Kecha kunim juda quvonchli o'tdi. Qachondan beri izlab surishtirib topolmayotgan asarlarim kutmagan joyimdan chiqib qoldi
Kasal ko'rgani bordim, qarindoshimdan eski kitoblarni so'rasam dangasalik qilib baribir yo'q deydi, shunga sekin tashqariga chiqib jiyanimdan so'radim, eski kitoblar qaerda deb. Tomda dedi, indamay tomga chiqdimu lol qoldim. ana xazina
Qarindoshim meni izlab tomga keldida "uff, qaysi ahmoq aytdi" deydi.
Keyin hammasi xursand bo'ldi, tomni yig'ishtirib qo'yganingga raxmat deb
3000 so'mga bir baklashka ayron olib berib, ikki qop kitobni ortmoqlab ketdim
Meni juda quvontirgani Jorj Simenonning
"Komisar Megre", Jovanni Bokkachchoning
"DeKameron", T.D. Mostovichning
"Muttahamning parvozi", Bruno Apits
"Qashqirlar changalida" kitoblari bo'ldi. Ayniqsa Komisar Megreni ko'p izlagandim, eng quvonchlisi DeKameronni topganim bo'ldi. Uyda ruschasi bor, o'zbek tilida o'qishni juda orzu qilib yurardim. Muqovalari yirtilib o'zi titilib ketgan bo'lsada hamma sahifasi joyida ekan, shunga terimga sig'may ketdim.
Yana anchagina ajoyib kitoblar ham kutubxonamdan o'rin oldi.
Said Ahmad "Jimjitlik"
O'. Xoshimov "Xazina"
E. Xeminguey "Quyosh baribir chiqaveradi (FIESTA)"
Karim Mahmudov "Qiziqarli pazandachilik" (buni ko'rib anchadan beri habarlashmayotgan Chustiy hol-ahvol so'rab qolar zora
)
A.Chaykovskiy "G'alaba"
Murod Mansurov "Yombi"
Kalila va Dimna
Abdulla Qahhor "Zamondoshlar xotirasida"
Abdulla Qahhor "Bir soatlik halifa"
Abdulla Qahhor "Asarlar-1 "Sarob"
Abdulla Qahhor "Asarlar-2 "Qo'shchinor chiroqlar"
Abdulla Qahhor "Asarlar-5 "Xaq so'zining kuchi".
Alisher Navoiy "Xamsa"
Alisher Navoiy "Chor devon"dan"
Mirzo Ibrohimov "Parvona"
To'lagan Qosimbekov "Singan qilich"
Vladimir Sani "Kevanglar uylanishi"
Paul Kuusberg "Andress fojeasi"
Xusayn Shams "Dushman"
Konstantin Simonov "Ko'rishmaymiz endi sen bilan"
Hakim Nazir "Lochin qanotlari"
Jumaniyoz Sharipov "Xorazm"
Vladimir Obruchev "Plutoniya"
R.Jumaniyozov "Eski o'zbek yozuvi"
Turg'un Po'lat "Ichkuyov"
G.G.Markes "Yolg'izlikning yuz yili"
Pirimqul Qodirov "Akramning sarguzashtlari"
Mirmuxsin "Ildizlar va yaproqlar"
Hamid G'ulom "Mash'al"
Abdulla Qodiriy "O'tgan kunlar"
Hamid G'ulom "Million mojarosi"
Hamid G'ulom "Bir million mojarosi" ("Million mojarosi" bilan ikkisi bir xilmi tekshirib ko'rmabman)
Zayniddin Do'stmatov "Sutbuloq oqshomlari"
Temur Po'latov "Huzur halovat va qirq qayg'u alam"
Sodiq Sayhun "Bugun kechaning ertasi"
Mushxafi Kozimiy "Qo'rqinchli Tehron"
Mirzakalon Ismoiliy "Inson xuquqi"
Osim Mirkarim "Karvon yo'llarida"
Vrindavanlal Varma "Jhasiy malikasi"
Sergey Smirnov "Best qal'asi"
G'abit Musrepov "Qozoq soldati"
Ne'mat Yoqubov "Hubob"
Mayn Rid "Oq tanli sardor"
Sami Abduqahhor "Soyalar va qoyalar"
Tohir Malik "Bir ko'cha, Bir kecha"
Ivan Stadnok "Urush"
Erkin Vohidov "Kuy avjida uzilmasin tor"
Lev Tolstoy "Urush va tinchlik"
Olga Kresteva "Toshdagi bitiklar"
G'ofur G'ulom "Mukammal asarlar to'plami-VI" (12tomlik ekan, 1986 yil, qolganini ming afsus topolmadim).
