Yigitlarga savollar...  ( 436377 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 85 B


Rons  23 Fevral 2010, 18:32:29

Ota-ona rozi Xudo rozi deydilar Bu be`jiz emas!
Har qanday ota ona o`z farzandining baxtli bo`lishini istaydi.Ular kelin (yo kuyov) tanlashda o`sha qiz (yo yigitning) AVVALO NASL NASABINI e ` t i b o r g a olishadi!Qiz qanchalik go`zal va aqlli bo`lmasin undan voz kechishimizni talab qilishlari shu sababdandir.Demak qanchalik og`ir bo`lmasin Ota-onalarimiz istagini muhim deb hasoblayman.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  24 Fevral 2010, 20:08:50

Assalomu alaykum!
Man bervotgan savol oldinam berilgandur oldindan uzr so'riman!

Savol: Forumidigi hamma userlarga savol?
 Siz bir qizi yahshi ko'rasiz, ammo lekin, sizi uydiglariz u qizni hohlashmayapti! Siz u qizni judayam yahshi bilasiz, sizni tushandigan, umr yoldosh bola oladigan inson dib hioblisiz! Hullas u sizga judayam mos?


Uydigilariz u qizni kelin qimimiz diyishdi! Uyidigilariz boshqa qizni sizga ko'rsatishdi, Ammo siz uchrashuvga chiqan qiz sizga yoqmadi? O'sha vaqta siz qanday yo'l turardiz? Uydigilarni etgani qilib,yahshi ko'rgan insonizdan voz kecharmidiz yoki Uydigilariz etgan qizga uylanarmidiz yoqmasayam? yoki kurasharmidiz?

                                                                                                   Savolni davomi bor!

Assalomu alaykum.

Bilmadimu, lekin oilada bitta farzand bo'lganim uchun ota-onam men xohlagan qizga yo'q deyishmasa kerak. Bundan tashqari juda unaqa sevgi deb kuyib-yonib, muhabbatning ko'r ko'zi bilan qiz tanlamasligimni ham yaxshi bilishadi.

Lekin baribir niyatim, ota-onamni tanlaganiga uylanish. Shunda kelajakda quloq tinchroq bo'ladi. :7

Yanayam vaqt ko'rsatadi...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  24 Fevral 2010, 20:14:25

Assalomu-alaykum yigitlar.

Forumda askarlik xizmatini o'tab kelganlar bormi?

Borganlar va bormaganlar askarlik haqida fikrlaringiz qanday?

Xizmatga borib kelganlar askarlikdagi qiziq voqealardan aytib berishsa ham mayli  : )

Men harbiy kafedrada o'qiganman. 1 oy poligonga borib kelganmiz. Agar bu ham harbiy xizmatga kiradi deb hisoblasangiz, unda bir dunyo narsani gapirib berishim mumkin.

Qayd etilgan


Ansora  26 Fevral 2010, 22:07:23

Assalomu-alaykum yigitlar.

Forumda askarlik xizmatini o'tab kelganlar bormi?

Borganlar va bormaganlar askarlik haqida fikrlaringiz qanday?

Xizmatga borib kelganlar askarlikdagi qiziq voqealardan aytib berishsa ham mayli  : )

Men harbiy kafedrada o'qiganman. 1 oy poligonga borib kelganmiz. Agar bu ham harbiy xizmatga kiradi deb hisoblasangiz, unda bir dunyo narsani gapirib berishim mumkin.

Eshitaylik " bir dunyo" xotiralardan : )

Qayd etilgan


Mr.Twister  28 Fevral 2010, 08:51:14

Ayni wu joyda YURIST ning miyasiga "Harbiydagi xotiralar" degan mavzuni ochiw fikri keldi.
Oka hormang, bu deyman wuncha vaqt ko'rinmadiz, savollarga javob tayyorladizmi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  01 Mart 2010, 18:36:04

Assalomu alaykum.

Mayli, yaramni yangiladizda lekin :-)))

Biz 8 oy O'zbekiston Milliy Universiteti harbiy kafedrasida o'qidik. Har hafta payshanba va juma kunlari institutga bormasdan harbiy kafedraga borardik. Maza davrlar edi.

Nihoyat vaqti-soati kelib, may oyining 28-sanasida Angren shahrida joylashgan 42219-sonli tog'-dala poligoni tomon 1 oylik o'quv-mashg'ulot yig'inlariga jo'nab ketdik. 1 oylik o'tgan vaqt hayotimda o'chmas iz qoldira oldi deb o'ylayman. Bu damlarni hech ham unutmasam kerak...

27-may 2009 yil. Toshkent.

Tongda g'alati kayfiyatda uyg'ondim. Ertadan boshlab, Toshkentda 1 oy bo'lmasligimni o'ylab yuragim hapqirib ketdi. Yo'q, yo'q... Bu qo'rquv, xavotir hissi emasdi. Sababi anchadan buyon viloyatlarga xizmat safafriga chiqib o'rganib ketgandim. Bu hissiyot ko'proq borayotgan joyim bilan bog'liq edi — Harbiy xizmat! Albatta 1 yillik armiya bo'lmasada, ammo baribir 1 oy harbiycha hayot, harbiycha intizom, harbiycha va h.k.larni ko'rishimiz tayin edi. O'zimda g'ayritabiiy kuch his qildim.

