To'g'ri, o'zbek tilida hatto maqol darajasigacha ko'tarilgan "chalasavod afandilar"ning gaplari bor. "Bir o'zing dono bo'lguncha, ko'p bilan devona bo'l"ga o'xshash. ))
"Na....na....bor/yo'q"qa keladigan bo'lsak, men ham oldin shunaqa o'ylardim. Hatto postni yozguncha qanaqa yozishga biroz ikkilanib ham qoldim. "Yo'q" deb yozganimning sababi esa, ba'zi kitob va rasmiy saytlarda (nomlari hozir esimda yo'q) shunaqa ko'rganimdir.
"Gapning asli-to'g'risi"dan xulosamiz esa quyidagicha:
Aql - yurakda, qalbda bo'lishi mumkin, lekin qalb - miyada, aqlda bo'lmaydi.