eh yoshlar. kattalar bir nima degandan keyin ho'p deyish kerak. To'ydan oldin shart qo'yish umuman foydasiz, foyda bolsa ham ko'pi bilan uch oyga yetadi. Agar soliha qiz bo'lsa, namoz o'qiysan kabi shartlar qo'yish ortiqcha, bu kelinga og'ir ham botadi. agar ibodatsiz qiz bo'lsa, bunday shartlarni qo'yish umuman ish bermaydi. Bordiyu to'ydan oldin bo'lajak kelinga yoqib qolsangiz, hamma shartga ho'p deb ko'naveradi, bu huddi olifta yigitlarning "osmondagi oyni olib beraman" kabi quruq va'dalariga o'xshaydi.
To'ydan keyin sekin-asta hayot izga tushadi, kelin ham kuyov ham o'zlaridagi kamchilikni uzoq yashira olmaydi.
Masalan, hozirgi ayrim yosh yigitlar, o'zlari juma kunidan boshqa vaqt namoz esiga ham kelmaydi, shu yigitlar bo'lajak kelinlarga "5vaqt Namoz o'qiysiz" deb shart qo'yadi. Ayonki qiz ham hop deydi, to'ydan keyin namozni avval to'liq, keyin "charchamay" qolganda o'qib keyinchalik umuman namozni tashlaydi.
Agar shartlar foyda berganda, Ummu Gulsumu Robiyalarday taqvoda peshqadamlardan bolgan ayollarday kelin uchrasa edi deb orzu qilmay qo'ya qolardik.
Eng yaxshisi, halqimizdagi go'zal urf odatlarni yo'lga qo'yib mahalla ko'ydan, qavmu qarindoshdan, tanish bilishdan qiz (kuyovni)ni surishtirish lozim.