Farzand tarbiyasida kaltak shart va lozim,deb bilasizmi?
Ma'lumki,namoz o'qiydigan yoshga yetganda uchinchi iloj bo'lmagan taqdirda yengilgina jazolab bo'lsa ham namozga kiritish kerak. Manimcha,majburlab emas,namozga bolani o'zida mehr uyg'otishga harakat qilib kiritish lozim.
Qisqasi savollarim :
1.
Ota sifatida farzandingizni quloqsizligiga yoki ba'zi vaziyatlarda unga jazo qo'llashga qanday qaraysiz? Jazo berish kerakmi yoki yo'q? Nima uchun?
(uylanmaganlar: kelajakda farzandingizni yo'lga solish yoki o'zi tanlagan xato ishni xatoligini tushuntirish uchun qanday tadbir qo'llagan bo'lardingiz? )
2. Bolani do'stlari noma'qul bo'lsa agar, qanday yo'l tutardingiz?
3. Qarz olish,Qarz berish- shu vaziyatga duch kelgandursiz..?! Bu yaxshimi yoki yomon? Qarz haqidagi fikringiz qanaqa?
4. Ayollardagi sizga yoqmaydigan harakterlar...
Assalomu aleykum savollar uchun raxmat.
1. Bolani jazolash kerak, lekin bu 100% urish yo'li bilan bo'lmasligi kerak. Bola yoshligidan qilgan harakatlari uchun mukofot yoki jazo olishini bilishi kerak. Mukofot deganda albatta o'yinchoq yoki moddoy nimadir emas, balki bir tabassum ham ularning ba'zi harakatlari uchun bir mukofotdir va o'z-o'zidan o'rni kelganda qoshingizni chimirishingiz ham katto jazodir. Bolalarimni qo'lidan oyog'idan sekingina urgan paytlarim bo'lgan, juda sekin ursangiz ham urish harakatining o'zi bolani qo'rqitar ekan, hozirlar ko'pincha po'pisa bilan cheklanaman. Juda ham jahlimni chiqargan payt qo'lim o'z-o'zdan ko'tarilib ketadi, lekin o'zimni har safar ushlab qolaman va shunday qilib o'z-o'zidan po'pisa qilgan bo'laman. Balki bu xatodir, lekin ba'zida shu darajada injiqlik qiladiki asablar bardosh berma qoladi.
2. Hali bolalarim yosh. Lekin katta bo'lishgan o'rtoqlarini bir-mabir tahlil qilib chiqish niyatidaman, albatta yomon o'rtoqlar bilan yurishlariga ijozat bermayman. Lekin shu narsa ham muhim, bolani yaxshi o'rtoq bilan yurishiyu, yomonidan ayrilishi hammasi tarbiyaga va etiborga bo'gliq. Yomon o'rtoq sizning oydek bolangizni o'ziga nima bilan jalb qilyapti, shu narsani bilish kerak. Shunga qarab ish tutish kerak, deb o'ylayman.
3. Qarz olishga to'g'ri kelib qolsa iloji boricha tezroq to'lashga harakat qilaman. Olgan qarzlarimni va menga qarzi bo'lgan kishilar bo'lganda hammasini yozib qo'yaman, o'lib-mo'lib qolsam bo'ynimda qolib ketmasin deb. Chunki qarzni ko'pincha o'sha onyonimda pul bo'lmagani uchun olganman.
4. Menga yoqmaydigan ma'lum bir xarakterlar bor, ular kko'pchilikka yoqmaydi. Erkak ayol ajratgim kelmadi. Ayni ayollarga xos yomon xarakter bormikin o'zi, bilmadim, haligacha ajratmagan ekanman.