So'rovnoma

"Kutilmagan mehmon" - Forumdoshlardan maxsus intervyular..." loyihasining navbatdagi mehmoni kim bo'lishini xohlardingiz?


-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  1 (50%)
-
  1 (50%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 2



"Kutilmagan mehmon" - Forumdoshlardan maxsus intervyular...  ( 123781 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 25 B


AbdulAziz  02 Aprel 2011, 10:38:41

Avvalo intervyu bergan Mas'ud akaga, savollar yo'llagan yuzerlarga, intervyuni erinmay o'qib chiqqan muxlislarga, o'z mulohazalarini bildirgan forumdoshlarga minnatdorchiligimimizni bildiramiz.

Mas'ud aka, o'tgan safargi an'anaga ko'ra, eng yaxshi savol egasi bo'lgan muxlisni aniqlab bersangiz.
Agar kichik sovg'angiz bo'lsa ham mamnuniyat bilan qabul qilinadi.  : )

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Aprel 2011, 11:05:58

Avvallari intervyu promoushni shu mavzuda bo'lardi. Intervyuning o'zi esa "Birinchi blog"ga qo'yilardi.
Forumdoshlarning takliflariga ko'ra, intervyu haqidagi fikrlar, anonslar va intervyuning o'zi ham shu mavzuda qilinadigan bo'ldi.

Intervyular mayli turli mavzuda bo'lar.
Lekin hammasiga bir yerda (shu mavzuning ilk postidami) silka berib qo'yilsa o'quvchilar uchun ancha qulay bo'lardi

Qayd etilgan


Mas'ud  03 Aprel 2011, 14:27:28


Avvalo intervyu bergan Mas'ud akaga, savollar yo'llagan yuzerlarga, intervyuni erinmay o'qib chiqqan muxlislarga, o'z mulohazalarini bildirgan forumdoshlarga minnatdorchiligimimizni bildiramiz.

Mas'ud aka, o'tgan safargi an'anaga ko'ra, eng yaxshi savol egasi bo'lgan muxlisni aniqlab bersangiz.
Agar kichik sovg'angiz bo'lsa ham mamnuniyat bilan qabul qilinadi.  : )

Assalomu alaykum. Uzr, bu haqda xabarim yo'q ekan, endi bilib oldim.

Eng yaxshi, deb forumdosh ukamiz Sa'dullaning savollarini (Hayot yo'lingizda sizga kuchli ta'sir qilgan biror voqea yoki holat haqida gapirib bersangiz.) topdim va ularga yaqinda nashrdan chiqqan kitobimni sovg'a qilmoqchiman.

Sa'dulla, iltimos, mumkin bo'lsa menga shaxsiy xabarda o'z manzilingiz yoki, Toshkentda bo'lsangiz, telefon raqamingizni qoldirsangiz. Omonatingizni qanday yetkazishni kelishib olar edik.

Hamma forumdoshlarga, e'tibor uchun tashakkur. Yana qiziqarli interviewlar kutib qolamiz :)


[Mavjud emas]

Qayd etilgan


BelleQizcha  03 Aprel 2011, 18:21:06

Hapas qildim.....

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Aprel 2011, 12:34:15

Mas'ud aka va ziyouz.com dan barchaga sovg'a:



Muallif: Mas'ud
Hajmi: 1,03 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Aprel 2011, 12:35:41

ZeroHero tomonidan berilgan ushbu savol qolib ketibdi.
Mas'ud aka, javob bersangiz.

ZeroHero: - Sizningcha, qizbola sevgi muhabbatdan gap ochishi - odobsizlikka kiradimi? yoki...

Qayd etilgan


Mas'ud  07 Aprel 2011, 20:08:05


ZeroHero: - Sizningcha, qiz bola sevgi muhabbatdan gap ochishi - odobsizlikka kiradimi? yoki...

Menimcha, qiz bolaning birinchi bo'lib sevgi muhabbatdan gap ochishi odobsizlikka kiradi.
 
O'zbekona tarbiya, iffat, nomus, hayo degan tushunchalar borki, ular yillar davomida qizlarimizning tarbiyasida juda katta ahamiyat kasb etib kelgan. Ana shu zanjirni kelajak avlodga yetkazish - bugungi kun qizlarining oldidagi katta mas'uliyat, deb hisoblayman.

G'arbona seriallar, kitoblar va gazeta-jurnallarning ta'sirida oxirgi 10-15 yillikda "o'zbek qizi" degan siymo yo'qolib borayotgandek, go'yo... Shu kabi tashqi ta'sirlar qizlarimizning tarbiyasiga, yigitlar bilan munosabatlarga ham, afsuski, o'z tas'irini o'tkazmay qolmayapti...

Fikrimcha, yoshlar tarbiyasidagi bu nozik tomonlarni yaxshilash uchun, har bir oiladagi tarbiya, muhitga katta e'tibor qaratish kerak, ko'proq vaqtlarini foydali mehnat, badiiy asarlar mutoalaasiga sarflanishi kerak, deb o'ylayman...

Qayd etilgan


Sadulla  09 Aprel 2011, 06:49:51

 :as:

Kecha Mas'ud aka bilan uchrashishga muvaffaq bo'ldim.Va'da qilingan sovg'ani o'z qo'llaridan,samimiy tilaklar bilan qo'shib oldim.Bu uchun Mas'ud akaga rahmat deb qolaman.Lekin ish vaqti bo'lgani uchun ular bilan bemalol suhbat qura olmadim.Keyinroq Hudohohlasa bu ham nasib qiladi degan umiddaman.AbdulAziz akaga ham shunday ishlarni uyishtirganlari uchun rahmat deb qolaman.Keyingi intervyu qachon endi,tezro bo'sa yaxshi bo'lardi ( sovg'a olish ja yoqib ketdide  ;D  ;D  ;D )

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Aprel 2011, 09:16:09

Keyingi intervyu qachon endi,tezro bo'sa yaxshi bo'lardi ( sovg'a olish ja yoqib ketdide  ;D  ;D  ;D )

Keyingi intervyu Lu'lu' opa bilan uyushtiriladi.
Ularga savollaringiz bo'lsa, Lobar Azizga PM yo'llang.

Qayd etilgan


BelleQizcha  10 Aprel 2011, 00:58:28

bitta rahmat etib ketomadim.
ishqib... San'at xalqi ko'zida xalqi qulog'ida bolishadi...... san'atimiza arboblarii ozgina odobli bolishsa yaxshi bolardi.............


ishqib hammaga omad

Qayd etilgan