Ota-onam bilan nonushta qildim. Hazillashib "1 oydan keyin ham yana shunaqa birga nonushta qilish nasib qilsin" degandim, ayam yig'lab yuboray dedi. Ona zotini yaratmasin ekan...

O'qishga bordim. Potogimizda 15 ta bola harbiy kafedraga kirgandik. O'zimizcha "xayrlashuv kechasi" tashkil qildik. :-))) Garchand bizga kursdoshlarimiz non tishlatib qolmagan bo'lsalarda, garchand "Oy borib omon qayt" degan shiorlar yozilgan bannerlarni ko'tarib olishmagan bo'lsada, garchand qizlarimiz yig'lab bizni kuzatib qo'yishmagan bo'lsada, ammo do'stona xayrlashuv bo'ldi. :-)))

Kechki tomon sumkamga narsalarimni joylashni boshladim. Ertalab shoshganda esdan chiqib qolmasligi uchun. Dastlab kiyim-kechaklar, so'ngra kerakli buyumlar, aptechka, zerikkanimda o'qiyman deb kitoblarni joyladim.
Ana shundan keyin asosiy qism boshlandi. Ayam ikkinchi qo'shimcha sumkaga oziq-ovqat solishni boshladilar... Non, qovurilgan go'sht, qaynatilgan go'sht, dimlangan go'sht, bug'langan go'sht - hammasi bankalarga joylangan. Keyin yana tefal, bir pachka quruq choy, 15 tacha Big Bon, pechenye, tuzlangan bodring (zakuskaga deganmilar hayronman :7), bankaga yopilgan salatlar, eeee, xullas, bir sumka oziq-ovqat. Bo'ldi desamam ko'nmaydilarey... Uni qanaqa ko'tarib ketaman axir desam, och qoganingdan ko'ra qiynalganing yaxshi deydilar. Xuddi men kimsasiz orolga ketayotganday...
Ona zotini yaratmasin ekan...

Aksiga olganday kechqurun Rim shahrida Yevropa Chempionlar Ligasi final uchrashuvi bo'lishi kerak edi. Axir qanaqa qilib, mening sevimli jamoam Manchester Yunayted finalda o'ynaydiyu, men bu o'yinni ko'rmayman?!

O'yinam quvonarli natija bilan tugamadi. Mag'lubiyat... Eng yomoni o'sha kuni kechqurun umuman uxlolmadim. Ertalab 5:00 da esa ko'ch-ko'ronimni ko'tarib, Shimoliy vokzal tomon yo'l oldim. Ota-onam bilan birga...

(davomi bor)

Qayd etilgan


uzboy  01 Mart 2010, 19:33:32

Mayli, yaramni yangiladizda lekin :-)))
(davomi bor)

boshlanishi qiziq, davomini kutib qolamiz... poligonda bo'lganlarni to'g'risini yozing faqat  ;D

Qayd etilgan


Ansora  02 Mart 2010, 11:39:45

Yurist- rahmat javob uchun. davomini kutyabmiz:)

Bilmadim men bolaligimdan beri armiyaga juda qiziqaman, hatto uydagilarni men ham armiyaga boraman, deb qo'rqitardim, nima bo'lsa ham u paytlar Sovetskaya, mujestvennaya jenshina, degan ta'lim-tarbiya olayotgan paytlarim edi.

Ho'jayinimga armiya xotiralaringizdan gapirib bering, desam hech yoqmaydi u kunlar, qo'y eslatma, deydilar, rosaaa qiynashgan ekan...
Akam Germaniyada ohirgi xizmat qilganlardan. U payt Toshkentda talaba edim, akamni shunaqangi sog'inganmanki, qayerda askar ko'rsam orqasidan ancha yo'lgacha ergashib ketaverardim....

Akamga 300 ga yaqin xat yozganman....yarim kilo kelgandi:)

Bir marta rayxonni quritib konvertga joylagandim. Butun O'rta Osiyoliklar hidlab, rosa yig'lashgan ekan....

Haaa Armiya- insonga-Vatanini, ota-onasini, yaqinlarini yana bir bor qadriga yetishi kerakligini eslatadigan joy!!!

Qayd etilgan


Habib  03 Mart 2010, 09:29:52

Boshqa mavzu qolmadimi?

Qayd etilgan


Habib  03 Mart 2010, 12:57:21

Bu xotiningizni telefonni nima maqsadda ishlatishiga bog'liq. Qayerdaligini, xol-ahvolini bilish uchun bo'lsa mumkin deb o'ylayman,lekin dugonalari bilan chaqchaqlashish uchun, uyidagilariga gap yetkazish uchun bo'lsa TAQIQLAYMAN!

Qayd etilgan