Yana savol.
"Qush inida ko'rganini qilar" digan maqolni deyarli hammamiz bilamiz.
Rosti shu maqolni eshitsam o'zimdagi yomon odatlar ertaga farzandlarimda bo'lishidan ch'ochib ketaman.
Chunki "g'irt otasini bolasi" bo'lganlarniyam juda ko'pini ko'ramiz
Siz shu haqida hech o'ylaganmisiz?
Va kelajakda yaxshi bo'lmagan odatlaringizni farzandlaringizda bo'lmasligi uchun o'zingiz bn o'zingiz kurasha olasizmi, harakat qilasizmi?
Lekin qush uyasida faqat ota-onasini emas balki boshqa narsalarni ham ko'radi. Bularga televizor, radio, ko'chadagi odamlarni misol qilish mumkin.
Oddiy misol, meni hali maktabga ham bormaga jiyanim bolalar bog'chasiga bormasidan oldin umumman so'kinishni bilmasdi. Bog'chaga borgach so'kina boshladi.
Televizor ko'rishga ham qiziqtirib qo'yishdi... Hozir sura yodlatishga harakat qilsam yo'q televizor qo'yib bering deb turib oladigan bo'ldi.
Ko'chaga chiqib o'z tengqurlari bilan o'ynashni boshlagach oz-moz yolg'on gapirishni ham o'rgandi.
Hullas hozirda 'qushning uyasi' faqat biz yashab turgan to'rt devorning ichi bo'lmay qolgan... Televizor, radio, mahalla, bog'cha, maktab... bularning barchasini jamnlab 'qushning uyasi' desak menimcha to'g'ri bo'lardi. Bu uyadan chiqib oyga yoki marsga ko'chib ketishning esa sira iloji yo'q.
Lekin Alloh qodir qilgancha yaxshi tarbiya qilishga, yomon muhitga tashlab qo'ymaslikka, va o'zimning kamchiliklarimni to'grilashga umrimning ohirigacha harakat qilaman. Lekin haligi 'uya' masalasiga kelsak uni 'qaytadan qurish' ga yolg'iz o'zimning qudratim yetmaydi.