Forumchilarning yoshlikdagi suratlari...  ( 93453 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 18 B


Chustiy  02 Dekabr 2009, 20:31:46

Chustiy, so'zni tom ma'nosida suratlaringizga gap yo'q lekin:)

Uyda 1 chi farzand bo'lsangiz kerak, deb o'yladim. Bizda to'ng'ich bolani boshqacha havas bilan rasmga olishadi,,,,
Ayangiz ham juda chiroyli ayol ekanlar, Alloh sog'liq-sihhat bersin iloyim....
Nimagadir esimga "Shum bola" kinosi tushib ketdi. Bizni onalarimiz baribir juda boshqachada.....Yuragidagi mehri ko'zlaridan ko'rinib turibdi...
Yon-atrofingizda amaki-xola,amma ancha bormidi deyman, yani erka bo'lgansiz, kim nimasi bor bo'lsa sizga sovg'a qilib, u bilan birga suratga olibdi:)

Rasmlarni erinmay joylaganingiz uchun alohida rahmat. Davomini kutamiz qolganlardan ham:)

Darhaqiqat, oilada to'ng'ich farznd va to'ng'ich nabira (ikkala tarapdayam) bo'lganim uchunmi, yoshlikda juda erkalab jaa e'tibor berishardi, (nagadur hozir tomdan tushib ketsam ham e'tibor berishmidi, narvon sinmadimi ishqilib deb) :D albatta hazil...
Hozir ham buvim Alloh umr, sihat va iymonlarini ziyoda qilgur, shuncha nabira, evaralar bo'lsayam, ubu tansiqro narsa bo'lsa, mandan kichkinala qolib manga saqlab o'tiradila  ;D
Lekin, anu rasmdagi oyim emas, ammamlar bo'ladi... Naqd, 4ta amma, 2ta amaki va ikkita tog'a bor..

Qayd etilgan


Abu Muso  02 Dekabr 2009, 23:22:44

:as:
Bunisi maktab borishimdan avvalgi surat :)


Qayd etilgan


registan  03 Dekabr 2009, 11:23:54

Abu Muso aka, yoshligizda yoqimtoygina bo'lgan ekansiz. :) Sochiz mallami yoki manga shunday ko'rinyaptimi? :)


Qayd etilgan


Abu Muso  03 Dekabr 2009, 11:57:54

Iqtibos
Abu Muso aka, yoshligizda yoqimtoygina bo'lgan ekansiz.
Sochiz mallami yoki manga shunday ko'rinyaptimi?

 :as:
Ha, bolaligimda mallaroq edi, keyinchalik qorayib ketdi.
Keyinchalik esa... 50%lari tark etib ketdi aqlli boshni :)

Qayd etilgan


Ansora  03 Dekabr 2009, 12:13:48

Abu Muso- bundan keyin Musoni rasmlarini qo'yaversangiz ham bo'laveradi- sizga o'hshasa kerak, deb o'ylayman : )

Qayd etilgan


Chustiy  10 Dekabr 2009, 17:11:51

ha, dep offtopxona qivurmasdan, rasmladan qo'yila..

Qayd etilgan


MSJON  11 Dekabr 2009, 18:45:35

Bu rasmlarni ko'rib ham men ham chetda qolmay degan fikr xayolimga keldi....
Uydan qidirib zo'rg'a shu rasmlarni topdim
Yo'qdan ko'ra bor


Qayd etilgan


Chustiy  11 Dekabr 2009, 18:49:06

Bu rasmlani qay birida siz?

Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2009, 12:56:05

Bu rasmlani qay birida siz?

Menimcha MSJON dadalarini quchog'ida o'tirgan bola bo'lsalar kerak : )

Qayd etilgan


MSJON  14 Dekabr 2009, 23:35:34

Bu rasmlani qay birida siz?

Menimcha MSJON dadalarini quchog'ida o'tirgan bola bo'lsalar kerak : )
manimcha,ota onasini o'rtasida turgan bolacha

Birortangiz topolmapsizlar......
Oyijonimning quchoqlarida o'tiribmanu

Qayd etilgan