Чет элга турмушга чиқиш  ( 32829 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B

shoir  17 Noyabr 2009, 11:13:14

Yuqoridagi maqolani o'qib chiqdim.

Mas'ul kishilarning fikricha, Koreyada ham o‘zbekistonlik kelinchaklarning saragi sarakka, puchagi puchakka ajrabdi. Tahlillarga ko‘ra, Namangandan olib ketilgan qizlar boshqa viloyatlardagi kelinlarga qaraganda o‘zining sharm-hayosi, odobi, tarbiyasi bilan tarozini bosib ketibdi. Shunga ko‘ra, endi koreys janoblar asosan Namangandan qiz axtarishayotgan emish. Bu esa - ham yaxshi, ham yomon.

Munira opa, shu gaplarga munosabatingiz qanday?
Sharm-hayoli, odobli, tarbiyali qizlar nomusulmonga turmushga chiqadimi?

Qayd etilgan

Bekmirzo  17 Noyabr 2009, 14:24:33

Yoki vodiylik talaba qizga gap otib qolgan janublik yigit albatta siquvga olingan, ba'zan kaltaklangan ham...

LoL :)

Talabalik davrida mana shu ishning g'irt teskarisini, mana biz, doimiy tarzda qilib yurardik. Birorta vodiylik yigit biz taniydigan janublik qizga gapirib ko'rsiniydi, ko'rardi bizdan... :)

Eh, o'sha davrlar...

Qayd etilgan

Ansora  17 Noyabr 2009, 21:25:45

Men ham Andijonlik dugonamni hafa qilgani uchun Janublik bolani do'pposlagandim : )

Qayd etilgan

Ansora  17 Noyabr 2009, 21:36:30

Men ham bir navi Chet ellikka turmushga chiqqanlardan biriman, sababi esa turmushga chiqishga o'z fikrimni bildira oladigan paytim bazi shartlarim bor edi nomzod kuyovlarga:

1. 5 vaqt namoz o'qisin
2. Uyiga halol rizq olib kelishiga va'da bersin....

Lekin Allohni taqdiri ekan, yon-atrofimda bu shartlarga uyg'un hech kim topilmadi. Keyin turmushga chiqishni orqaroqqa "tashlab" o'zimni o'qishga berdim. Aspirantura qozondim Turkiyada. Yana Rabbimning marhamati bilan qarshimga Dinimni yashaydigan, 5 vaqt namoz o'qiydigan, Diniy bilimlarda menga ustoz bo'ladigan biri chiqdi.
Oson bo'lmadi, har ikki oilani bunga rozi qilish...

Yuqoridagi holatlar juda achinarli.
Qizlarimizning faqat mol-dunyo uchun boshqa Dinga oid inson bilan yashashi qo'rqinch holat....

Men ham xohlardim, Vatanimdan biri bo'lsa edi, shartlarimga javob bersa edi, g'urbatni yukini "ko'tarish" og'ir chunki.

Lekin bunda ham bir hikmat bor. Rabbim haqqimda hayirlisini shu shaklda bergandir menga, deb qarayman bu ishga ham.

Lekin qizlarga achindim to'g'risi.....

Qayd etilgan

Ansora  17 Noyabr 2009, 21:44:44

Bu mavzuni o'qir ekanman, bundan bir necha yil oldin bir dugonam aytib bergan voqea esimga tushib ketdi. Viloyatlarimizdan birida Turkiya firmasi ochilibdi. U yerdagi asosiy ishchilar Turkiyadan ekan. Turkiyada ham bir qancha Millat bor. Kurt bor Laz Boshnak bor...

Hullas bu yerga kelgan ishchilar shu yerda yashaydigan ayollar bilan shartnoma qilishibdi. Ular İmom nikohi va ZAGS'dan keyin birga yashashar ekan.
Agar farzandlari qiz bo'lsa onasida qoladigan, erkak bo'lsa Turkiyadan kelgan odam o'zi bilan birga olib ketar ekan....
Chunki bu yerga kelgan ishchilar 1 eng ko'pi bilan 2 yil qolar ekan....

Bu voqeani eshitganimda dahshatga tushganman. Qonim qotib qolgan to'g'rishi. Shunaqa jahlim chiqqanki, qo'limdan ham hech narsa kelmaydi afsus.

