A.alaykum hurmatli yigitlar.
Siz ayol kishini ho'jayinidan kattaroq o'qishda o'qishiga qanday qaraysiz? Masalan qiz- Unv, Yigit esa- yo maktabni tugatgan, yoki texnikum vhk.
Bu holat oilada qanday ta'sir ko'rsatadi, deb o'ylaysiz?
Javoblar uchun oldindan rahmat.
Men ham o'z shaxsiy fikrimni bildirib o'tsam.
Kimdandir eshitgan edim :"Bir kishi uylanib, yangi uy quribdi. Taqdirning hazilini qarangki, hamma narsaga yetgan puli ayvonning bittagina ustuniga yetmabdi. Nima qilishini bilmay o'tirsa, xotini ota-onasidan qarz olib kelib beribdi. Xullas, uy bitibdi. Oilada nimalar bo'lmaydi, deysiz. Gohida arazlashib, yoki janjallashib qolishsa, xotini nuqul:
-Men pul bermaganimda uyimiz bitmas edi. Uyni men qurdirganman, - deb minnat qilaverarkan.
Bunaqa gaplardan joni xalqumiga kelgan er xotinini puli evaziga kelgan ayvonnni sindirib, birovdan qarz ko'tarib ayvonni qayta tiklagan ekan."
Men ayollarni kamsitmoqchi emasmanu, lekin yuqoridagi savolda tilga olingan xolat oilada ta'sir o'tkazadi, deb o'ylayman. Chunki o’zi hech qayerda o’qimaganu, oliygohni tugatgan qizga uylangan yigitlarni bilaman. Xotinini aytgani aytgan, degani degan. Menimcha, erkak kishi oilani ustuni bo’lishi kerak, xotinini quli emas.
Bu gaplarim bilan kimlarnidir ranjitgan bo’lsam oldindan uzr so’rayman.