Fikrlar, mushohadalar...  ( 25199 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Shokirbek  15 Dekabr 2009, 00:32:49

 :bsm:

Alloh taologa behad hamdu sanolar, payg'ambariga bedad salavotu salomlar bo'lsin.


Ba'zi yerlarda ba'zi mavzular haqida yozgan paytlarim bo'lgan ekan. Shularni bir yerga to'plab, yana kallaga boshqa fikrlar kelsa, yozib borarman, deb ushbu blogni ochdim. Kamlarini siz muhtaramlarning faol ishtiroklari to'ldirib boradi, inshoolloh, degan umiddaman..

Sevgi-muhabbat haqida:

Muhabbat (sevgi) juda ulug', nozik va bebaho tuyg'u. Bu Odam ato va momo Havvo yaratilganidan beri bor bo'lib, ko'rinishlarini ulamolar turli xillarga - navlarga bo'lganlar.
Bulardan eng oliysi va cho'qqisi - Allohga bo'lgan muhabbatdir. Kishi o'z Yaratuvchisini jon dilidan sevmas ekan, uning yo'lida barcha narsasidan kechishga tayyor bo'lmas ekan, komil musulmon bo'la olmaydi. Shuning uchun ham ulamolar ibodatni (bandaning Allohga qiladigan amallarini, xoh kundalik ibodatlar bo'lsin, xoh barcha qiladigan ezgu ishlari bo'lsin) bir qushga o'xshatishib, uning boshi - Allohga bo'lgan muhabbat, sevgi, ikki qanoti esa - xavfu rajo - Allohning rahmatidan doim umidvor bo'lib, uning g'azabidan qo'rqib turishdir, deyishgan. Qushning boshi ketsa unda jon asari qolmaganidek, ibodat behislik bilan, muhabbatsiz, sevgisiz ado etilsa, o'sha boshsiz qushdek jonsiz ibodat bo'lib qoladi...
Undan keyingi o'rindagi muhabbat bu - Rosululloh  :sw: ga bo'lgan muhabbatdir. Bu muhabbat - Allohga bo'lgan muhabbatdan tashqari barcha muhabbatlardan ustun bo'lmog'i kerak. Payg'ambar  :sw: aytadilar: "Men biringizga o'zidan, otasidan, bolasidan, barcha odamlardan suyukliroq bo'lmagunimcha u kishi mo'min bo'la olmaydi".
Undan keyingi muhabbat bu - tabiiy muhabbat bo'lib, kishining o'z ota-onasi, bola-chaqasiga bo'lgan, boshqa yor-birodarlarga bo'lgan muhabbatidir.
Yuqoridagi so'zlarni asosiy mavzuga aloqador bo'lgani uchun, garchi ular haqida ixtilof bo'lmasada aytishni ma'qul topdim.
Endi mavzuimizning asosiy ustuni bo'lmish, ko'pchilikni hayronu sargardon etgan sevgi, g'ariziy muhabbat to'grisida bir ikki og'iz so'z aytsam.
Yigit kishining bir qizni, yoki aksincha, qizning biror yigitni sevib qolishi ayb emas, lekin, undan keyingi bo'ladigan tasarruflarga qarab, ayb va gunoh, yoki yaxshi ish qilingan bo'ladi.
Bu tuyg'u tabiiy tuyg'u bo'lib, uning uylangandan keyin kelishi shart emas. Muhimi, ushbu sevgi yuqoridagi Allohga bo'lgan, payg'ambariga bo'lgan muhabbatdan to'sib qolmasa bo'ldi.
Oila qurishda sevib uylanish Islomda qoralanmagan, lekin undan keyingi qadamlarning qay darajada ekaniga qarab harom yoki to'g'ri bo'ladi, biroq sevish bilan birga kishida oila mas'uliyatini his qilish albatta bo'lmog'i zarur. Zero, oilani parchalanishdan ushlab turadigan tuyg'u sevgidan ham ko'ra bu o'sha mas'uliyatni his qilishdir. Oilia bo'g'lami, bir begona qizning (yigitning) sizga mahram bo'lib, jonu taningizga aylanib ketishi, butun vujudi bilan sizniki bo'lishi oddiy ish emas, juda muqaddas narsadir. Shuning uchun ham Rosululloh  :sw:: "Allohdan xotinlaringiz haqida qo'rqinglar. Chunki ularni Allohning amonati bilan oldinglar, ularning teginish harom bo'lgan yerlarini Alloh kalimasi ila halol qildinglar!" deganlar. Shunday ekan, bu muqaddas bog'lamni o'zaro sevgi bilan bir qatorda o'sha amonatni his qilish orqaligina mahkam tutish mumkin.
