Chiroyli chiqibdi AbdulAziz aka!
Tez tugab olishini aytmaganda:))
Mas'ud akani boshda, she'rlarini o`qib turib juda jiddiy, kamgap, "ichimdagini top" xilidan, bir oz tushkun kayfiyatga o`ralib qolgan yigit deb tasavvur qilardim.
O`zlari bilan suhbatlashgach, bu tasavvurlarim 85% foizga o`zgardi. Ulardagi quvnoqlikni, gapga ustalikni, har qanday masala ustida baxslasha olishlik qobiliyatini o`zim uchun kashf etdim.
Ulardan kitob olish bahona uchrashib, suhbatlashgada esa boshdagi tasavvurim 100% o`zgardi. Mas'ud aka havas qilsa arzigulik inson ekanlar. Ularda notiqlik, muomala madaniyati, odob-ahloq darajalari maqtagulik darajada yuqori. (Aytgancha, ko`rinishlari yoshlariga nisbatan 6-7 yoshga kichikroq ko`rinadi, bu esa shoirlar hamisha 18 yoshda qoladi degan fikrning isboti)
)
She'rlarini o`qib avval o`sha she'r ichiga tushib qolib qahamonga aylanasan, so`ng mushohada qilasan, ohirida esa she'r ta'mini tuyib rohat olasan...
Mas'ud aka, garchi sizni shunday deb atashlarini yoqtirmasangizda, bribir aytaman, SIZ JUDA YAXSHI SHOIRSIZ!
Ilohim sizdagi ezgu fazilatlar bardavom bo`lsin, hamisha yaqinlaringi, do`stlaringiz ardog`ida bo`ling!
Lulu opa, ziyrakligingizga qoyil:)