ZeroHero: - Sizningcha, qiz bola sevgi muhabbatdan gap ochishi - odobsizlikka kiradimi? yoki...
Menimcha, qiz bolaning birinchi bo'lib sevgi muhabbatdan gap ochishi odobsizlikka kiradi.
O'zbekona tarbiya, iffat, nomus, hayo degan tushunchalar borki, ular yillar davomida qizlarimizning tarbiyasida juda katta ahamiyat kasb etib kelgan. Ana shu zanjirni kelajak avlodga yetkazish - bugungi kun qizlarining oldidagi katta mas'uliyat, deb hisoblayman.
G'arbona seriallar, kitoblar va gazeta-jurnallarning ta'sirida oxirgi 10-15 yillikda "o'zbek qizi" degan siymo yo'qolib borayotgandek, go'yo... Shu kabi tashqi ta'sirlar qizlarimizning tarbiyasiga, yigitlar bilan munosabatlarga ham, afsuski, o'z tas'irini o'tkazmay qolmayapti...
Fikrimcha, yoshlar tarbiyasidagi bu nozik tomonlarni yaxshilash uchun, har bir oiladagi tarbiya, muhitga katta e'tibor qaratish kerak, ko'proq vaqtlarini foydali mehnat, badiiy asarlar mutoalaasiga sarflanishi kerak, deb o'ylayman...