Imom Sha’roniy. Payg'ambarimizning (s.a.v) hazrati Aliga (r.a.) nasihatlari  ( 72485 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 11 B


ЖАМШИДЖОН  16 Dekabr 2009, 11:37:30

TAHORAT VA NAMOZ

13 Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: "Tahorat iymonning yarmidir" (Termiziy, "Da’vat", 85; Nasoiy, "Zakot", 1; Ibni Moja, "Tahorat", 5).
"Poklik iymonning yarmidir" (Muslim, "Taho-rat", 1; Termiziy, "Da’vat", 86; Doramiy, "Vuzu’", 2; Ahmad, 4/260, 5/342, 344, 363, 370, 372.)
Poklik iymonning yarmi ekanligidan maqsad quyidagilardir:
1) Poklikning darajasi iymonning yarim darajasiga tenglashadi.
2) Iymon avvalgi gunohlarni ketkazgani kabi tahorat ham ketkazadi.
3) Bu yerda iymondan maqsad namozdir. Alloh jalla jalaluhu marhamat qiladi: "Alloh sizlarning iymoningizni zoe kilmang (Baqara surasi, 143-oyat mazmunidan), Ushbu oyati karimadagi «iymon» lafzidan murodni mufassirlar namoz deganlar. Namoz maqbul bo‘lishi uchun poklik shart. Shunga ko‘ra poklik namozning yarmi deb izohlanadi.
4) Iymon ikki narsani takror qiladi. Birinchisi nafsini yomonliklardan poklash, ikkinchisi a’zolarni poklash. Bunga ko‘ra, badan zohirini (ko‘ringan ust qismini) poklash iymonning yarmi hisoblanadi. Agar qalbi ham botil e’tiqodlardan poklansa, iymoni to‘liq bo‘ladi (A. Dovud o‘g‘li, «Sahihi Muslim", tarjima va sharhi, 2/270, 271).

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Dekabr 2009, 11:54:06

14 Tahorat qilishda a’zolarni uch martadan ko‘p yuvish, suvni bekorga oqizish isrof hisoblanadi. Agar suv o‘ziniki bo‘lsa, tahorat qilishda uning isrofi tanzihiy makruh, agar suv vaqf bo‘lsa tahrimiy makruhdir. Vaqf suvini isrof qilishni harom deganlar ham bor.
Bir kuni Sa’d (r.a.) tahorat olayotganlarida rasululloh (s.a.v.) ning yonlaridan o‘tib qoldilar va iltifot qildilar: "Bu qanday isrof!?"
"Tahoratda ham isrof bo‘ladimi" deb so‘radilar Sa’d (r.a.).
Shunda Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Oqar daryo bo‘yida tahorat olinsa ham (tahoratda isrof bor)" (Ibni Moja, "Tahorat", 48, 425-raqamli hadis.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:56:24

15 Tahorat olib bo‘lgandan so‘ng Qadr surasini o‘qish haqida ushbu hadisi sharif vorid bo‘lgan: "Kimki tahorat olib ortidan "Inna anzalnaahu fiy laylatil qadrni bir marta o‘qisa, siddiqlardan bo‘ladi. Ikki marta o‘qisa shahidlar devoniga qayd qilinadi, uch marta o‘qisa, Alloh taolo uni payg‘ambarlar jamoasi orasida tiriltiradi" (Daylamiy).

16 Tahorat bo‘lmasa, namoz bo‘lmaydi. Masjidda o‘tirib namozni kutish qanday ibodat bo‘lsa, namoz o‘qish niyatida tahoratli bo‘lib yurish ham ibodatdir. Ana shuning uchun malaklar doimo tahoratli kimsalar uchun Allohdan mag‘firat so‘raydilar.

17 Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: "Sizlardan kim juma kuniga yetsa g‘usl qilsin" (Muslim, "Juma", 2).
"Musulmonlar har yetti kunda g‘usl kilib boshi, badanini yuvishi — Alloh taoloning undagi haqqidir" (Muslim, "Juma», 9).
"Kimda kim g‘usl qilib, juma namoziga borsa, namoz o‘qisa va xatib xutbasini tugatguniga qadar uni eshitsa, juma namozini o‘qisa, uning bu juma bilan avvalgi juma o‘rtasidagi gunohlari va yana uch kungi gunohi afv etiladi" (Muslim,"Juma", 26).

