Forumchilarning yoshlikdagi suratlari...  ( 93457 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 18 B


Abu Muso  01 Dekabr 2009, 13:27:45

Abu Muso - bolaligingizdan boqishlaringiz ma'noli ekan ,,,,mashalloh..... : )

 :as:
Bu ma'nolar, bolalarga xos bo'lmagan, hayolparastlikdan :)
Chunki, ertak kitoblarni men maktabga qadar o'qib tugatgan
va tengdoshlarim Alifbeni o'rganayotgan vaqtda, allaqachon
ilmiy-fantastika muxlisi edim. Sevimli jurnalim esa, "G'uncha"
emas, "Fan va turmush " edi...:)
(O'zimni bir maqtab qo'yay:))

Qayd etilgan


Chustiy  01 Dekabr 2009, 18:49:08

Kamina... (arbuzdagi Kamina degan user tushunilmasin ;))
 





1989-yil, kuz mavsumi edi agar adashmayotgan bo'lsam..


 
Davomi bor.... ;D

Qayd etilgan


Chustiy  01 Dekabr 2009, 18:55:30


Bir paytlar "Белс‹й Бим черное ухо" degan bir kuchuk haqida kino bo'lardi, shunga asoslanib, kuchugimni nomi Bim edi...






Qayd etilgan


Chustiy  01 Dekabr 2009, 18:57:49






Qayd etilgan


Chustiy  01 Dekabr 2009, 19:15:56

aka Chustiy mopediz bor ekanku chota toshda ko'rmadim mopedezzi!
Yoshligizda ham qorin bor ekan demak oshpaz bo'liishiz oldindan ma'lum ekanda............

Mapetni  qozon, cho'mich, kapgir, jo'va, o'qlovga alishtirvorganman..  ;D

Qayd etilgan


Abu Muso  01 Dekabr 2009, 22:45:08

 :as:


Qolgani bekor, man naushniklarga qoyil qodim!  :D
Retro stilidagi "bluetooth" naushnik bo'lsa kerak?  ;D

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Dekabr 2009, 08:24:44

:as:


Qolgani bekor, man naushniklarga qoyil qodim!  :D
Retro stilidagi "bluetooth" naushnik bo'lsa kerak?  ;D

Yo'q, menimcha, ular Yahoo Messengerga kirvolib, forumdoshlar bilan konferensiya qilyaptilar shekilli, laptop esa ko'rinmay qolgan  : )

Chustiy, sira o'zgarmabsiz, lekin. Yoshligizda rosa qitmir bo'lganligiz rasmlardan ayon! :)

Qayd etilgan


Chustiy  02 Dekabr 2009, 10:04:53



Yo'q, menimcha, ular Yahoo Messengerga kirvolib, forumdoshlar bilan konferensiya qilyaptilar shekilli, laptop esa ko'rinmay qolgan  : )

Chustiy, sira o'zgarmabsiz, lekin. Yoshligizda rosa qitmir bo'lganligiz rasmlardan ayon! :)

Darhaqiqat, qitmirlikdan biroz bori yoshlikda, hozir ham bir huruj tutib qoladi..
Ish joyda (restoranda) ba'zida, ko'rinishda soyiviy sous bilan kola bir hil emasmi, istikonga, soyivoy sousdan quyib, ichiga uch-to'rtta muzdan tashab, bitta turubchani solib, stol ustiga qo'yib o'zim chettan kuzatib o'tirardim, ko'pincha zaldagi oficiant(ka)lar shoshilib kelib, bir ho'plasam maylimi, deb so'rab, hali javob yangramasdan ichib yuborishadi...  ;D Ba'zi bir qitmirliklani videoga oganlarim ham boridi.. Unda faqat choyga tuz solingandi..  :3

Qayd etilgan


shoir  02 Dekabr 2009, 12:44:48

Mahdiyah, u ham rosa sho'x bo'lgan shekilli. Ozroq o'gil bolaga xos urushqoqlik ham rasmlarda ayon. : )

Jamshidjon, shirinligidan uni o'paverib, betlarini cho'zib yuborishgan ekan. : )

Abu Muso, jentlmenlardek rasmga tushgan ekan. : )

Mahdiyahning ikkinchi rasmida og'il bolaga o'xsharkan. : )

Y_U_R_I_S_Tning birinchi rasmida kotta bolani yoshartirib qo'yganga o'xshab tushgan ekan. Orqadagi poylayotganlar "Zakovat" muxlislari shekilli-a? : )

JaruleUZB, hayotga ma'noli boqarkanlar. O'sha paytlarda ham she'r yozgan bo'lsa kerak. : )

Y_U_R_I_S_Tning ikkinchi rasmida oftobda qolib ketgan ekan. Kiyimlari chiroyli ekan. Men ham oqni yoqtirardim : )

AbdulAziz rosa yig'loqi bo'lgan bo'lsa kerak. Bechora fotograf rosa garang bo'lgan bo'lsa, ne ajab : )

Kumushoy, polvon qiz bo'lgani aniq, o'g'il bolalar bilan ham urushib turarmidiz :)

Loloxon, malades, rasmga zo'r tushgan ekansiz. Buytam rosa qitmirga o'xshab turibdi.

Chustiy, voy-voy-voy.
1-rasmga. Agent 007.
2-rasmga. To'polonchilar sultoni.
3-rasmga. Shu rasmda qiz bolaga o'xshab qolgan ekansiz.
4-rasmga. Nega ma'yussiz?
5-rasmga. Jinoyat qilib yashirinib olganga o'xshaysiz.
6-rasmga. Kosmonavt bo'lsa qani, deb o'rzu qilar Chustiy.
7-rasmga. Bo'm-bo'sh ko'chalar...
8-rasmga. Manda bo'liiichka bor.
9-rasmga. Ikkalasi ham shirin.
10-rasmga. Obbo, o'shandayam ishtaha qo'zg'agan ekansiz.
11-rasmga. Mister Chustiy!  :1

Qayd etilgan


Ansora  02 Dekabr 2009, 13:58:57

Chustiy, so'zni tom ma'nosida suratlaringizga gap yo'q lekin:)

Uyda 1 chi farzand bo'lsangiz kerak, deb o'yladim. Bizda to'ng'ich bolani boshqacha havas bilan rasmga olishadi,,,,
Ayangiz ham juda chiroyli ayol ekanlar, Alloh sog'liq-sihhat bersin iloyim....
Nimagadir esimga "Shum bola" kinosi tushib ketdi. Bizni onalarimiz baribir juda boshqachada.....Yuragidagi mehri ko'zlaridan ko'rinib turibdi...
Yon-atrofingizda amaki-xola,amma ancha bormidi deyman, yani erka bo'lgansiz, kim nimasi bor bo'lsa sizga sovg'a qilib, u bilan birga suratga olibdi:)

Rasmlarni erinmay joylaganingiz uchun alohida rahmat. Davomini kutamiz qolganlardan ham:)

Qayd etilgan