Mansabdor ayolning eri bo'lgandan ko'ra juldur kiyimli qalandar bo'lgan afzal
Barcha yigitlarga savol:
Nega yigitlar hotini (yoki bo'lajak hotini) o'zidan ko'ra 1) aqlli, 2) boy, 3) mansabdor bo'lishidan qo'rqishadi?
Masalan, nega yigitlar uchun "Agar aqlli (ilmli) bo'sa, manga aql o'rgatadi" degan tushuncha qo'rqinchli hisoblanadi?
Erkaklar ayolining aqlliroq, puldorroq bo'lishidan qo'rqishmaydi, erkaklar oilaning buzilishidan qo'rqishadi, shuning natijasida ko'pincha o'ziga tengini olishga harakat qilishadi. Ba'zilar boy qizlarning orqasidan yuribti,deb misol keltirishingiz mumkin, shuning uchun men ham jumlani erkaklar so'zi bilan boshladim.
Erkak kishi oilaning boshlig'i, boquvchisi. Xotin kishi ko'p pul ishlab kela boshlagach, bir-birini xato tushunishlar ko'proq bo'ladi xolos. Ayol erining xizmatini qilayotgan payt, oldinlari oddiy ko'ringan narsani shayton vohimali qilib ko'rsadi. Erkakning kongliga ayolning ishlashdan oldin bunaqa qilmasdi degan xayollar tez-tez kela boshlaydi. Ayolning esa o'z-o'zidan men oilam uchun ishlab hali aybli ham bo'laymi degan fikrlar kela boshlaydi. Ko'pincha erkak kishi och kelgan payti oilada janjallar sodir bo'ladi, chunki och kishining jahli tez chiqadi. Oldinlari vaqtida pishgan ovqat endi ayolning ishldan kechroq kelgani sababli vaqtida pishmagan bo'ladi va janjal boshlanadi. Aslida shu payt bittagina tahorat olinsa tinch hayot tinchgina davom etib ketaveradiyu, lekin shayton, kibr taraflarni adasgtiradi. Nega shaytonga yopishding, odamzodning ayblarini shaytonga to'nkayvermasangchi deyilishi mumkin, lekin unutmangki shaytonni eng ko'p xursand qiladigan narsa bu oilaning buzilishidir.
Ayol kishining boyligidan qo'rqmaymiz, uning oqibatida keladigan tushunmovchiliklardan qo'rqamiz, agar kimdir fidoiyroq, sabrliroq bolaman desa uylansin boyrog'iga, lekin bunday turmush juda ham ko'p fidoiylikni talab etadi.
BU mo'mina ayolning ishlashga majbur bo'lgani taqqirdagi holat edi, lekin keltirgan foydasini yuzingga urib, barcha qilgan yaxshiliklaringni mensimay, man unday man bunday deydigan ayollardan xudo saqlasin. Bunday erkaklar ham bor. Farzandlarining oldida keltirganlarini doim minnat qilib o'tiradigan. Bunday otalardan farzandning ko'ngli juda tez qolib ketadi. Ota qiymatini farzandga onaning tushuntirgani maqul, eng yaxshi tushuntirish esa, uni amalda ezoshlash.