Xotin kishi shunday bir xazina ekanki, uni dastavval kashf qila olmas ekansiz, keyinchalik uning ijobiyatlari ko'zga tashlanar ekan. Ayniqsa, farzandlar dunyoga kelgandan keyin. Bu tuyg'uni so'z bilan ado etish qiyin..
Yuqoridagi Alloh va payg'ambariga bo'lgan muhabbat haqida aytilgan so'zlarni eshitib ba'zilar balki: "Biz ham Alloh va Rasulini yaxshi ko'ramiz", deyisharda, so'ngra bilgan ishlarini qilib, o'z seviklilari ila noshar'iy muomalalar, uchrashuvlar uyushtirishar, u narsa Allohga ma'qul ishmi, payg'ambari keltirgan yo'lga muvofiqmi, yo'qmi, qayrilib ham qaramaslar.
Shuning uchun bu yerda ta'kidlab o'tmoq zarur bo'lgan nuqta shuki, Alloh va Rasulining muhabbati quruq gap bilan da'vo qilib qo'yiladigan arzongina mato emas, balki kishining butun vujudini chulg'ab olgan, har bir so'z, har bir harakatini o'sha tuyg'uga hamohang tarzda bajarilishi kerak bo'lgan, AMAL bilan yo'g'rilgan bir bebaho gavhardir. Kishi modomiki barcha hatti-harakatini Payg'ambar keltirgan yo'lga muvofiq qilmas ekan, "Men Alloh va Rosulini bunday yaxshi ko'raman", "Mening muhabbatim unday" deb olamga jar solsada, uning so'zlari qup-quruq da'vo bo'lib qolaveradi.
Shuning uchun Payg'ambar zamonlarida yuqoridagi tuyg'uni da'vo qilganlarga Alloh subhonahu va taolo Oli Imron surasining 31 - oyatini nozil qildi: " (Ey Muhammad, siz o'sha da'vogarlarga qarata) ayting: Agar Allohni yaxshi ko'rsalaringiz, menga ergashinglar, shunda sizlarni Alloh yaxshi ko'radi, gunohlaringizni kechadi. Alloh gunohlarni kechiruvchi, rahmli zotdir".
Shunday ekan, har bir Alloh va Rasulini yaxshi ko'raman, degan kishi ushbu tarozida o'zini o'lchasin, Payg'ambarning yo'llariga bo'lgan payravligiga qarab uning natijasi ma'lum bo'ladi, qilgan da'vosi qay darajada to'g'ri-noto'g'riligi yuzaga chiqadi.
Ba'zilarning sevgisi esa shu darajaga borib yetadiki, ular bu sevgining badalida barcha narsadan, hatto dindan ham kechishga tayyor bo'lishadi. Boz ustiga, ana shunday Alloh va Rosulining muhabbatidan to'sadigan sevgini ko'klarga ko'tarib maqtaydigan, ularni qahramonlar darajasiga olib chiqqan qalamkashlar qadimda ham serob bo'lgan, hozir ham bor. Bu darajaga yetgan sevgi kishi iymoni uchun xatarli sevgi bo'lib, qalbida o'sha suyuklisiga bo'lgan sevgidan boshqa sevgiga joy qolmagan, shuning uchun suyuklisi tur desa, turadi, o'tir desa o'tiradi, mabodo sajda qil menga, deydigan bo'lsa, sajda qilishga ham tayyor bo'ladi. Bunday sevgi asosan kishining yoshligida ota-onasi tomonidan unga Alloh va Rasulining muhabbati kishi ko'nglida qay martabada bo'lishi kerakligi uqtirilmaganidan hosil bo'ladi. Shu bois, bolalarga go'dakliklaridanoq shu tuyg'ular singdirilmog'i lozim, toki ular voyaga yetganlarida o'shanday behudud (zero bandaga bo'lgan sevgining chegarasi bo'lmog'i darkor) sevgiga emas, shar'iy, me'yorli sevgiga ro'baro' bo'lsinlar.
Xulosa shuki, ko'rib uylanish Islom buyurgan ishlardan, shu maqsadda yurgan odam birovni sevib qolgan bo'lsa, bu g'ariziy (kishining ichki tabiatidan chiqqan) hol bo'lib, unga tezda chora ko'rishi kerak (sovchi qo'yib uylanishga harakat qilish kerak, bo'lsa yaxshi, bo'lmasa darhol ko'ngilni uzishga harakat qilish zarur), noshar'iy ishlar aralashib ketmasdan. Keyin eng muhim narsa shuki, oilani Allohning kalimasi asosida qurasiz, bunga panja orasidan qaramang, bu ish bilan hazillashmang.


