Savol:
(bu savolni sizda shunaqa bölsa nima qilardingiz deb emas, balki shunaqa holatda yigit kishi nima qilishi kerak deb beraman)
Yigit öqishda yaxshi öqiganligi sababli, uni falon yilga chet elga öqishidan yuborishyapti. Lekin u yigitning yakkayu yagona yaqini-onasi bor. Onasining ham qarindoshlari vafot etishgan yoki shunchaki yöq. Onasi hovlida bir özi qolishini xohlamagan bola, "onajon, men sizni yolg'iz qoldirolmayman, ruxsat bering qolayin, rad etayin öqishni" dedi. Lekin onaizor könmadi. Ancha yoshga borib qolgan onaning qöshnilari ham oqibatli qöshnilar emas.
Xösh, yigit nima qilgani eng tög'ri?
Bismillohir rohmanir rohiym!
Yigit uyda qolishi kerak. Meni o'ylashimcha, yigit umuman onasiga bunaqa savol berishi noo'rin, agar onasi hohlagan taqdirda ham. Qaysi mehribon ona, bolasiga "o'tirasan, meni bir o'zimni tashlab ketasanmi" deydi, balki bolasini qanchalik yonida bo'lishini hohlasa ham, boraqol og'lim, yo'lingni bersin, yaxshilarga hamroh bo'lgin, yaxshi o'qigin, yurtga kerakli inson bo'lgin deb aytadi, menimcha. Yigit bunday vaziyatda onasining yonida bo'lishi kerak, bundan ham yaxshisi onasiga oy desa oydek, issiq yuzli kelin olib kelish kerak. Bu mening shaxsiy fikrim.
Jannat onalar oyog'i ostidadir!