“Kimdan o’rnak olamiz” mavzusida bolalar uchun turkum mashg’ulotlar.  ( 13434 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Amin  21 Noyabr 2009, 06:27:54

"œKimdan o’rnak olamiz" mavzusida bolalar uchun turkum mashg’ulotlar.
 
سم الله الرحمن الرحيم

Innal hamdulillah, nahmaduhu va nasta’inuhu va nastag’firuh. Va na’uzu billahi min shururi anfusina, va min sayyiati a’malina. May-yahdihillahu fala mudhilla lah, va may yudhlil fala hadiya lah. Va ashxadi alla ilaha illallahu vahdahu la shariyka lah, va ashxadu anna Muhammad ‘abduhu va rosuluh.

Barcha Alomlar Robbisi bo'lmish Alloh Subhanahu wa Ta'aloga hamdu sanolar wa Ohirgi Paygambari bo'mish Muhammad (Sallallallohu alayhi wa sallam)ga salowotlar bo'lsin.

Mashg’ulotlarni tuzishdan sabab:

Ko’pchilik esini tanigan bolalarda (3-12 atrofida) kimni yahshi ko’rasan, kimga o’hshaging keladi, eng yahshi ko’rib ergashadigan qahramoning kim kabi savollarga odatda ko’pchilik o’zi yahshi ko’radigan multfilm, kino seriallari qahramonlari aytadi. Men Doraman (multfilmdan), O’rgimchak odamman (spiderman kinosidan) degan javoblarni eshitadi odam. O’rgimchak odamni shunchalik yahshi ko’rganidan rasmlarini to’playdi, kiyimlaridayam shu obraz tasviri, hatto o’rgimchak odam kostyumini kiyib yuradi.Kam hollarda men Muhammad alayhissalam, Musa (Nuh, Iso) alayhissalomga, Abu Bakr r.a’ga, Anas r.a’ga, yoki o’zini yahshi ko’radigan hulqi chiroylik amakisi yoki ustoziga o’hshagim keladi degan javobni eshitamiz. Robbim Alloh, Payg’ambarim Muhammad sollallohu alayhi wassalam deyishadi, lekin Muhammad alayhissalomni kimligini ko’pchilik bolalar bilishmaydi.

Bularni eng katta sababi ularning tarbiyasi albatta. Ota onasi, uydagilari o’rgatmasa, tinch o’tirsa bo’ldi deb televizor yoqib qo’yilaversa, bolalarni birga yuradigan do’st dugonalarini kimligiga yahshi e’tibor qilinmasa aslida o’rnagimiz bo’ladigan shahslar qolib, o’rnak bo’lishga umuman arzimaydigan obrazlar bolalarning miyyasiga quyulib qoladi. Farzandlarga yangi tug’ilganidanoq berilgan tarbiya, o’sib katta bo’lgan muhit uni o’sish jarayoniga, dunyoqarashiga katta ta’sir qiladi.

Eng yahshi yo’l bu farzandni yoshligidan tug’ilganidan u bilan shug’ullanish. Nega bizni zamonda Imom Buhoriylar, Termiziylar yetishib chiqmaydi deb qayg’uramiz ko’p, lekin shunday insonlarni yetishishida katta rol o’ynaydigan yoshligidan tarbiyaga kelganda ko’pchilik oqsoqlanadi. Bolani miyyasi birinchi 3 oylikdan 3 yoshgacha shunaqa tez tarzda kattalashib rivojlanadi.10 yoshigacha til o’rganish qobilyapti, hotirada saqlab qolish qobilyati juda kuchli bo’lar ekan. Shuning uchunmikin avvalari ko’pchilik Qur’onni 6-10 yoshigacha yodlab olishgan.

Maqsadimiz:

Musulmon bola bilishi, tanishi, o’rnak sifatida eng birinchilardan bo’lib aytadigan shaxslar haqida o’rganish. Turli qiziq mashg’ulotlar qilib, bolalarni e’tiborini olish, oilani boshqa a’zolari ham shu narsaga jalb qilishlik. Faqat ona bilan bola o’rganib, dadasi, bobo buvisi, aka ukalar qolib ketsa ham bolada birozdan keyin nega endi faqat men o’rganaman bu narsani, ular hohlagancha televizor ko’radi deb ihlosi qaytishi mumkin.

Bolaning yoshi- 2 yosh 13 (14) yoshlargacha bo’lgan bolalar bilan qo’llansa bo’ladi ushbu mashg’ulotlarni inshaAlloh. O’zi yozishni, o’qishni biladigan bolalar mashg’ulotlarni asosiy qismini o’zlari qilishadi. Kichik yoshdagi bolalarga (2-5) onalar yordam berishlari kerak. InshaAlloh bu yoshdagi bolalar ham ko’p narsani tushinishadi.
Bolani tushunishi, qabul qilishiga qarab mashg’ulotlarni murakkablashtirish yoki soddalashtirish mumkin. Asosiysi doimiy jarayonda bo’lish kerak shug’ullanish, vaqtni foydali mashg’ulotlar bilan o’tkazish. InshaAlloh natijasini Alloh chiroyli qiladi deb umid qilamiz.

