Yigitlarga savollar...  ( 436662 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 85 B


Abdumuhaymin  31 Mart 2010, 21:16:30

A.alaykum. Uylangan va uylanmagan yigitlarga savol:

Ayol kishini merosi, mol-dunyosi bo'lishi kerakmi, yo'qmi? Bunga qanday qaraysiz?
:bsm:
7. Erkaklar uchun ota-onalari va yaqin qarindoshlari qoldirib ketgan (meros)dan ulush bordir. Ayollar uchun (ham) ota-onalari va yaqin qarindoshlari qoldirib ketgan (meros)dan ulush bordir. Bu ozmi-ko'pmi farz qilingan ulushdir.
8. Meros taqsimiga uzoq qarindoshlar, yetimlar va miskin (bechora hol)lar hozir bo'lsalar, ularni ham u (meros)dan bahramand qilib, ularga yaxshi gapiringlar!

11. Alloh farzandlaringizga (meros yuzasidan) bir o'g'il uchun ikki qiz ulushi barobarida (meros berishni) vasiyat qiladi. Agar (merosxo'rlar) ikkidan ortiq ayol bo'lsa, ularga (marhum) qoldirgan narsaning uchdan ikkisi, agar yakka qiz bo'lsa, unga (merosning) yarmi (tegur). Agar (marhumning) farzandi bo'lsa, ota-onasining har biriga qoldirgan (meros)ning oltidan biri (tegur). Agar farzandi bo'lmay, faqat ota-onasi merosxo'r bo'lsa, u holda onasiga uchdan bir (haq) tegur. Agar (marhumning) aka-ukalari bo'lsa, onasiga oltidan bir (haq) tegur. (Bu taqsimotlar marhumning) qilgan vasiyati yoki qarzi (ado etilgan)dan so'ng (ijro etilur)*. Ota-onalaringiz va farzandlaringizning qaysi birlari sizlar uchun foydaliroq ekanini bilmaysizlar. (Shuning uchun meros taqsimi) Allohning (o'zi) tomonidan (belgilandi va) farz qilib qo'yildi. Albatta, Alloh bilimdon va hakimdir.
12. Sizlarga xotinlaringiz qoldirgan (meros)dan - agar ularning farzandi bo'lmasa - yarmi (tegur). Agar ularning farzandlari bo'lsa, sizlarga ular qoldirgan (meroslari)dan to'rtdan bir (hissa) tegur. (Bu taqsimot) u (marhumalar) vasiyati yoki qarzi (adosi)dan keyin (ijro etilur). U (xotin)larga sizlar qoldirgan (meros)ning - agar farzandlaringiz bo'lmasa - to'rtdan bir (hissa) tegur. Agar farzandingiz bo'lsa, ularga siz qoldirgan (meros)ning sakkizdan biri tegur. (Bu taqsimot) sizlar qilgan vasiyat yoki qarz (adosi)dan keyin (ijro etilur). Agar (vafot etgan) erkak yoki ayolning ota-onasi ham, farzandlari ham bo'lmay, (balki ona tomonidan) bitta aka yoki ukasi yoxud opa yoki singlisi qolgan bo'lsa, ularning ikkovidan har biriga oltidan bir (hissa tegur). Agar (ular) bu (adad, ya'ni, bitta)dan ortiq bo'lsalar, ular (merosning) uchdan bir (hissasi)da teng sherik bo'lurlar. (Bu taqsimot merosxo'rlarga) zarar yetkazilmasdan qilingan vasiyat yoki qarz (adosi)dan keyin Allohning buyrug'iga binoan (ijro qilinur). Alloh bilimdon va halimdir.
(Niso)


Qayd etilgan


Akbarjоn  31 Mart 2010, 21:43:59

Akbarjon har doimgiday tezda hulosani chiqarib qo'yibsiz-u...
Heh kim tez hulosa chiqarmadi, savolizdan shu mano kelib chiqdi, anglangan ma'no bo'yicha javob berdim, agar bizning javobimizni xoxlamaskansiz unda javob beruvchilarni boshqa User larga o'xshab chegaralab qo'ysangiz bo'larkan!