Fenimor Kuper "Chingachkuk fojeasi"
Fenimor Kuper "Metin yurak qissasi"
Vladimir Bogomolov "Qirq to'rtinchi yil avgustida"
Boborahim Mashrab "Mehribonim qaydasan"
Murmuxsin "Xo'jand qal'asi"
"Bahouddin Balogardon"
Yavdat Ilyasov "So'g'diyona"
Yulian Semenov "Tirik qolish buyurilgan"
Yulian Semenov "Tass ma'lum qiladiki"
A.S.Pushkin
A.S.Pushkin "Tanlangan asarlar-2"
Sergey Alekseev "Shoshilinch farmoyish"
Mir Ammon Dehlaviy "Bog'u bahor"
Stendal "Qizil va qora"
"O'n birinchi dovon (ocherk va publistika)"
Pirimqul Qodirov "Saylanma-1 "Uch ildiz"
Erkin Samandar "Daryosini yo'qotgan qirg'oq"
Hoji Ahmar "Yakkama yakka"
Mixail Prudnikov "Qaqnus operatsiyasi"
Omon Muxtor "Vazifa"
Georgiy Markov "Sibir"
Karim Ahmedov "Ziyo ista"
Odil Yoqubov "Kecha va bugunning saboqlari"
Ivan Shamyakin "Atlantlar va kariatidalar"
Shoyim Bo'tayev "Endi bari boshqacha"
Naim Karimov "Oybek va Zarifa (Saidnosirova)"
Vashington Irvin "Hikoya va afsonalar"
"Berlin halqasi"
Mengziyo Safarov "Ona tuproq qo'shig'i"
Nosuriddin Burhoniddin "Qissasi Rabg'uziy"
Abdulla Qahhor "Bir soatlik halifa"
Pirimqul Qodirov "Saylanma-3 "Yulduzli tunlar"
Shukrullo "Saylanma-3"
Shukrullo "Yaxshiki, muhabbat bor"
Shuxrat "Shinelli yillar"
Abdurashid Nurmatov "Urush bevalari"
Shuxrat Qosimov "Niqob yirtilganda"
Volf Messing "O'zim haqimda"
Hamid Olimjon "Asarlar majmuasi-2" (5-tomlik)
M.Yu.Lermontov "Tanlangan asarlar-1" (2 tomlik)
Muhammad Salom "Dovul"
T.Toshlonov "Islom, kecha va bugun"
Nodir Normatov "Jarlikdan qushlar uchdi"
Muhammad Avfiy "Nodir hikoyalar"
Yuriy German "Dzerjinskiy haqida hikoyalar"
Abu Bakr Roziy "Kasalliklar tarixi"
Hoja Ubaydulloh Ahror "Risolai volidiyya"
Adham hoji Karimov "Olam nurga to'lgan kun"
Hoji Ubaydullo Orif "Haj daftari"
Abu Ali ibn Sino "Ziynat"
Abu Ali ibn Sino "..." (muqovasi yo'q ekan
, o'simliklarning shifobaxsh xususiyatlari haqida)
Hakim Davoiy al-Giloniy "Favoyidul Inson"
Abdulla Oripov "Yillar armoni"
Jumaniyoz Jabborov "Quyosh yurti"
Tohir Malik "Somon yo'li elchilari"
Sunnatilla Anorboev "Oltin qoziq"
Sunnatilla Anorboyev "To'rtko'zning boshidan kechirganlari"
Erkin Vohid "Muhabbat"
Vladimir Tyurikov "Avlodlar izidan avlodlar"
Latif Mahmudov "Qopga yashiringan odam"
Muhammad Ochilov "Shayton operatsiyasi"
Nazir Safarov "Inson izi"
Komil "Devon"
T.Hamroqulov "Farg'ona farzandi"
yana o'nga yaqin kitoblar, ikki uchta "Sharq yulduzi" kitoblari.