Nimalar kerak bo’ladi:

Vaqt----Asosan onalardan vaqt, izlanuvchanlik, tirishqoqlik, sabrlilik, doimiy shug’ullanishlik, talabchanlik zarur. Alloh roziligi hohlagan holda farzandimizga hech bo’lmaganda kichik bir chiroylik ilm o’rgatish, hulqini chiroyli bo’lishiga yordamlashish, vaqtini mazmunli o’tkazish.
Jihozlar---Qog’oz, qalam, kitoblar, printer (bo’lsa agar), turli rangli qog’ozlar, kartonlar va boshqalar.
Uydagi muhit----mumkin qadar agar bolaga telezor ko’rishga ruhsat berilgan bo’lsa shu vaqtni kamaytirishlik (iloji bo’lsa yo’q qilish hususan kofir mamlakatlarda yashaydiganlar) Buni alhamdulillah ilojisi bor. Ko’pchilik ramazon oyida shu televizorsiz chiqishadiyu, shu kabi harakat qilsa bo’ladi. Nafaqat bolalarni televizor ko’rish vaqtni, balkim kattalarninikiyam kamaytirish, hech bo’lmaganda bolalar uydalik paytida, uyg’oqlik paytida kamroq televizor yoniq turish kerak.
Foydali va halol bo’lgan narsalarni ham televizordan ko’rganda chegara bo’lish kerak bola uchun. Sog’ligiga ta’sirini hisobga olganda.

Mashg’ulotlar tartibi:

1. Payg’ambarlar haqida
2. Sahobai ikromlar haqida
3. Tobeinlar haqida
4. Islomning buyuk olimlari, ibrat bo’ladigan shaxslar haqida

Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Noyabr 2009, 06:30:54

Bismillahir Rohmanir Rohiym!

Avvalo Hajj Mavzusini o’rganish uchun materiallar:


1. Islomiy taqwiymni biroz esga solamiz.

Zulhijja oyi qaysi oydan keyin keladi, uning yilning ohirigi oyiligi, undan keyingi keladigan oylar haqida tushuncha beramiz. Qamariy oylar qanday hisoblanadi, buni takrorlaymiz inshaAlloh.

Islomiy taqwiym presentatsiyasi:

http://www.box.net/shared/qqs5hkt5l1 (pps)
http://www.box.net/shared/n7dbd24ffr (pdf)


Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Noyabr 2009, 06:34:01

2.Zulhijjaning dastlabki 10 kunida qiladigan amallarim haqida material:

http://www.box.net/shared/18bz6qf89s

Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Noyabr 2009, 06:34:38

3. Ibrohim alayhissalom qissasini yana bir takrorlaymiz, aynan hajj mavzusida shu hajj bilan bog'liq joylariga ko'proq urg'u beriladi inshaAlloh.

Ibrohim a.s qissasi:

http://www.box.net/shared/hx43y0zs93 (pps)
http://www.box.net/shared/03nr3s78bk (pdf)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Noyabr 2009, 06:35:24


Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Noyabr 2009, 06:36:18

4. A) Ka’bahni katta kichikligiga qarab tartiblash mashg’uloti.

Ushbu 2 mashg’ulot.Umm Nu'manni blogidan .

http://amuslimchildisborn.blogspot.com/2009/10/kaaba-sequencing-activity.html


Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Noyabr 2009, 06:36:51

4. B)Hajj mashg’uloti: Qo’shish va Ayirishni o’rganishni boshlash bo’yicha.


http://amuslimchildisborn.blogspot.com/2009/11/hajj-activity-introduction-to-addition.html


Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Noyabr 2009, 06:37:32

5. Ka'bah’ni 3 D ko’rinishida.

(bollarga qiziq boladi inshaAllah, muzikaliklari bulsa, ovozini ochirib qoyib qoyarsilar)

http://hajj4kids.wordpress.com/2009/10/26/3-d-animaton-video-of-kaba/

Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Noyabr 2009, 06:38:19

6.Hajj haqida o'rganaman degan mavzuda qisqacha qo'llanma.

Ko'proq, o'zimiz organib (kattaroq yoshdagi bollar mustaqil organsa buladi inshaAlloh) bollarga tushuntirib beradigan formatda. hatolarini aytseylar, tog'rilab qoyishga harakat qilamiz inshaAlloh.
mana:

http://www.box.net/shared/7mirsk4h8k (pps)
http://www.box.net/shared/ks11vxl4ub (pdf)


Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Noyabr 2009, 06:38:58

7.Haj qanday qilinadi mavzusida qo’llanma.


Uyda haj qilish uchun bir setting qilib, bollar bilan haj qilishga harakat qilsa bo’ladi inshaAlloh. Lekin avval hajni qanday qilish kerakligi organishimiz kerak, ma'lumotlarni oqib, qisqaroq qilib jamlab, shu qo’llanmani tuzdik.

http://www.box.net/shared/gmavlrdca2 (pps)

http://www.box.net/shared/y0bcaihzzl (pdf)


Qayd etilgan