Qayd etilgan


Shokirbek  15 Dekabr 2009, 00:45:23

Iymon, muhabbat, mehrlarning orasidagi farq degan savolga yozilgan javob edi..:

Iymon tushunchasi juda keng tushuncha bo'lib, uning asosi (bu albatta, musulmonlarga tegishli) - Allohga, farishtalariga, yuborgan payg'ambarlariga, tushirgan kitoblariga, Oxirat kuni kelishiga - o'lgandan so'ng qayta tirilish albatta bo'lishiga, barcha Qiyomatga qadar bo'ladigan narsalar Alloh tomonidan taqdir qilib qo'yilganligiga - yaxshiyu yomonlik Ollohning taqdiri ila bo'lishiga iymon keltirish, qattiq ishonishddir.. Lekin o'sha Ollohga bo'lgan iymon qanday bo'lishi kerakligi xususida ulamolar juda nozik bir gapni aytadilar.. Ular banda qiladigan ibodatni so'ng darajada muhabbat bilan, so'ng darajada bo'ysunish, taslim bo'lish orqali, azobidan qo'rqib (xavf birla), rahmatidan umidvor bo'lib (rajo bilan) qilsin, deydilar.. Ular shu gapni aytishar ekan, ibodatni bir qushga taqqoslaydilar, uning boshi muhabbat, ikki qanoti esa - xavfu rajo, qush boshi ketsa o'lishi, ikki qanoti ketsa ucholmasligi muqarrar bo'lganidek, Ollohga muhabbatsiz ibodat ibodat emas, iymon iymon emas, xavfu rajosiz esa kemtik bo'lib qoladi, deydilar..

Iymonning keng ma'noda ekanligiga ur'gu berib, payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam shunday deydilar:
"Iymonning yetmishdan (ba'zi rivoyatlarda oltmishdan) ortiq bo'laklari (tarmoqlari, irmoqlari) bor bo'lib, eng yuqorisi "la ilaha illalloh" (Ollohdan o'zga ibodatga loyiq bir jon yo'q) kalimasi, bo'lsa, eng quyisi - ozor yetkazadigan narsani yo'ldan chetga olib qo'yishdir".

Yuqoridagi keng ta'rifdan ko'rinib turibdiki, iymon ichiga mehr (rahm, shafqat, ko'ngil iliqligi), muhabbatning boshqa turlari ham kirib ketadi..

Qayd etilgan


Shokirbek  15 Dekabr 2009, 01:15:28

Blog muborak bo'lsin Shokirbek aka!

postlaringizni boshidagi shu postga atalgan mavzuchani,oyat,hadislarni,keyin muhim no'qtalarini postingizni--qora yozuvda yozsangiz qandoq bo'ladi?

Bir ajralib tursa, ajoyib chiqadimi deb o'ylovdim : )

uzr,sizzi chiroyli postlaringizni orasiga tumtoq bo'lib tushdi bu postim : )


Rahmat, qulluq.
Juda o'rinli mulohaza bo'libdi, to'g'rilab qo'ydim.