Bizni ayollarimiz shunchalik arzonmi?
Ularni oilalari qayerda?
Bu Turkiyadan kelganlar o'zlarini nima deb o'ylashyabdi?
Bu ayollarni ERKAK qarindoshlari nahotki bu voqealarga hech narsa deyishmagan bo'lsa.....

Bir joyda odob-ahloq, sharm-hayo ko'tarilar ekan, dunyoni oxiri keldi, deyavering...

Ko'zimizni ochishimiz kerak....

Qayd etilgan

Munira xonim  17 Noyabr 2009, 21:58:12

Yuqoridagi maqolani o'qib chiqdim.

Mas'ul kishilarning fikricha, Koreyada ham o‘zbekistonlik kelinchaklarning saragi sarakka, puchagi puchakka ajrabdi. Tahlillarga ko‘ra, Namangandan olib ketilgan qizlar boshqa viloyatlardagi kelinlarga qaraganda o‘zining sharm-hayosi, odobi, tarbiyasi bilan tarozini bosib ketibdi. Shunga ko‘ra, endi koreys janoblar asosan Namangandan qiz axtarishayotgan emish. Bu esa - ham yaxshi, ham yomon.

Munira opa, shu gaplarga munosabatingiz qanday?
Sharm-hayoli, odobli, tarbiyali qizlar nomusulmonga turmushga chiqadimi?

Assalamu alaykum.
Siz iqtibos keltirgan maqolani men ham o'qib chiqdim. Larzaga tushdim to'g'risi.
Bunday voqealarni ko'p eshitganman, har gal shahrimga borganimda, bitta shunday voqeani aytishadi. Nafratlanib ketaman bunday qizlardan ham, ota-onalardan ham.
O'tgan yili ikkita voqeani aytishgandi. Biri, ammamni qo'shnilarinikida bo'lgan. Ammam lol qolgan hollarida menga aytgandila. Xullas qo'shnilarini ikkita qizi koreyaga koreys yigitlariga turmushga chiqqan. Sabab:MODDIYAT. Bilishimcha, Koreyada erkaklar uylanishdan oldin qiz-ayollarni nomiga bankka ko'p miqdorda pul qo'yarkan. Ko'p koreyaliklar esa buni uddasidan chiqolmaydi. BAnkka qo'yadiganini oz qismini bersa bu yerdan xotin olib ketadi. Bu qnachalik to'g'ri noto'g'ri bilmayman. Lekin shu xonadonni ikkita qizi o'sha yerga ketganidan keyin, bularga ancha miqdorda pul bergan koreyslar. Buni men turmush qurish deb hisoblamayman. Bu O'Z FARZANDINI SOTISH!!!Farzandi mol emasdiku, devoraman.
Ikkinchi eshitgan narsam esa, qiz qarshi, bunday insong, yana otasi bilan deyarli tengdosh kishiga turmushga chiqishga. Lekin ona majburlaydi. Qizning faryodlariga guvoh bo'lgan kishidan eshitgandim.EHHHH...
Endi maqolaga kelsak va savolingizga...
Bizni eng zaif va nozik nuqtamiz, bolalarimizga maktablarda, Vatanga muhabbat, Millatga sadoqatdan dars beramizku, elkin ularga DINI haqida dars bermaymiz. Ular dinini bilmay o'sishadi, ayniqsa bu narsa qishloq joylarida juda ko'p uchraydi. (O'zimni qarindoshlarimni ko'pi qishloqda bo'lgani cuhun aniq aytyapman)Dini nimaligini, Islomni nimaligini, halol xaromni nimaligini bilmay o'sayotgan qizlardan va ularni shunday tarbiya qilayotgan ota-onalardan yana nimani kutish mumkin?
Namanganlik qizlar u yerda sharmu hayosi bilan....Sharmu hayosi bo'lsa, boshqa din vakiliga turmushga chiqarmidi? Sharmu hayosi bo'lishi uchun esa yana va yana gap Iymonga va Islomga borib taqaladi.
Namanganlik ayol va qizlar boshqa joyliklarga qaraganda itoatkor, odobli bo'lishlari to'g'ri gap. (Bunday boshqa joyda ham topiladi albatta) Lekin men bundaylarni hayoli odobli deb bilmayman. Hayo bo'lishi cuhun esa insonda Iymon bo'lishi lozim. Iymoni bor kishi esa(Chin ma'noda) bunday ishni qilmaydi. Chunki Namangandan Koreyslarga tegayotganlar ko'p, lekin biror bir o'z iymonida sodiq qolgan kishini farzandi bunday ishni qilganiga hali hehc kim guvoh bo'lmagan.
Buni faqat nafs bandalarigina qilishadi. Hatto shunday holatlarni ham eshitdimki, koreys erkaklari, qizlarni olib ketib, to'y qilib, farzandli bo'lib, bolani olib qolib ayolini haydab yuborayotgan ekan.
Bu juda ham daxshatli ahvol. GApim uzayib ketdi, ming bora uzr.
Lekin buni tugatishni ilojisi yo'q. Davlat tomonidan bunga qarshi kurashilmas ekan buni ilojisi yo'q. Lekin shunda ham insonlar ilojini topadi. Eng asosiysi, har bir inson o'z Yaratuvchisini tanimas ekan, bundan battar ishlar ham qo'lidan keladi. Alloh saqlasin.
Alloh barchamizga ikki dunyo baxtini nasib qilsin. Bundaylarga insof tavfiq ato qilsinki, kech bo'lmasidan o'zlarini o'nglasinlar.