Men Dinni amrini muhokama qilaylik, demadim, e'tibor bergan bo'lsangiz,

Nafaqat Dining amri balki dunyoviy qonunchilika ko'ra erkak kishining xam ayol kishining xam me'rosdan ulushi bor, buni aytib o'tdim, shuni bilganimiz xolda bu yerda yo'q ayollar meros olishi yaxshi emas deb kim aytadi, unaqada savoliz ritorik savol bo'lib qolyabdiku

Iqtibos
hech O'zbekistonda ayol yoki qiz bolaga meros teng bo'lishilganini ko'rmadim, deb ta'kidladim holos. Eshitganlar bo'lsa yozsin, dedim....

siz deylik O'zbekistonda ma'lum bir qismida deylik 20 yoki 25 yil yashagandirsiz, bu degani siz ko'rmagan bo'lsangiz O'zbekistonda erkak kishilar ayol kishini xaq xuquqlarini poymol qilyabdi deganimasku. Xattoki oxirgi vaqtlarda ayol kishning o'rni erkak kishinikiga nisbatan oshib ketayotganligini ko'pchilik tasdiqlashi mumkin
O'zim guvoh bo'lgan xlarda ayol kishilar erkak kishilarga nisbatan meros talashishlikda anchagina "o'rnak" bo'la olishadi, janjal ko'tarish ayyu-hanos solish sudda, balki meros talahsganliklari yuzasidan xech qanday ma'lumotga ega bo'lmaganligingiz uchun xam shunday deyayotgan bo'lsagiz kerak

Undan keyin, O'zbechilik deb, istixola qilish urf odatlar deb ayrim ayollarni o'zlari me'rosdan VOS KeCHISHADI O'zbekiston respublikasi Notarial qonunchiligiga ko'ra merosdan vos kechish huquqi 6 oygacha saqlanadi (istisno qiluvchi xolatlar bundan mustasno), 6 oydan keyin merosdan vos kecha olmiydi! Shunday ekan, agar me'rosdan vos kechmasa qanday qilib ularga me'ros tegmasligi mumkin! (Agar vasiyat bo'lsa unda boshqa gap)

Iqtibos
İltimos savoldan ham har xil fikrlar chiqarmaylik...

Unday bo'lsa savolni aniq qilib yoritish kerakda!
mana ko'rib turganingizday savoliz aniq tushunarli qilib berilmagani uchun 2 marta izoh berishngizga to'g'ri kelyabdi, shuning o'zi xam savolni tushunarsiz berganligingizni bildirmiydimi


Qayd etilgan


Ansora  31 Mart 2010, 21:49:43

İnsho yozibsiz-u rahmat:)

Ha shu gaplarni savolga javob tariqasida yozsangiz ham bo'larkan. Misollar ham sizda anchagina ekan, yaxshimi yomonmi...

2-3 kishi javob beribdi, siz esa shunday-bunday debsiz, bu ham sizni tezda hulosa chiqaradigan tarafingizni ko'rsatmayabdimi ukam:)

Gapirsa gap ko'p.

Sizdan olingan javob ham meni "O'zbekistonda ayol-qizlarga berilgan meros", mavzuidagi statistik ma'lumotlarimga kiritildi, rahmat alohida:)

Javoblarni kutib qolaman qolganlardan ham :)

Qayd etilgan


Shokir63  03 Aprel 2010, 17:05:54

A.alaykum. Uylangan va uylanmagan yigitlarga savol:

Ayol kishini merosi, mol-dunyosi bo'lishi kerakmi, yo'qmi? Bunga qanday qaraysiz?

Barchamiz bilamizki dinimizda ayollarga ham meros qoldiriladi va ularning boy bo'lishiga ham yomon qaralmaydi va shuni ham bilamizki erkak bo'lsin, ayol bo'lsin boylarga qiyin.

YUrtimizda ayollarga meros qoldirilmayotgan bo'lsa, bu yurtdoshlarimizning meros ilmiga sohib ega emasliklaridir, nafaqat ayollarga, balki erkaklarga ham to'g'ri taqsimlanmagan holatlar juda ham ko'p. Masalan bir ota bir o'g'liga uni yoqtirmagan uchun meros qoldirmagan voqealar ko'p, ammo otaning bunga haqqi yo'q, adolatli bo'lishi kerak va bu otadan o'g'li qiyomatda haq talab qila oladi.

