Qizlarga savollar...  ( 519897 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 85 B


Mars  11 Aprel 2010, 10:57:54

Hisib kitoblarga ko'ra Ayollar kuniga 5000 ta so'z gapirar ekan
Erkaklar bo'lsa kuniga 2000 ta so'z gapirar ekan

Shu rostmi?

Qayd etilgan


Muhseena  11 Aprel 2010, 18:19:44

                                                                                      m
Hisib kitoblarga ko'ra Ayollar kuniga 5000 ta so'z gapirar ekan
Erkaklar bo'lsa kuniga 2000 ta so'z gapirar ekan

Shu rostmi?
Bilasizmi,hozirgi erkaklar ayollarga qaraganda ancha ko'p gapiradilar,g'iybatchidan ham o'tib tushadilar,qachon qarasangiz ayollarning yoki yon atrofdagilarning kamchiligini qidirib yuradilar.O'zim qay ahvoldaman,nimalar qilyapman,kimga foydam kimga  zararim tegyapti deb o'ylamaydilar ham.Farqi yo'q.Faqat birovni kamchiligini ko'rib qolishsa chaynayverishadi.
                                 
Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi:"Nabiy s.a.v:
"Banda bilib bilmay bir so'zni aytadi va u tufayli do'zaxning mag'rib bilan mashriq orasidan ham chuqur joyiga tushadi",-dedilar" Ahmad,Buxoriy va Muslim rivoyati.


Shunday ayollar borki,og'zilaridan faqatgina yaxshi so'z chiqadi.U o'n mingtadan oshib ketgan taqdirda ham to'xtashini istamaydi inson.Chunki foydali gapni,kerakli gapni aytyapti.Va erkaklarda ham huddi shunday.Agar erkak kishi ikki og'iz gap aytsayu ammo behuda,botil so'z bo'lsa,unda boyagi o'n mingta so'z ishlatgan ayolni eshitgan afzal,man uchun,wallohu a'lam....

Qayd etilgan


Muhseena  11 Aprel 2010, 19:30:21

Hisob kitoblarga ko'ra dunyo bo'yicha 1ta erkakka 3 ta ayol to'g'ri kelarkan!

Shu rostmi...
Bu statistika sahifasimas,savoliz bo'sa konkretniy so'ren,bo'masa vaqtti omi jim turing.To'g'risini etsam,dunyodagi erkak ayollarni sonini hisoblashga vaqtim yo'q.Undan muhimroq ishlarim bor.Ko'p bo'lsa bordir,ayollar.Qo'rqinchli joyi yo'q.

Qayd etilgan


JaviK  11 Aprel 2010, 19:37:43

Savol: Turmushga chiqqan opalarimizga: Kelinlik uyiga borganizda Qaynangizdan eshitgan birinchi dakki(maslahat ;))

Savol: Hamma opa singillarimizga: Dugonanggiz hato ish qilayotganida, noto`g`ri yo`lga yurayotganida siz bu yo`ldan qaytara olganmisiz, yoki qaytara olasizmi?

Qayd etilgan


Ansora  11 Aprel 2010, 20:05:15

Savol: Turmushga chiqqan opalarimizga: Kelinlik uyiga borganizda Qaynangizdan eshitgan birinchi dakki(maslahat ;))

Savol: Hamma opa singillarimizga: Dugonanggiz hato ish qilayotganida, noto`g`ri yo`lga yurayotganida siz bu yo`ldan qaytara olganmisiz, yoki qaytara olasizmi?


Savollar uchun rahmat.

Men kelin bo'lib tushganimdan beri qaynonamdan har kuni nasihat olaman, orada dakkilar ham bo'lib turadi. Lekin hech qachon hafa bo'lmaganman. Alloh u kishidan rozi bo'lsin. Chunki "Qaynonam-ikkinchi onam"

Orqamdan gap eshitgandan ko'ra, o'zlaridan eshitish menga yoqishini qaynonamlarga ham doimo eslatib turaman. Bolalikdan beri olgan tarbiyam ham shu yo'lda, yani aybi bo'lsa insonni yuziga aytish eng ko'p foyda beradigan yo'ldir.

Afsus bazan dugonalarimiz, tanish qizlar xato yo'lga kirib turishadi. Vaqtida meni ham meni dugonalarim bazi xatolarim tufayli ogohlantirishgan. Xozir ularni duo bilan yodga olaman. İnson faqat yaqin olgan insoni uchungina jon kuydirib, qayg'uradi. Siz aytgandan holatlar ko'p marotaba bo'lgan.
1 voqeani eslayman goh gohida.
Boshqa shaharda bir dugonam unashtirilgandi, yigit askarda edi. Lekin ishxonasidagi bir yigit unashtirilgan yigitdan kelishganroq, boyroq, shirin tilliroq bo'lgani uchun dugonamni "aqlini o'g'irlay" boshlabdi...Menga dardini ochdi. Nima qilay, deb. İchim yondi, qizga sekin-asta tushintirdim, voydodd sen nima qilyabsan, deb qizni ayblasangiz, sizdan umuman uzoqlashib, boshqa yozmay qo'yishi ham mumkin. Huddi o'zimni singlimday achindim, bazan rosa siqilardim. Chunki bu ham men uchun bir imtihon edi va juda nozik harakat qilishim kerak edi.

Allohga shukrlar bo'lsin, dugonam shaytonga hay berdi va yigit bilan umuman gaplashmay qo'ydi. Unashtirilgani armiyadan keldi, turmush qurdilar, xozir shiringina qizlari bor...

Hech kim o'ziga keragidan ortiqcha ishonmasligi kerak. Shayton insonning qon tomirlarida "suzar" ekan doimo Allohga sig'inib, duoda bo'lishimiz kerak.