18 Misvok bilan tishni tozalash sunnatdir. Rasuli Akram (s.a.v.) marhamat qildilar: "Agar mo‘minlarga mashaqqati bo‘lmaganida har namoz uchun tishlarini misvok bilan tozalashni buyurar edim" (Muslim, "Tahorat", 42).
Avzoiy aytadilar: «Misvok tahoratning yarmisidir. Xususan namozdan avval, tahorat olishda, Qur’oni karim o‘qish oldidan, uyg‘ongach va og‘izning hidi o‘zgargan vaqtda misvok bilan tishni tozalash kerak. Tungi namozlarning har ikki rakati orasida, juma kunida, uxlashdan avval, vitr namozidan keyin, tongda va taom yeyish oldidan misvok bilan tishni tozalash mustahabdir" (Ahmad Dovud o‘g‘li, "Sahihi Muslim», tarjima va sharhi, 2/350).
Rasululloh (s.a.v.) uylariga kirgan, ilk ishlar misvok bilan tishlarini tozalash bo‘lar ekan (Muslim, «Tahorat", 44).
Ahmad ibn Hanbal (r.a.) "Musnad"larida Termiziy Abu Ayyub Ansoriydan (r.a.) shu hadisi sharifni Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: «To‘rt narsa payg‘ambarlarning sunnatlaridan: xatna, tishni misvok bilan tozalash, xushbo‘y surtish va nikoh».
Tabaroniy Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Poklanish to‘rt qismdir: Mo‘ylabni qisqartirish, kindik osti va qo‘ltiq tuklarini olish, tirnoqlarni olish, tishni misvok bilan tozalash". Hadisi sharifda shunday vorid bo‘lgan: "Tishlarni misvok bilan tozalab o‘qilgan namoz, tishlarni misvok bilan tozalamay o‘qilgan namozdan yetmish barobar afzaldir" ("Sahih Buxoriy, Muxtasari Tajrid Sariyh», tarjima, 3/37). Qurayshiy abu Dardodan (r.a.) shunday keltiradi: "Tishlarni misvok bilan tozalashda davomli bo‘ling. Chunki unda yigirma to‘rt hislat bor. Bulardan eng muhimi Alloh taoloning rozi bo‘lishidir. Va yana, namoz yetmish yetti daraja yuksaladi, og‘iz hidi poklanadi, tish milki mustahkam bo‘ladi. Bosh va tish og‘rig‘i ketadi. Tishini misvok bilan tozalovchining yuzi va tishlari porlagani sababli malaklar u bilan musofaha qiladilar" (Ahmad Dovud o‘g‘li, "Sahihi Muslim", tarjima va sharhi, 2/350).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:56:42

19 Qur’oni karimdagi o‘ttiz sakkizta suraning to‘qson bitta oyati namozga taalluqlidir. Qaysi masala muhim bo‘lsa, Qur’oni karimda ko‘p zikr kilinadi. Alloh jalla jalaluhu, muhimligini ta’kid qilgan narsaning, biz mo‘‘minlar ahamiyatini bilishimiz lozim bo‘ladi. Alloh taoloni taniganlar Uning amrlarini bajarishi lozim. Allohni sevgan Uni yod etadi. Uni yod etish ibodat qilish bilan bo‘ladi. Ibodatlarning eng muhimi namozdir. Alloh taologa yaqin, muqarrab qiluvchi amallar boshida namoz o‘rin olgan.
Namoz mo‘minni yomonliklardan va yomon ishlardan saqlaydi: "Kitobdan - Qur’ondan Sizga vahiy qilinganni o‘qing! Namozni to‘la to‘kis ado qiling! Albatta, namoz faqh va buzuq ishlardan to‘sadi" (Ankabut surasi, 45-oyat mazmunidan).
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) rivoyat qiladilar: "Ey Allohning Rasuli, amallarning qay biri jannatga yaqinlashtiradi?" deb so‘radim.
- Namozlarki vaqtida o‘qimoq, deb javob berdilar.
- (Bundan keyin) nima, ey Allohning elchisi? — deb yana so‘radim.
- Ota-onaga itoat, — dedilar.
- (Bundan) keyinchi, ey Allohning Payg‘ambari! — deb yana qayta so‘radim.
- Alloh yo‘lida jihod, — deb iltifot qildilar u Zoti Muborak (s.a.v.)" (Muslim, "Iymon", 138-140; Buxoriy, "Mavoqit", 5; "Tavhid", 48; "Jihod", 1; Abu Dovud, "Solat", 9; Termiziy, "Mavoqit", 13; "Birr", 2; Nasoiy, "Mavoqit", 51;Dorimiy, "Solat", 24;Ahmad, 1/410, 418, 421).
Solihlardan Muhammad ibn Vosiy shunday deydilar: "Dunyoda uch narsani alohida orzu qilaman:
- Adashganimda to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi birodarni;
- Halol rizqni; Xatolarimni afv etilishiga va fazilatim ziyoda bo‘lishiga sabab bo‘ladigan jamoat namozini."
Ibn Abbos (r.a.) shunday deydilar: "Muazzinning ovozini eshitib, unga javob bermagan (masjidga yoki jamoatga bormagan — tarj.) kishi yaxshilikni istamagan kishidir. Unga ham yaxshilik istalmaydi."
Abu Hurayra (r.a.) shunday deydilar: "Odam (a.s.) o‘g‘illarining qulog‘iga eritilgan qo‘rg‘oshin quyilishi, azonni eshitib unga javob bermaslikdan yaxshiroqdir" (Imomi G’azzoliy, "Yahyo ulumuddin», Ali Arslon tarjimasi, 1/500, 501).
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: «Qiyomat kuni banda ilk so‘raladigan amal — namozdir» (Abu Dovud. "Solat», 145).