Bilamizki qiz o'g'ilga qolgan merosning 50% teng merosni oladi, buni erkak va ayol orasidagi tengsizlik deguchilar ham bor, ammo buning juda ham ko'p hikmatlaridan tabiiyki ular bexabar.
Ojiz aqlimga etgan hikmatlardan biri.
Qiz erining himoyasida yashaydi, erkak oila boquvchisi, otasi o'lgan yigitga ko'prpq yordam kerak. Qiz o'g'il bilan teng olsa, o'g'ilning qizga nisbattan shavqat hissiga putur yetishi mumkin va qizning kam olishi, shavqat hissiga yaxshi ta'sir qiladi, qizning eri bevaqt qazo qilsa o'g'il o'sha shavqat hissi bilan qizga sohib chiqadi. Va hokazo.

Kapalak opamiz men ayollarning meros olishi bilan bog'liq ko'p noxush voqealarga duch kelganman deganlar. Ammo bu voqealarning na meros bilan aloqasi bor, na merosxo'rlarning ayol bo'lishi bilan. BU voqealarning bariga ilmsizlik sababchi: otaning ilmsizligi, o'g'ilning ilmsizligi, ayolning ilmsiligi, atrofdagilarning ilmsizligi. Ilmsizlikdan kelgan iymonning zaifligi.

Qayd etilgan


Shokir63  03 Aprel 2010, 17:24:30

Mani sovolim quydagicha :1 Nega Baqirib gapirasila?? ???

Baqirib gapirish yaxshi emas, men ham ba'zan baland ovozda gapirib yuborganimni bilmay qolaman. Ammo sokinlikni qo'ldan bermay gapirish, xushmuomala bo'lishga harakat qilish, oilani mustahkam qiladigan yaxshi omillardan biridir va bu fazilatni qo'lga kiritishga harakat qilishimiz kerak. Ayollarning avozlarining uy devorlaridan tashqariga chiqayotganiga ham ko'p guvoh bo'lmoqdamiz, albatta bu oilaning halokati, erning baqirishi boshqa, ayolning baqirishi boshqa. Siyosat qilishda baqirib gapirishning foydasi bor tushunchasi - tamoman xato tushuncha.
Otamning bir qarashlari bor edi, bolaligimda yomonlik qilganimda shunday qarardilar, yuragim shuv etardi, tabiiyki bu qarashning ortida uzun yillar davomida berilgan tarbiyaning ma'nosi turadi.

Savolingiz o'rinli nega baqirib gapiramiz, chunki ishlarimizni past ovozda hal qila olmayapmiz, shu siyosatni yurita olmayapmiz. Bir gap o'qigandim: ichi bo'sh odamning ovozi baland chiqadi.

Qayd etilgan


Afruza  05 Aprel 2010, 23:07:00

Savol: Yigit kishi uchun eng muhim dib hisoblangan 5 hislat deb qaysilarni ayta olasiz?

Qayd etilgan


Shokir63  06 Aprel 2010, 19:51:09

Savol: Yigit kishi uchun eng muhim dib hisoblangan 5 hislat deb qaysilarni ayta olasiz?

1 Mo'min kishining sifatlari.  ;)

Qayd etilgan


Habib  07 Aprel 2010, 09:21:28

Savol: Yigit kishi uchun eng muhim dib hisoblangan 5 hislat deb qaysilarni ayta olasiz?

Yigit kishi chin mo'min bo'lsa unga shuni o'z kifoya! Siz aytayotgan 5 hislat ham,undan ko'prog'i ham chin mo'minda mujassam bo'ladi! Vallohu A'lam

Qayd etilgan


ibrohim  07 Aprel 2010, 17:39:45

Savol: Yigit kishi uchun eng muhim dib hisoblangan 5 hislat deb qaysilarni ayta olasiz?

1.og'ir bosiqlik
2.Lavzli
3.albatta toat ibodatda bo'lishi
4.kam gap
5.halollik

Qayd etilgan


BelleQizcha  07 Aprel 2010, 17:41:30

Savol: Yigit kishi uchun eng muhim dib hisoblangan 5 hislat deb qaysilarni ayta olasiz?
Besh hislati hammasini bilmimanuu lekin Bittasi judaya yoqadi
1-Dostga sodiqlik.///

Qayd etilgan