"Qashqirlar vodiysi - Iroq" raqamlarda
- Film ishtirokchilari uchun 412 ta aviachipta, 70 ta avtobus chiptasi olingan. Jami 1.085.184 km yo'l bosilgan. Bu degani Yer ekvatori aylanasini 27 marta aylanib chiqishdir (Ekvator liniyasi 40.076 kmni tashkil etadi).
- 15 dan ortiq millat vakillari filmda ishtirok etdi.
- 3391 ta kiyim ishlatildi.
- Kuniga o'rtacha 36 ta mashinada 120 km.lik yo'l bosildi. 120 km X 36 mashina X 42 kun: 181440 km. Bu butun dunyo bo'ylab 4,5 marta aylanib chiqish demakdir.
- Dargoh va bozor maydonini barpo etish uchun 30 ta dekorativ ustalar ishladi. Ikki oyda bitkazildi. 1,5 tonna bo'yoq, 10 tonna metal, 50 kilogram porox ishlatildi. 2 oy davomida 2 generatorni ishlatish uchun kuniga 160 litrdan mazut yoqildi.
- Film olish mobaynida 75000 idishda suv ichilgan. Kuniga 560 kishiga issiq ovqat X 42 kun tushlik va kechki ovqat: 47040.
- Turkiyada ilk bor bir sahna uchun 6 ta kameradan foydalanildi.
"Qashqirlar vodiysi - Iroq" filmidan ta'sirli iqtiboslar
Sam Marshall: Men bolalarni yaxshi ko'raman. Bilasanmi nega? Chunki ular dahshatdan qo'rqmaydilar. Xuddi men kabi: o'lishdan qo'rqmaganim kabi. Lekin ular ulg'ayganlarida vahshiy bo'lib yetishadilar. Hamma gunohkor bandalar kabi. Bilasanmi, ba'zida menga bir narsa qiziq tuyuladi: biz agar bolalarni ular ulg'aymasdan avval o'ldirsak nima bo'ladi? Sen nima deb o'ylaysan?
Polat Alemdar: Sen shundog'am qancha bolalarning qotilisan. Bu bolalarni shu yerga keltirish uchun yana qanchasining qonini oqizding? Sen meni bu bolalarni o'ldira oladi deb o'ylayapsanmi? Men esa bunday deyman: Yo'q, men ularni o'ldirmayman, men ulardan o'yinchoq kabi foydalanmayman. Unday bo'lsa, men va sen oramizda qanday farq qoladi?
Sam Marshall: Qanday farq borligini men senga tushuntiraman. Sen hech qachon 11 odamni o'ldirmaysan. Men esa 11000 odamni qurbon qilishga tayyorman. Sen o'z tuyg'ularing bilan bolalarni o'ldirolmaysan. men esa o'z tuyg'ularim bulan ularni bitta qo'ymay o'ldirishga ham tayyorman. Men dunyoni harob qilayotgan har bir insonni o'ldirishga tayyorman. men sendan farqli o'laroq bu yerda tasodifan emasman. Men "ilohiy missiya" bilan bu yerga kelganman. Men tinchlikni barqaror qilaman... Tinchlikparvarlar xudoning bolalaridir.
* * *
Doktor: Senga necha marta aytaman bularga insonlarcha muomalada bo'l deb. Bular inson, hayvon emas!
Dante: Men bulardan ko'ra ko'proq hayvonni hurmat qilaman...
Doktor: Shundaymi, agar mening mijozlarimni o'ldirishni bas qilmas va ularning a'zolarini ko'chirishimga halaqit berarkansan, uxlayotganingda seni ham o'ldiraman...
* * *
Iroqda o'ldirilayotgan begunoh odamlarning ko'chirilgan a'zolari (yurak, buyrak...) solingan idishlardagi yozuvlar:
DIQQAT!
Transplantatsiya qilingan inson a'zolari!
Qayerdan:______
Qayerga: Tel-Aviv/Isroil
London/Angliya
Nyu-York/AQSh...
