A.alaykum.
Yigitlarimizga savollar:
1. Hech ko'cha-ko'yda ochiq-sochiq kiyingan qizlarni ogohlantirganmisiz?
2. Sizningcha bu tur ogohlantirishlar qanday bo'lishi kerak?
Oldindan rahmat, javoblar uchun.
Yo'q ogohlantirmaganman.
Lekin bir do'stimning ogohlantirganligiga guvoh bo'lganman va aytishim mumkinki, qoyil qolganman. O'shanda litseyda o'qirdik. O'rtog'im litseyda sinfboshi (starosta) edi. O'ntacha yigit-qizlar kutubxonada dars tayyorlab o'tirgandik. Shu payt bizdan bir sinf pastda o'qiydigan qiz kirib keldi. Kalta yubka, buni ustiga yelkalari ochiq kiyingan. O'rtog'im "Singlim, litsey o'quvchisi bunday kiyinishi yaxshimas", degan odatiy gapni aytmadi. U o'rnidan turdi va qiznin oldiga kelib:
-Qaysi maktabda o'qigansiz,singlim?- deb so'radi.
-Falonchi maktabda, -javob berdi qiz.
-Yaxshi tarbiya berishgan ekan, -dedi o'rtog'im va nari etdi. Qiz sholg'omdek qizarib ketdi. Shu voqeadan keyin o'sha qizning ochiq kiyinganiga ko'zim tushmagan.