Bu kitob javoni meni anchaaa moddiy-ma'naviy zararga uchratgan umr bo'yi:)
Til-adabiyotchini nimasi bo'ladi kitobidan boshqa...
Turkiyaga kelmasdan oldin 800-900 atrofida kitobim bor edi. Bazilarini tanlab Turkiyaga olib keldim, lekin oson bo'lmagan. Avvalo aeroportda menga shubha bilan qarashgan, kitoblarni bitta-bitta qarab chiqishgan....
Turkiyaga kelgandan keyin esa 40-50 kg atrofida bo'lgan bagajni uyga olib kelguncha mazam qochib qolgan. 1 -2 oycha belim og'rib yurgan.
Kitoblarni ko'pini so'raganlarga tarqatdim, (rosa apandiman-da keyin o'zim zor bo'ldim:) bazilarini Unv-t kutubxonasiga juz'iy miqdorda sotdim, hech bo'lmasa taksi puli chiqsin, deb...
Turmushga chiqdim, eng katta muammo yana kitoblarim bo'ldi. Sumka-sumka kitob tashidim İstambul-Ankara yo'nalishi bo'yicha. 1 marta ataylab ho'jayinim bilan faqat kitoblarim uchun sayohat etdik İstambulga qarab:)
Buni qarangki haliyam 30-40 dona kitobim İstambulda eski yashagan uyimda turibdi, dugonalarim ko'chib ketmasdan olib kelishim kerak "bechoralarimni"....
Vaqti bilan javonimdagi kitoblarimi yozib borarman...
Sanamaganman lekin yana kitoblarni soni 500-600 ga yetdi....
Kitoblarim meni hamma narsam...

borim-yo'g'im....