovoz yozib oladigan asbobda bazi muammolar bo'lishi mumkin. Bazan harflarni "yutib" yuboryabdi.
Ha, muammo mavjud. Bu fayllar oddiygina, 5$ lik quloqchin, va unga biriktirilgan mikrofonda yozilyapti

. Eng asosiysi tushunarli bo'layotgan bo'lsa bo'lgani. Bir-ikki tanishlar yaxshi o'qibsan deb maqtashdi

Katta rahmat, davomini kutib qolaman 
Tanqidlar uchun eshigimiz ochiq.