Qayd etilgan


Shokirbek  15 Dekabr 2009, 15:18:41

Ibodatning keng ma'nosi (sevishganlar kuni munosabati bilan yozilgan):

Musulmonlar e'tiqodiga ko'ra dunyo hayotida barcha bandalar ibodat uchun yaratilgan. Ibodat bu yerda ba'zi diniy marosim va vojibotlarni qilishdan iborat emas, keng ma'nodagi ibodat bo'lib, unga turish ham, yurish ham, kulish ham yigi'i ham, jiddiylik ham, hazil ham, uyqu ham, uyg'qoqlik ham, yeyish ham, ichish ham, hatto o'z ayoli bilan jinsiy yaqinligu, hojatga borishlar ham kirib ketadi. "Men bandalarimni faqat mengagina ibodat qilish uchun yaratdim" degan oyatning tafsirida hazrat Ibn Abbos (r.a.): "ya'ni, faqat mening yolg'izligimga barcha sohada iqror bo'lish uchun" deb ma'no beradilar. Barcha Islom ulamolarining ittifoqi bilan (bunda biror kishi boshqa so'z demagan) ibodatning keng ma'nosi o'sha yuqoridagi barcha narsalarni o'z ichiga oladi. O'sha narsalarni cheksiz muhabbat va behad bo'ysunish bilan qilish - ibodatning chin ma'nosidir. Zero, ibodat - Allohga bo'lgan cheksiz muhabbatu U Zotga bo'lgan so'zsiz bo'ysunish, taslim degani. Bu degani - kishi turganida ham, yurganida ham, barcha holatida Yolg'iz Parvardigorga taslim bo'lib, Uning bandalari uchun chizib bergan hayot yo'lidan yuraman, "falon ishni qil", desa qilib, "falon narsani qilma" desa to'xtayman, degani. O'zi haqiqiy qullik, komil bandalik, chin ubudiyyat ham shundada. Modomiki, sen Allohga qul, banda ekansan, uning barcha buyurgan ishlarini qilib, qaytargan narsalaridan qaytasan.

Endi bu yerda, ushbu ikki narsa - buyruq va qaytariqdan boshqacha o'laroq bir odatiy, hayotiy narsalar bor, kishi u narsalarni qilish va qilmasligi o'z ixtiyorida, yana Alloh joriy qilib qo'ygan tabiat qonunlari bo'yicha qilishga mahkum bo'lgan (uxlash, hojatga borish va hk.) narsalar ham bor. O'sha yuqorida sanab o'tilgan barcha narsalarda kishi ibodatning o'sha keng ma'nosini his qilib, ushbu tabiiy ishlari, hatti-harakatida ham Alloh roziligini istaydigan bo'lsa, hayotining barcha jabhasi komil ibodatga aylanib ketadi.

Payg'ambarimiz (s.a.v) Madinaga kelganlarida Ansorlarning o'yin-kulgi qiladigan ikki muayyan kunlari bor edi. Payg'ambarimiz: "Sizlarga Alloh o'sha ikki kundan ko'ra yaxshiroq bo'lgan ikki kunni - Ramazon Hayiti va Qurbon Hayitini almashtirib berdi" dedilar. Ma'lumki, "almashatirish"da avvalgisi bilan keyingisini jamlab bo'lmaydi, jamlasa "almashtirish" bo'lmay qoladi, ba'lki "qo'shish", "ziyoda qilish" bo'lib qoladi. Shundan ulamolar - Islomda biror boshqa yangi bayram o'ylab chiqilishi yoki boshqalardan olib, o'z an'analarimizga "moslashtirilishi" mumkin emas, deydilar.

Islom hayotning barcha jabhalarini o'z ichiga olganligi uchun uni "diniy" va "madaniy"larga bo'lsih islomiy nuqtai nazardan (takror aytaman, islomiy nuqtai nazardan) noto'g'ridir.

