MAHDIYAH: Hayotda nimadan qo'rqasiz?
Ansora: Bir Musulmon qul sifatida sinov dunyosidan eson- omon o’tib, ohiratimizning ham xayrli bo’lishi uchun Yaratgandan qorqishimiz kerakligini bilaman, Allohdan qo’rqish, inson bolasini, turfa xil gunoh qilishdan, nafsi bilan yolg’iz qolishdan saqlaydi. Lekin insonmiz, xom sut emgan bandalarmiz, har doim ham bu qorquvni yodimizga keltirmaymiz. Shu sabab bilib bilmay qilgan katta, kichik gunohlarimizning avfi uchun Allohga yolvoraman, bu gunohlarning jazosi qattiq bolishidan qo’rqaman. O’zim, oilam, yaqinlarim, butun Musulmonlarning boshiga keladigan turfa xil balo, ofat, falokatlarning natijalaridan qorqaman va yana O’ziga sig’inaman, bir ko’tara olmaydigan imtihon bermasin bizga, omin"¦
Yana oddiy inson sifatida dunyoviy qorquvlarim ham bor, bolaligimdan beri qorqinchli(ujas) kinolardan o’larday qorqaman. Ismi, musiqasi, reklamasi ham kechasi bilan oylanib, qo’rqib chiqishimga yetadi. Bolaligimda "œBoshsiz chavandoz" kinosini ham yaxshi ko’rardim, lekin shu boshsiz chavandozni tog’larni tepasida yurganini ko’rsatib, yana hammamiz bilgan musiqani berishlari, meni yomon qorqitardi. Hech kimga aytmasdim, ozimni ozim qo’rqitib yuraverardim. Hovlida ishlarimni qilib, tugadi deganda, mana boshsiz chavandoz bizni kochaga kirdi, mana hovlimizga kirdi, deb uyga qarab qochardim.
Ikki kishi baqirib urishganda ham qorqaman, yuragim tohtab qolay, deydi, lekin qorqqanimda baqira olmayman, ichimga otaman, bu esa yomon.
MAHDIYAH: Insonlarni bir-biriga nima yaqinlashtiradi, debo’ylaysiz? O’rtadagi mehr-oqibat, insoniylik kabi ezgu tuyg’ularning debochasi, uyg’onish nuqtasi nimalar evaziga yuzaga keladi.
Ansora: Insonlarni bir-biriga har qanday holatda ham tushuna olish, tinglay olsih yaqinlashtiradi, deb oylayman. Darrov ayblagan, kamsitgan, gunohkor, deb atagan kimsadan hamma qochadi. Mehr-oqibatning hosil bolishi uchun esa kop o’qish kerak, kop dars olish kerak hayotdan, o’tgan umringizga bir qarang, kimlar keldi, kimlar ketdi, oddiy forumda ham shu, aslida siz hafa bolgan, jirrakilik qilgan xodisalar dunyo miqyosida olib qaraganimizda zarraday goyo. Arzirmikan birovni dilini og’ritishga, gunoh ishlashga? Sabrli, kechirimli, ko’p o’ylab, oz gapiradigan odam hammani o’ziga mehrigiyodek tortadi, u bilan suhbat qilgingiz kelaveradi. Demak- ilm ekan hammasining manbai...
MAHDIYAH: Hayot borasida, yoki ilm fan borasida, yo turmush borasida ustozlaringiz haqida 2 og’iz. Va ularni esdan chiqarmaydigan o’gitlari haqida.
Ansora: Ko’pchiligimiz biladigan gap bor: "œAgar hayotdan olmasa ta'lim, Unga o'rgatolmas hech bir muallim" Hayot ekan eng katta ustoz, kitoblardan, ustozlardan o’rgana olmaganingizni hayot bir xodisa bilan o’rgatib qo’yarkan bazan. Nizomiyda bir domlamiz aytardilar, Saodat opa:" Men insonlardan nimaga nafratlanishim kerak, chunki ularni Alloh yaratdi, har bir insonda Allohni zarrasi bor" qo’limdan kelgunicha insonlarda yaxshi hususiyatlarni ko’rishga harakat qilaman, aytganimday meni hafa qilishsayam birinchi bolib yana men qo’l uzataman unga
MAHDIYAH: Shu paytgacha uchragan insonlar orasida eng ibratli, eng na’munali va har safar yaxshi xotira bilan eslaydigan insoningiz haqida gapirib bering. U insonning qay jixatlari sizni hayratga, ibratga solidi.
Ansora: Istambulda talabaligimizda xonadoshimni dugonasi bir muddat biz bilan yashagandi, shu qizni tez tez eslayman, biram chiroyli Qur’on o’qirdi, titrab titrab, suhbat qurganimizda qizni ilmiga hayron qolardik hammamiz, judayam kamtarin edi, bazan yosh boladay beg’ubor bo’lardi. Shu qiz meni judayam hayratga solgan, bu davrda o’zini qanday qorigan ekan bu qiz har xil xayollardan, deb hayron qolganman, chunki hech ham dunyoviy, oldi qochid mavzularni gapirmasdi, dars tayyorlardi soatlab, churq etmasdi, charchadim, demasdi, haqiqiy ilm insoni edi. Keyinchalik Fransiyaga doktorantura uchun ketdi, deb eshitdim, qayerda bolsa ham omon bolsin. Shunday farzand yetishtirish hammamizga nasib qilsin.
MAHDIYAH: Hayotning turli tashvishlarida eng avvalgi maslaxatchingiz kim?
Ansora: Hojayinim. Alloh u kishidan rozi bolsin.
MAHDIYAH: Bolalikka qaytishga imkoniz bo'lsa qaysi vaqtlarga qaytardiz? Va sabab?
Ansora: Kim xohlamas ekan bolaligiga qaytishni. Men uchun hayotimning achchiq yoki shirin har bir soniyasi qadrli, nafaqat bolalik, balki kechagi kunlarimga qaytishni ham xohlardim. Lekin orqaga qarab, "koshki" deyishni yomon ko'raman, bular bo'libdimi, demak Allohning taqdiri ekan, menga berilgan iroda kuchi bilan yaxshi natijalarga, ortiqcha hissiyotlarga berilib esa kamchiliklarga erishdim. Har bir soniyam men uchun katta dars aslida, Alloh pushaymon bo'lishdan saqlasin barchamizni...
MAHDIYAH: Kimlarni mehmon sifatida ko’rgingiz keladi "Kutilmagan mehmon"da
Ansora: Sizni
Best Friendni, Zaynabni MAHDIYAH: Ajratgan vaqtingiz uchun Rahmat
Ansora: Sizgayam rahmat. Mahiyahgayam:)
MAHDIYAH: Samimiy tilaklaringiz"¦
Ansora: Butun insoniyatga, Musulmon dunyosiga, O’zbekistonimiz, Ziyouz oilasiga doimo tinchlik omonlik, huzur, barakot yor bo’lsin. Oramizdagi do’stik, qardoshlik, birodarlik mustahkamlanaversin. Menga savol berganlarga alohida tasakkurlarimni izhor etaman. Mahdiyahga ham katta rahmat, qizaloqlari bilan vaqt ajratganliklari uchun. (O'g'lim intervyu sabab 3 dona shokolad kop yedi) ungayam rahmat