Wa alaykum assalom, bu savolni o'qib Payg'ambar SAVning uylarida ikki oylab go'shlik ovqat qilinmaganligi haqidagi hadis, ilojsiz qolgan oila boshlig'i, otani ko'chada harom o'gan hayvonning go'shtini olib bollariga berganligi haqidagi rivoyat, "Voqea" surasini har kuni o'qilsa qashshoqlik uzoqda bo'lishi, boringki qashshoqlik haqida nima eshitgan, ko'rgan bo'lsam, ko'z oldimdan o'tdi. Allohga beadad hamdu sanolar bo'lsinkim, yurtimiz tinch, dasturxonimiz to'kin.
Javobga keladigan bo'lsak, doimiy duoda va harakatda bo'lardim, Alloh taoloning bandalarni toqatidan ortiqcha sinovga tutmasligi haqidagi oyatni doim esda saqlagan xolda doim olg'a intilgan bo'lardim. Albatta qars ikki qo'ldan chiqqanidek bu oilaviy masala, shuning uchun ayol kishi jufti haloliga dalda bo'lishi kerak, sabr-qanoatda bo'lishi kerak.