Turmushga chiqamagan qizlarga: Ikkinchi hotin bo'lib turmushga chiqishga rozimisiz?
Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?
Oldindan rahmat..
1. İkkinchi xotin bo'lib turmushga chiqadigan qiz menimcha hech qachon men shunday qilaman, demaydi ko'p kutasiz bu javobni....
2. İlgari ham Forumdoshdan forumdoshga savol mavzusida Afifaxon shunga yaqin savol bergan edilar. Javobimni aynan keltirdim.
A.alaykum. Alloh Mo'min-Musulmonlarning xonadonlaridan eng asosiysi huzurni ayrimasin.
Avvalo umr yo'ldoshi tanlashda Alloh hech kimni adashtirmasin ekan...
Lekin "xom sut emgan banda" yoki "Gunohsiz qul bo'lmas", degan gaplarga qaraydigan bo'lsak, inson bolasini bunday gunoh yo'llariga kirishi ham yana insonga hos, ko'z yumib bo'lmaydigan hodisalardan biridir.
Agar (Xudo ko'rsatmasin) shunday bo'ladigan bo'lsa va o'rtada farzand ham bo'ladigan bo'lsa men turmush o'rtog'imga hech narsa demay, bolamni olib uyimga ketgan bo'lardim.
Unga vaqt berardim. Chunki turmush o'rtog'im dindor oilani farzandi, insonlar nasliga tortadi. Qolaversa hiyonat qilgan inson avvalo mendan emas, Allohdan qo'rqmaganligini ko'rsatgan bo'ladi... Allohga tavba qilsin avvalo...
Uni vijdoni bilan yuzma yuz qoldirib, Allohdan sabr tilagan holda oddiy hayotimga oilamni yonida davom etishga harakat qilardim.
Agar shunday bo'ladigan bo'lsa eng boshda qaynota-qaynonam meni hech qayerga yuborishmagan bo'lishardi, bundan ismimday aminman. Chunki ular meni oilamdan omonat qabul qilib olishdi. Qaynotamlar omonatga hiyonat qiladigan insonlar emas...
Qolaversa farzandimga hech narsani sezdirmaslikka harakat qilardim.
Biz-ku yarim yamaloq yashadik, u bechorani aybi nima? Qo'limdan kelguncha unga ham ona, ham ota sevgisini berishga harakat qilardim...
Alloh hech kimni bunday og'ir gunoh-hiyonat bilan imtihon etmasin inshalloh.
Chunki hiyonat qilgan ham, hiyonatga uchragan ham qattiq qalb yarasi oladi, bu yara esa osonlikcha bitmaydi....
Sizga ham savol uchun rahmat...