Ruxsat bersela maniyam o'z fikrim bor shu mavzuda, lekin buni yozishdan juda hijolatdaman, chunki doyimgidek mani fikrim hammanikiga TESKARI. Ayb manda emas, hammasi ilmim va dunyoqarashlarim asosida! Va iltimos manga kesatiqla qimeyla, yoqamdanam omela, shunchaki turli hil fikrlardan yana bir fikr ekan... deb ketaverila.
O'zbek qizlarini chet ellarga boshqa din vakillariga turmushga chiqib ketayotganini salbiy baholabsila. Lekin o'zbek degani musulmon degani emas, shuni ham unutmela. Hozirgi MUSULMONlar ilgarigi MUSULMONlardan yer bilan osmonchalik farq qiladi. Xozirgi odamlar (ayniqsa o'zbeklar) "Musulmonman" degani bilan TV va jurnallardan o'rganib boshqa din vakillarini ibodatlarini hech ikkilanishsiz qilaverishadi. Ko'chada yarim-yalang'och, serenada, to'ylarda uzun taqayotib fonida cherkov musiqalari, tort va ustida sham, YangiYilku mayli - Eski Yangi Yilga nima deydiz... Eski Rojdestvolargacha bilamiz biz musulmon o'zbeklar! Shunday ekan, sizlarga nima farqi bor qayerga va kimga turmushga chiqib ketvatganini?!
Shu o'rinda "Ilgarigi musulmonlar" haqida ham bir og'iz etib o'tmoqchiman. Ilgari musulmonlikni qabul qilgan odam o'sha zahotiyoq islomni arkonlariga to'liq amal qilishni boshlagan. Mana shuning uchun ham mahrga xattoki "Musulmonlikni" so'rashgani bo'lgan. Mana gap qayerda! Xozirda esa bu mahr eng arzon mahrlardan hisoblanadi, ayniqsa biz o'zbeklarda! Musibat! Musibat! Musibat!
Mavzudan tashqarida bo'sayam, bir narsani etib o'tay.
Shu lolohon qizimizni postlaridan alambalo qiz ekanligi ko'rinib turibdi.
Bu qizni "davo"sini, bir narsada ko'rdim. Uzr endi islomiy tavsiya bo'masayam, lekin boshqa chora yo'....
Lolohon siynim... Hudo hayrizni bersin.
O'zbeychiliy haqida, umuman hayot haqida qanaqadur qora ochkidan qarurganizdanmi bilmadim, chota har doim salbiy taraflarni ko'ra olasizde.
Sizga bir yaaaxshigina maslahat.
Bitta namozhon bolani topin. Uning hadeb kamchiligini qidirurmasdan, bunday yaxshiliklarini toping. PM lashing, YM lashing, hullas do'stlashing. Chegarasidan chiqmagan holda muloqatda bo'ling. Eee hullas sevishingde....
Chota sizga sevgi yetishmayapti shekilli hayotizda... Sevgan qalb yumshaydi, orziqadi, qiynaladi...
Sizam tez kunlada sevib, sevilin... A to bunaqa ketishda, kimga erga tegas... kim sizni bunaqa harakterizni ko'taradi bilmadim....
(Og'irim tushvottimi dimen, bu bir do'stona maslahat)Hullas doiradan chiqmagan holda bitta namozhon bola bilan do'stlashing... A to bu ketishda forumdan birinchi bo'lib "Чет слга турмушга чиқиш" ni o'ziz qiberas....
Forum otin oyiladan iltimos...
Yomon narsaga targ'ib qilayapsan deb Arbuzchiga tanbeh berishga shoshilmen. Yon atrofizdagi qizlagayam bir nazar qilib, undan keyin nasihat qilin...
"Bir yomon ishni oldini olish uchun, mana shunaqa maslahatlani berish mumkun" degan ekan bittasi... ;)Shunchunam maslahat berdik...
Hammadan uzr so'ragan holda, mavzuni davom ettirishiyla mumkin....