Shu nuqta menga ma'qul kelmadi, nega endi unday, deb e'tiroz bildirilsa ham javob o'zgarmaydi. Zero, Islom boshqa dinlar faqat ibodatxona yoki cherkovdan iborat bo'lganidek, faqatgina masjid va unga aloqador narsalardan iborat bo'lmay, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, butun hayotni qamrab oluvchidir.
Zotan, Islom kalimasining chin, tub ma'nosi ham barcha jabhalarda Alloh taoloni yakkalab unga taslim bo'lish, unga itoat qilib, bo'ysunish, shirkdan xoli bo'lishdir.

Alloh taolo an'om surasining 162-163-oyatlarida shunday marhamat qiladi:
"Ayting (ey Muhammad): "Albatta, namozim, nusuk (qurbonlik)larim, yashashim, o'limim (barchasi) butun Olamlar Xojasi (xo'jayini) Alloh taolo uchundir. U zotning biror sherigi yo'qdir. Men shungagina buyurilganman va men bo'ysunguvchilarning avvali - peshqadamiman".


Qayd etilgan


Chustiy  15 Dekabr 2009, 17:01:51

Assalamu alaykum Shokirbek aka!

Muborak bo'lsin, Alloh ushbu sayi harakatlarizi, mezon pallasini o'ng tomoni og'ir kelguvchi amallardan bo'lishini nasib etsin, qolganlar ushbu ma'lumotlarni o'qish uchun sarflagan kuz nurlari, qalblariga tafakkur nuri ila qaytishni Alloh nasib etsin..

Duo mahalda haqqimizga duoda bo'lgaysiz.. 

Qayd etilgan


Shokirbek  16 Dekabr 2009, 14:34:31

Baxtli musulmon sifatlari:

Ma'lumki, barcha jonzot, jumladan inson ham ushbu dunyoda o'ziga foydali narsalarni (albatta, har bir jon o'z nuqtai nazariga ko'ra) iloji boricha ko'proq olishga, zararli narsalardan uzoq bo'lishga o'z bilgisicha harakat qiladi.
Kishilar baxt-saodat to'g'risida o'z dunyoqarashlariga ko'ra fikr yuritadilar, bahslashadilar. Ba'zilar dunyo topish, badavlatlikni baxt deb bilsalar, boshqa biravlar baxtni yuqori mansablarda, nomi tillarda doston bo'lishda ko'radilar. Yana biravlar esa qamchinlaridan qon tomib turganlarini, ommaga qilayotgan behad zulmlarini baxt deb biladilar, o'zlarining bu ishlaridan huzurlanadilar, bahra oladilar"¦
Tag'in boshqa kishilar ushbu dunyoda kishilarga yaxshiliq qilish, adolatlik bo'lishni yoqtiradilar, zulmni yomon ko'radilar. Ushbular, garchi yuqoridagi ishlari tahsinga sazovor esada, biroq baxt-saodat uchun buning o'zi kifoya qilmaydi. Zero, eng ulug' baxt bu — qalb baxti, eng buyuk saodat ko'ngil, yurak saodatidir. Qachonki qalb Allohga bo'lgan iymon, ishonch, muhabbat bilan sug'orilmas ekan, u tap-taqir cho'l, suvsiz sahro kabidir.
Yuqoridagi ma'nolarni ko'ngildan o'tkizgan holda, oyat va hadislarni baholiqudrat taammul qilib, kundalik hayotini quyidagicha o'tkazadigan musulmon eng baxtli, hayotdan eng huzurlangan, uning jilolariga nash'a qilgan odam degan xulosaga keldim. Xayoldan kechayotgan narsalrni, qanday kechgan bo'lsa, shundayicha qo'g'ozga ko'chirganim bois tartibli chiqmagan bo'lsa oldindan uzr bayon qilib qolaman va hurmatli forum ishtirokchilaridan o'z fikr- mulohazalarini aytishlarini, qo'shimchalr qo'shishlarini so'rab qolaman.