Qayd etilgan

Munira xonim  17 Noyabr 2009, 22:02:12

Bizni ayollarimiz shunchalik arzonmi?
Ularni oilalari qayerda?
Bu Turkiyadan kelganlar o'zlarini nima deb o'ylashyabdi?
Bu ayollarni ERKAK qarindoshlari nahotki bu voqealarga hech narsa deyishmagan bo'lsa.....

Bir joyda odob-ahloq, sharm-hayo ko'tarilar ekan, dunyoni oxiri keldi, deyavering...

Ko'zimizni ochishimiz kerak....

O'z qizlarini, singillarini, qarindoshlarini va qo'shnilarini shunday turmushiga va dini boshqa kishilarga  turmushga chiqishiga rozi bo'layotgan erkaklarni qanaqa ERKAK deyish mumkin? Bunday "ERKAK"lar bor yurtda ayol eng arzon matohga aylanadi...
Ming afsus....

Qayd etilgan

shoir  18 Noyabr 2009, 12:27:18

Bizni ayollarimiz shunchalik arzonmi?
Ularni oilalari qayerda?
Bu Turkiyadan kelganlar o'zlarini nima deb o'ylashyabdi?
Bu ayollarni ERKAK qarindoshlari nahotki bu voqealarga hech narsa deyishmagan bo'lsa.....

Siz aytgan holatni men ham ko'rganman. ERKAKni asosiy aybdor qilishdan avval uning yonidagi AYOLga ham qaranglar.
Odatda o'zbek oilasida, ko'pincha, bunaqa masalalarni AYOLlar hal qilishadi. Ya'ni ayolni ayol yaxshi tushunadi, degan aqidaga amalan, erkaklar ayollarning fikriga rozi bo'lishadi.
Yuqoridagi holatda esa, odatda o'sha turklaringizga ancha-muncha bokira qizlar turmushga chiqishga va o'shalar aytgan shartga rozi bo'lmaydi. Ularga asosan, avvalgi turmushi yaxshi bo'lmagan yoxud "o'tirib qolgan" qizlar tegishyapti. Bu tabiiy holat. Ikkinchidan ular ham musulmon. Shariat bunga ruxsat beradi. Endi erkaklar nima qilsin? Singlisi yoki opasining ersiz qiynalayotganiga qarab turaveradimi? Siz aytganingizdek, yurtda ularning kriteriyalariga to'g'ri keladigani topilmasa, toq o'tmaydi-ku. Rozi bo'ladi-da, ularni ham tushunish kerak. Yuqorida siz aytgan qiz bo'lsa, o'zida qoladi, o'g'il bola bo'lsa opketadi, degan gaplar keyin chiqadi. U ham qonunan hal qilinadi.

Qayd etilgan

Ansora  18 Noyabr 2009, 13:53:56

Assalomu-alaykum, barchaga hayirli kunlar yor bo'lsin.

Shoir- Turklar ham Musulmon, mayli dinimizni buyrug'iga ham to'g'ri keladi.
Bolani olib qolish, yoki berib yuborishni ham qonun hal qilsin.

Lekin hamma narsa bu ruhsat berilgan ikki holatdan iborat emas.

Bir narsani unutishyabdi o'z qizlarini bunday turmushga berayotgan Ayollar.
Turmush qurish, degan narsa insonlarni nafsoniyatlarini bir damgina bo'lsin qondirish, degani emas! Turmush faqatgina - Farzand ko'rish, degani emas.