Qayd etilgan


munisaxon  12 Aprel 2010, 06:24:49

Hisob kitoblarga ko'ra dunyo bo'yicha 1ta erkakka 3 ta ayol to'g'ri kelarkan!

Shu rostmi...
Aslida hozirgi kunda dunyodagi eng ko`p aholga ega bo`lgan mamlakatlarda qizlarning tug`ilishi kamayib borayapti.Ular farzandi qizligini bilishgandan so`ng undan voz kechishayapti, buni Xitoy va Hindiston misolida ko`rish mumkin.

Qayd etilgan


Saidov Asqar  12 Aprel 2010, 08:29:13

Hayol surma ,  hayollar yamon .
Tuyg'ularga bermagin izn .
Qur'on harfini örganib obdon ,
Salim qalbga ega böl qizim.

Fisqqa chorlov seni yöllardan,
Kimdir izlar yolg'on hizrni,
Mening munis muslima qizim
Römolingla yop telivizorni .

Sen dunyoga teran boqmoqni .
Qur'on hamda sunnatla izla
Dunyo mayda chuyda deb kuysa ,
Sen eng katta savdoni közla .

Bu savdoki latta puttaga ,
Aldanmagan hayotiy ertak .
Sen Oishaga , Fotimalarga
Yopishib ol misoli pechak .

Hech ularni qöyib yuborma ,
Sen ularni chindan bil ona .
Boshingdagi römol yechilsa .
Boshing ila tushsin mardona .

Qalbing ila haqni tanigin ,
Berilmagin falsafalarga ,
Zargar dunyod aslida bitmish ,
Yolg'on yashiq safsatalarga .

Qizim mening muslima qizim ,
Aqidangda hotirjam qolgin .
Xatto onang tobutin körsang ,
Allohdanmiz deb ayta olgin .

   Xayrullo Hamidov

Barcha munis va muslima qizlar ALLOH sizlardan rozi bölsin .

( savol ) Ölim haq deganlar , Payg'ambarimiz s.a.v . ölimdan qörqasizlarmi yoki yöqmi , ölimdan qörqmaslik kerak .

Qayd etilgan


Muhseena  13 Aprel 2010, 00:17:13

Erkaklar bajaradigan ishni Ayollar bajarayotganligin ko'p ko'ramiz yoki eshitamiz....

Sizlar bunga qanday qaraysizlar!
Beva ayolning farzandlarini boqish uchun tinmay ertayu kech mexnat qilishi va puli ko'p muslimlarning ayoliga bozordagi eeeng qimmat kiyimlarni olib berayotganini ko'rsam hafa bo'lmay nima qilishim kerak!!!Payg'ambarimiz davrlarida ansorlar hatto o'zi och qolib bo'lsa ham o'zgalarga ilinishar ediya.Bilmadim,orzu qilaman ana shunday insonlarni ko'rishni.Judayam istayman,bir marotaba bo'lsada o'zi och qola turib boshqalarni g'amini o'ylaydigan kimsalarni ko'rishni...Robbil A'lamiyn ana shundaylar safidan bo'lishligimizga madadkor bo'lsin...

Qayd etilgan


siddiqa  13 Aprel 2010, 07:47:04

Erkaklar bajaradigan ishni Ayollar bajarayotganligin ko'p ko'ramiz yoki eshitamiz....

Sizlar bunga qanday qaraysizlar!
Beva ayolning farzandlarini boqish uchun tinmay ertayu kech mexnat qilishi va puli ko'p muslimlarning ayoliga bozordagi eeeng qimmat kiyimlarni olib berayotganini ko'rsam hafa bo'lmay nima qilishim kerak!!!Payg'ambarimiz davrlarida ansorlar hatto o'zi och qolib bo'lsa ham o'zgalarga ilinishar ediya.Bilmadim,orzu qilaman ana shunday insonlarni ko'rishni.Judayam istayman,bir marotaba bo'lsada o'zi och qola turib boshqalarni g'amini o'ylaydigan kimsalarni ko'rishni...Robbil A'lamiyn ana shundaylar safidan bo'lishligimizga madadkor bo'lsin...

ansorlar...........ularni eslasak qalb titrab ketadi ...

ansorlar makka ahliga o'z uylari ,mollari ,hatto jonlarini ham berishga tayyor edilar ,ular payg'ambarni ko'rmasdan tariflaridan iymon keltirdilar ,birodar tutundilar .
boy kambag'al ajratmadilar .Rasul ularni yahshi ko'rardilar .
biz ham yahshi ko'ramiz ........

Qayd etilgan


Ansora  13 Aprel 2010, 13:38:04

Erkaklar bajaradigan ishni Ayollar bajarayotganligin ko'p ko'ramiz yoki eshitamiz....

Sizlar bunga qanday qaraysizlar!

Bu savolni javobi insonlarning yashagan davrlariga ko'ra o'zgaradi.

Masalan urush bo'lsa, butun erkaklar frontda bo'lsa, albatta ayol butun yukni bo'yniga oladi.

Sovet paytida esa ataylab ayollarni erkaklar bilan tenglashtirmoqchi bo'lib, og'ir, smenali ishlarni ham ayolga berishgan...

Xozirgi kunda ayollarimiz ko'cha-ko'yda erkakni ishini qilib yurgan bo'lsa, birgina javobi bor:

Demak erkak erkaklikni bajaraolmayotgan ekan!!

Agar erkak o'z vazifasini bilib, ayolini, oilasini hech narsaga muhtoj qilmasa-yu lekin ayol haliyam ko'chaga chiqib, o'ziga yarshmagan ishlarni qilayotgan bo'lsa:

Unda ayolni iymonidan shubhalanish kerak...

Qayd etilgan