Shifobahsh yog'lar  ( 57675 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Ansora  21 Yanvar 2010, 23:49:16

Olabaliq yog'i (OLEUM DE LA TRUITE)

Ruschasi- Kumja

http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D1%83%D0%BC%D0%B6%D0%B0

Romatizm va bel og'riqlarida ishlatiladi. Muskullarni yumshatadi.

Foydalanilishi: Jildga masaj shaklida surtiladi.

Qayd etilgan


Ansora  29 Yanvar 2010, 18:56:47

Malina - Maymunjon —Ahududu (Turkchasi)- Frambuaz- OLEUM RUBIUS IDEAUS

Tomoq og’riganda, romatizm, gut (yani podagra) va shakar kasalliklarida ishlatiladi. İch ketganda va istima ko’tarilgan ham yaxshi natija beradi. C va E vitaminiga boy bo’lganligi uchun jild parvarishida ham tavsiya etiladi.

Foydalanilishi: Tomoq og’riganda 1 stakan iliq suvga 8-10 tomchi tomizilib g’arg’ara qilinadi. Bolalarga esa oqqan yoki qandni ustiga 3-4 tomchi tomizib yedirishingiz mumkin.
Romatizm, podagra kasalliklarida teriga massaj shaklida surtiladi. 
Jild parvarishida esa piling va massaj shaklida ishlatishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Ansora  29 Yanvar 2010, 18:57:22

Bergamot- Bergamut- BERGAMUTA AROMA

Stres va charchashni ketkazuvchi yog’ bo’lib bundan tashqari immunitetni quvvatlantirishda yordam beradi. Ekzema muolajasida ham ishlatiladi. İshtaha ochuvchi sanaladi. Bu bilan birga choyga lazzat beradi.

Foydalanilishi: 1 stakan suvga 2-3 tomchi tomizilib kunda 2 mahal ichiladi. Jildingizga massaj shaklida surtib, horg’inligingizni ketkazishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Ansora  29 Yanvar 2010, 19:10:04

Rayxon yog'i - BASIL ESSENTIALOIL

Par muolajasida asab buziqliklari, allergiya, bosh og'risi, migren sabab bo'lgan barcha stres holatlarida ishlatiladi. Vannaga rayxon solib cho'milish qondagi zararli kislotalarni ozaytirib, podagra kasalligi uchun foyda beradi. Jildning tozaligini qo'rib, husnbuzarlarni yo'qotadi. Me'da faoliyatini yengillashtiradi, qorindagi gazni ketkazadi. Chivin va pashshani yo'qotishda ham ishlatiladi.

Foydalanilishi: 1 qandni ustiga 5-6 tomchi tomizilb yeyiladi.

Eslatma: Homilador ayollar va bolalarda iste'mol qilinishi ta'qiqlanadi

Qayd etilgan


Ansora  29 Yanvar 2010, 19:15:07

Glitserin yog'i

Romatizm kasalliklarida, jild parvarishi va yumshatishida ishlatiladi. Oyoq, jild va qo'ldagi yorilgan qismlarni parvarish qilishda yordam beradi.

Foydalanilishi: Jildga massaj shaklida surtiladi.

Qayd etilgan


Ansora  29 Yanvar 2010, 19:20:40

Atirgul yog'i - OLEUM ROSA

Jildni taranglashtirib, parvarish qiladi. Allergik kasalliklarda, ekzemali jildlar va ochiq yaralarda ishlatiladi. Makiyajni tozalaydi, homiladorlikdan qolgan dog'larni ketkazadi. Xushbo'y hid berganligi uchun parfumeriyada ishlatiladi.

Foydalanilishi: Jildga massaj shaklida surtiladi.

Eslatma: Qo'l va jildga Shirin bodom yog'i bilan aralashtirib surtishingiz mumkin. Yog'ni surtgandan keyin darrov quyoshga chiqmang, kechqurunlari ishlating.

Qayd etilgan


Ansora  07 Fevral 2010, 14:44:25

Findik yog'i OLEUM CORYLINE

Quruq va horg'in jildlarga surtiladi. Varikoz kasalligida, soch to'kilishida katta foyda beradi. Homiladorlik paytida va bola tug'ilgandan keyin ona jildining yumshoq bo'lishi uchun ishlatiladi. Qorin qismining "yorilishini" oldini oladi. Massaj shaklida surtiladi. Tselulitta va farzand ko'rgandan keyin jildning o'zini "to'plab olishida" ham yordam beradi.

Foydalanilishi: Jildga massaj shaklida surtiladi. Sochingiz uchun esa bosh terisiga hafif harakatlar bilan surting.

Qayd etilgan


munisaxon  26 Mart 2010, 20:08:16

Assalomu alykum nega mavzuni davom ettirmay qo`dingiz juda foydali ma`lumotlar berayotgan edingiz

Qayd etilgan


Ansora  27 Mart 2010, 15:24:47

Assalomu alykum nega mavzuni davom ettirmay qo`dingiz juda foydali ma`lumotlar berayotgan edingiz

V.assalom. Sizlarga foydasi tegayotganligini bilish meni xursand qildi:)
İnshalloh vaqtim bo'lishi bilan tarjima qilib, yozishga harakat qilaman...

Qayd etilgan


Ansora  31 Mart 2010, 20:36:10

Shalfey parlanuvchi yog'i   (OLEUM SALVIA )

Shalfey haqida rus tilida ma'lumot:

http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A8%D0%B0%D0%BB%D1%84%D0%B5%D0%B9

Foydalari: Qorindagi damni ketkazadi, ko'p terlaydigan insonlar uchun juda foydali. Yarani tuzatadigan, antiseptik hususiyatga ega. Yosh bolalarda qorindagi gazni ketkazishda foyda beradi. Bundan tashqari astma va bronxit kasalliklarida, ayollarda esa hayz tartibsizliklarida keng foydalaniladi.

İshlatilishi: Kunda bir stakan suvga 3-5 tomchi solinib ichiladi. Bundan ko'pi zararlidir.
Yaralar uchun  yarani ustiga surtiladi. Gazni ketkazishi uchun yosh bolalarga massaj shaklida ham ishlatishingiz mumkin. Oyoq hidini ketkazish uchun bu yog' solingan iliq suvga oyog'ingizni vanna qiling.


Qayd etilgan