Baxtli musulmon o'zida mujassam etgan sifatlar:

1. Barcha gunohlardan, xususan, shirkdan qattiq ehtiyot bo'ladi.
2. Qilayotgan amallarini faqat Alloh uchun xolisona ado etadi, riyokorlik, xo'jako'rsinga amal qilishdan o'zini nihoyatda ehtiyot qiladi.
3. Tilidan Allohning zikri tushmaydi, dimo Ollhni yodda tutadi.
4. Namozni o'z vaqtida o'qiydi.
5. Ertalabki va kechki duolarni aytib yurishni kanda qilmaydi.
6. Kechqurun erta yotadi.
7. Ota-onaning xizmatlarida bo'ladi, garchi ular dinsiz bo'lsalar ham, ularga zinhor tik boqmaydi, aytganlarini qiladi, illo kufr yoki ma'siyat —gunoh ishga buyursalar, ularga yumshoqlik bilan rad javobini beradi, ularning hidoyatga kelishlarini Haq taolodan yolvorib so'raydi.
8. Kishilarga ularning nasabi, mansabi-martabasi yoki rangi, irqi bilan emas, balki Alloh taologa bo'lgan toat ibodati, taqvosiga qarab baho beradi.
9. Din yoki dunyoga foyda bermaydigan, behuda safsatalarga, quruq gap va ishlarga aralashmaydi.
10. G'iybat va chaqimchilikdan qattiq tiyiladi.
11. Doim kulib turadi, tabassum yuzidan arimaydi.
12. Gapirish yoki biror ishni qilishdan oldin shu gapim (ishim) mening din yoki duyoimga foyda beradimi yo yoqmi, deb o'z-o'ziga savol beradi.
13. Sertaammul (kop fikr yuritadigan), sertahammul (ozorlarga sabr qiluvchi), kamgap bo'ladi.
14. Biror ishga qo'l ursa, uni chala qoldirmasdan oxiriga etkazadi.
15. Bo'lib o'tgan ishga oh-voh chekib afsuslanmaydi, o'tgan ishga salavot aytadi.
16. Muloyimlik, mutavoze'lik, kamtarlik doimo unga hamrohdir.
17. Turgan joyini, o'zini, kiyimini ozoda tutadi.
18. Biravlarga til yoki qo'l bilan bo'lsin, ozor bermaydi.
19. Dilda biror bir musulmonga kin —adovat saqlamaydi.
20. Hech kimga hasad qilmaydi, bil'aks, musulmon birodariga yetgan ne'matni ko'rib suyunadi.
21. Achchig'i chiqqan vaqtida g'azabini ichiga yutib, darhol uni ketkizadigan amallarni qiladi: istig'for aytib, turib tahorat qilib keladi (muzday suvga qilinsa yanada yaxshi).
22. Allohga ma'siyat qilinayotgan o'rinlardan doimo uzoqda bo'ladi.
23. Gunohlar ichida eng buzuqlaridan biri bo'lmish xamr-araq bor dasturxonga zinhor yaqinlashmaydi (Rasululloh sallallohu alayhi vasallam uni "ummul xabois"-eng razil, iflos narsalarning onasi-asosi deb bejiz aytmaganlar).
24. Qur'oni Karimni doim o'qib yuradi, har kuni bir poradan kam o'qimaydi.
25. Nomahram bilan zinhor yolg'iz qolmaydi.
26. Biror gunoh ish qilib qo'ysa Alloh taologa darhol tavba qilib, ketidan yaxshi amallar qiladi.
27. Beva bechoralar holidan doim xabar olib turadi.
28. Qarindosh-urug' bilan silai rahimni kanda qilmaydi, bordi keldini uzmaydi, ayniqsa kambag'al qarindoshlar ahvolidan xabardor bo'lib turadi.
29. Qo'ni-qo'shnilar holidan ham boxabar bo'ladi, qo'shnisi nonga zor bo'lgan holda o'zi to'q yotmaydi.
30. Boshqalar bilan qilgan muomalasi shundoq bo'lgan musulmon o'z turmush o'rtog'i, bola-chaqasi bilan a'lo darajada muomalada bo'ladi.

Qayd etilgan


Ansora  16 Dekabr 2009, 14:56:13

31. Musulmon hech qachon noumid bo'lmaydi. Umidsizlik shaytondandir.

32. Tanigan-tanimagan insonlari haqida doimo yaxshi fikrda bo'lib, yomon xayollardan qochadi. Bunga "Xusni-zann" yani go'zal fikr bildirish, deyiladi.