* * *
Leyla: Mening erim Alloh uchun o'z umrini qurbon qildi. Agar men buning uchun bir tomchi ko'z yoshimni o'qizsam, Alloh meni jazolasin! Lekin nima uchun ular Alini o'ldirishdi? Nega? Qasam ichib aytamanki, bombali kamar bilan ularning oldiga boraman-da, ularni portlataman. Shundagina ular Leylaning umri nechog'lik ekanini his etishadi. Ota, ularni o'ldirishimga ruxsat bering.
Shayx Abdurahmon Xolis Kirkukiy: Leyla, nahotki meni bunga rozilik beradi deb o'ylaysan? Nahotki Allohning payg'ambari shunday buyurgan deb o'ylaysan? Yoki yana qaysi bir musulmon buni xohlaydi?
Leyla: Lekin meni boshqa ilojim yo'q...
Shayx Abdurahmon Xolis Kirkukiy: Leyla, agar sen o'z joningga qasd qilsang, Allohga osiylik qilgan bo'lasan. Avvalo o'z jonimga qasd qilib yaxshilik qilayapman deb o'ylaysan, lekin buning oqibatida necha-necha gunohsiz insonlar ham qurbon bo'ladi. Bombani portlatganingda necha odam aziyat chekishini bilasanmi? Buni hech kim bilmaydi. Shunday ekan, bilginki, begunoh odamlarni o'ldirish jami insoniyat joniga qasd qilish bilan barobardir. Musulmonlarning aqliga shunday buzg'unchi fikrlarni kiritayotganlar o'z joniga qasd qilishni ham o'rgatadilar. Bu katta gunoh, qizim va u shaytonning sha'ridir. Men sening holatingni tushunib turibman. Lekin sening o'z joningga qasd qilishga ham tayyor turib, dunyo ahli "barcha musulmonlar terroristdir" deyishiga sabab bo'layotgan ishni qilmoqchi bo'layotganingga achinyapman. Alloh bizga yordam bermayapti deb o'ylama, qizim. Bizning hozirgi, vaqtinchalik chorasizligimiz va kuchsizligimi payg'ambarimiz SAV tomonidan bashorat qilingandir. Biz birlashishimiz uchun ham aziyat chekishimiz kerak. Har bir o'z joniga qasd qilish esa chorasizlik va kuchsizligimizni orttiradi. Aynan shuning uchun ham dushmanlarimiz shunday holatlarning ko'p bo'lishini xohlaydilar. Ular bu narsalarni ataylab o'zlari tashkil etadilar. Bizning yagona choramiz shudir: Alloh buyurganlariga labbay deyish. Biz Allohga duo qilishimiz kerak. Shundagina hotirjamlik bo'lamiz.
* * *
Shayx Abdurahmon Xolis Kirkukiyning duosi: Allohim, biz Seni eshitdik va itoat etdik. Allohim, Sen har doim g'olibsan. Har qanday holatda ham, kimdir yutib, yutqazganda ham Sen har doim G'olib bo'lib qolasan, bizni boshqaruvchi yagona Hokim bo'lib qolasan! Allohim, Sen hatto Muhammad SAVni ham mag'lubiyat berib sinading. Sen hech qachon yovuz bo'lmagansan va biz har doim sening Rahmli ekanliginigga ishonganmiz. Biz iztirob chekdik, nafsimiz, shaxshiy xohishlarimiz esa seni unutishimizga olib keldi. Biz bir-birimizga yomon munosabatda bo'larkanmiz, dushmanlarimiz bizni yenga boshladilar. Bizni bosqinchilardan asra va gunohkor qalblarimizni kechir! Bosqinchilarni yengishda ko'mak ber! Biz Qur'on va Payg'ambaring SAV yo'lidan og'ib qoldik. Shuning uchun ham bizni dushmanlar qopladi. Allohim, bizga bu odamkushlardan qutulishimizda kuch va quvvat berishingni so'raymiz. Kelayotgan barcha aziyatlaringga sabr-bardosh ber! Allohim, bizga islomni olib kelgan barcha payg'ambarlaring hurmati so'raymiz, uylarimizni tark etishga yo'l qo'yma! Ruhimizni iymon va haqiqating bilan to'ldir!
Manba :
http://hi.baidu.com