Qolaversa men aytgan misolda erkaklar ko'pi bilan 2 yil ishlab keyin "qochib ketishar" ekan...
Bumi bir qizni orzu-havasi?
Ho'sh 2 yildan keyin farzandi 1 yoshga kirdi, deylik. Xozirgi kunda O'zbekistondagi moddiy sahroitni hisobga oladigan bo'lsak, bir bolani yeyish-ichishini o'zi palon pul bo'ladi. Erkak ketdi, qulog'ini ushlab, ayol yangi tuqqan, ho'sh uning qornini kim to'ydiradi?
Bundan nikohga rozi bo'layotgan ayol-onalar yoki otalari, nimani isbot etishmoqchi? Aha ko'ringlar meni qizim ham farzand ko'ra oladi' nimi?

U bolaga ota-onani mehri baravar kerak bo'lgan joyda ota qayerda?

Balki hech kimga aytmagan Turkiyadagi oilasini yonida O'zb-da uylanganiyu, farzandi bo'lganiniyu unutib, oddiy hayotiga davom etayotgandir?

Toshkentdagi Turkiya Buyuk Elchixonasida ishlaydigan dugonam bor.

Hisob-kitoblarga ko'ra Turklar 1992-1997 yillari orasi 350 ga yaqin bolani otasiz tashlab ketibdi!

Eslataman- bu faqatgina Toshkentdan olingan ma'lumot. Boshqa viloyatlardagi ma'lumotar yetib kelmagan.
Turki yoki boshqasi bu yerda bular muhim emas, asosiysi qizlarimizga 1 yillik "er" bo'lib keyin hayr-mazirni ham nasiya qilib ketayotgan hammaga tegishli bu gaplarim. Turklar Musulmon bo'lgani uchun-ularni "shansi" ko'proq deylik mayli....

Qizlarimi bunchalik arzon bo'lmasligi kerak, yana qaytaraman.
Shu qiz 30ga kirdi, deylik. Uni onasi 9 oy qornida tashidi, nima umidlar, qiyinchiliklar bilan katta qildi. Shu yoshga kelguncha hazilakam qiyinchiliklar ko'rmagandir bu qiz va oilasi. Osonmi bir insonni 30 yoshga kirishi!

Ho'sh 30 yillik umrni 1 yillik-ertasi aniq bo'lmagan turmushga almashtirishga arziydimi???

Balki turmushga chiqmay o'tishi uning uchun eng hayirlisidir, Alloh ham uni balki shunday imtihon qilayotgandir.

Afsus bizda ko'p holatlarda biz o'z o'zimizga hurmat ko'rsatmaymiz, odam o'rniga qo'ymaymiz.

Biz o'zimizga "inson" muomalasi qilsak, bizdan hech kim "bola ko'paytiradigan inkubator" qilib foydalana olmaydi!!!

Qayd etilgan

lolo  22 Noyabr 2009, 05:56:27

Shu mavzudagi barcha post va hikoyalarda o'zbekning musulmonlik g'ururiga atayin urg'u berib o'tilayotgan ekan, bu narsa maniyam fikr bildirishimga xohlasam-xohlamasam majbur etmoqda. Bizdagi "musulmon" so'zi "o'zbek" ma'nosida ishlatiladi. Haqiqiy dindor ma'nosida emas. Mana shu bizni jarlikka yetaklab ketayotgan illatlarimizadan biridir. Aforizm mavzusida etganimdek biz o'z qarichlarimizni eng to'g'ri standart qoidalariga sozlab olishimiz kerak. Shundagina hayotimiz oydek tiniqlashadi va tushunmovchiliklar anchagina kamayadi.
Tengi-tengi bilan emasmi?
...Ba'zilarning yoshlarida xuddi ota-boladek tafovut bor. Savol tug‘iladi: oradagi shuncha farq bilan ikki inson bir-birini tushunib umrbod turmush qurib keta olarmikan? Dunyoqarashlarida yer bilan osmoncha ayrilik bunga xalal bermaydimi?...
Mana shu yerdagi mulohazalarga bir e'tibor bering, qaysi o'lchov asosida gapirilmoqda? Payg'ambarimiz (s.a.w) va Oisha onamiz (r.a) oralarida qanchalik tafovut bo'lgan? Ulardagi bu tafovut hamda dunyoqarashligi qurilgan turmushligiga biron marta bo'lsa ham halaqit berganmi?!

Qayd etilgan