33. Qilgan ishlari va qapirayotgan fikrlari bilan doimo Allohni va haqiqiy Musulmon hulqini eslatib turadi.

34. Bergan va'dasini ustidan doimo chiqishga harakat qiladi, bajara olmaydigan ishi uchun va'da bermaydi...

35. Dunyodagi barcha jonli borliqqa mehr-muhabbat ko'zi bilan qaraydi. Chunki bularning hammasida Allohning zarrasi borligini yurak-yurakdan qabul qilgan bo'ladi...

36. Allohni amr etganlarini Alloh uchun yaxshi ko'rib, Alloh uchun yomon ko'radi.

37. Bolalarni yaxshi ko'radi. Ular bilan bolalarday o'ynab ularni sevintiradi.

38. Vaqti kelganda do'st-yorlari bilan hech kimni ko'nglini og'ritmaydigan shaklda xazillashadi.

Qayd etilgan


Ansora  16 Dekabr 2009, 15:09:07

39. Boshqa din vakillariga turgan joyida qo'li yoki tili bilan ozor bermaydi.

40. Aytganlarini avvalo o'zi bajaradi, "chiroyli gaplar bo'lsa bo'ldi", demaydi.

41. Musulmon, butun sohalarda muvaffaqiyatli bo'ladi, yangiliklarga "ochiq bo'ladi".

41. Musulmonlarni boshqa din vakillariga o'z odobi, hayot tarzi bilan eng chiroyli shaklda o'rnak bo'ladi. "Dinimni, Musulmonlarni qanday qilib yaxshi tomonlama tanitaman, deb jon kuydiradi.

42. Musulmon qo'li ochiq-jo'mard bo'ladi. O'ziga ravo ko'rgan narsasini boshqalarga ham ravo ko'radi.

43. Musulmonni qalbi-paxtaday oq va yumshoq bo'ladi. Tushkunlikka tusgan insonlarni ko'rganda bu xolat huddi o'zini boshiga kelganday jon kuydiradi.

Qayd etilgan


registan  16 Dekabr 2009, 15:53:16

Assalomu alaykum, foydali ma'lumotlaringiz uchun Alloh rozi bo'lsin sizdan.

Quyidagi iqtibosga biroz izoh berolasizmi?

Iqtibos
6. Kechqurun erta yotadi.

Qayd etilgan


Shokirbek  16 Dekabr 2009, 19:24:35

Assalomu alaykum, foydali ma'lumotlaringiz uchun Alloh rozi bo'lsin sizdan.

Quyidagi iqtibosga biroz izoh berolasizmi?

Iqtibos
6. Kechqurun erta yotadi.

Va alaykum assalom. Omin.

Xo'p. Sahehaynda kelgan hadisda Abu Barza al Aslamiy r.a. payg'ambarimiz  :sw: ning xuftondan ilgari uxlashni, xuftondan keyin esa so'zlashib o'tirishni xush ko'rmas ekanliklarini hikoya qiladi.
Payg'ambarimizning xuftondan keyin so'zlashib o'tirmasdan tezda yotishga kirishganlariga sabab - bunda juda ko'p foydalar bor:
1. Erta uxlagan odam tezda uyquga to'yib, bomdod emas, undan ancha ilgari - sahar vaqtida turish imkoniga ega bo'ladi, bu vaqt esa juda muborakdir.
2. Tahajjud namozini o'qish imkoni paydo bo'ladi.
3. Bomdod sira qazo bo'lmaydi.
4. Kishi tetik, g'ayratga to'la bo'ladi.
5. Erta yotishning sog'likka ham foydasi bor.
Bular esa o'z navbatida Alloh suymaydigan, nafratlanadigan kishilar sifatidan uzoq bo'lishni ta'minlaydi. Payg'ambarimiz  :sw: shunday deydilar: "Alloh taolo har qanday mutakabbir, qo'rs, bozorlarda baqirib yuradigan, kechasi o'limtik bo'lib, kunduzi eshakday bo'lib yuradigan, dunyo ishiga taqillab, oxirat ishidan xabari bo'lmagan kimsadan nafratlanadi". (Ibn Hibbon sahehlarida rivoyat qilgan).


Qayd etilgan