20 Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: "Jamoat bo‘lib o‘qilgan namoz (farz va taroveh — tarj.) yolg‘iz o‘qilgan namozdan yigirma yetti daraja fazilatlidir." (Buxoriy, "Azon», 30; Muslim, "Masajid", 245-247).
Bir kimsaning jamoat bilan o‘qigan namozi shu namozni uyida yoki tijoratxonasida o‘kishidan yigirma besh daraja fazilatlidir. Bu shundaydir: kishi chiroyli tahorat olib faqat namoz o‘qish niyatida, boshqa narsani ko‘zlamay jome’ga borsa, qo‘ygan har bir qadami evaziga maqomi bir daraja ortadi va bir gunohi o‘chiriladi. Namoz o‘qib bo‘lgach, so‘zlashguncha malaklar: "Allohim, uni afv et, Allohim, unga marhamat qil", deb uning uchun istig‘for aytadilar. Namozni kutgan kishi namozda hisoblanadi" (Buxoriy, "Azon", 30; Muslim, "Masjid», 248).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:56:49

21 Hasan Basriy (r.a.) shunday deydilar: "Olimlarning majlislaridan tashqari butun dunyo qorong‘udir" (Ibni Abdulbarr, "Jami’ul ilmi va fazluh", 1/51).
Hasan Basriy do‘stlaridan Ash’as ibn Abdulloh shunday deydilar: "Biz Hasanning huzuriga kirib, u yerdan dunyoga hech ahamiyat bermaydigan bo‘lib chiqardik" (Abu Nuaym, "Hiyatul avliyo",2/158)
Yunus ibn Ubayd deydilar: "Hasan Basriyni ko‘rgan odam uning amalini ko‘rmasa ham, so‘zini eshitmasa ham undan iste’foda qilar edi" (Ibni Kasir, "Al bidoya van nihoya", 9/267).
Abu Muso Ash’ariy deydilar: «Abdulloh ibn Mas’udning (r.a.) huzurida bir marta bo‘lishim nafsim uchun bir yillik amaldan (nafl tarj.) ham ta’sirli bo‘lar edi" (Qozi Iyoz, "Tartibul madorik" 2/52).
Alloh taolo Qur’oni Karimda marhamat qiladi: "Ey iymon keltirganlar! Allohdan qo‘rqing va sodiqlar bilan birga bo‘ling" (Tavba surasi, 119-oyat mazmuni).

22 Insonning o‘lim oni so‘nggi ondir. Uning eng qiymatli oni ham so‘nggi onidir. Birodarining bu onida yonida bo‘lib unga talqin qilish (tavhid kalimasini aytib turish — tarj.), Qur’oni Karim o‘qish, so‘ngra janozasi va dafnida qatnashish birodarlik vazifalaridandir. Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Kim musulmonning janozasida, savobini Alloh taolodan umid qilib, ishtirok etsa, janoza namozini o‘qisa va dafn ustida ishtirok qilsa har biri Uhud tog‘i qadar bo‘lgan ikki qiyrot savobga noil bo‘ladi. Kim faqat janoza namozini o‘qib dafnida hozir bo‘lmasa, u bir qiyrot ajr bilan qaytadi" (Buxoriy, "Mumin», 35).

23 Xastalik kishini zaiflashtiradi. Xastaga qaragan kishi uning sevgisini qozonadi. Mo‘minning sevgisini qozonish Alloh taoloning roziligini qozonishdir.
Hazrati Ali (r.a.) aytadilar: "Rasulullohning (s.a.v.) marhamat qilganlarini eshitdim: "Qaysi musulmon bir musulmonning xastaligi chog‘ida ertalab ziyorat qilsa, kech kirgunicha unga yetmish ming farishta istig‘for aytadi. Kech mahal ziyorat qilsa, tongga qadar yetmish ming farishta unga istig‘for aytadi. Bu musulmon uchun jannatda xos mevalar bordir" (Termiziy, 963-hadis; Abu Dovud, 3098; Ibni Moja, 1442).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:56:57

24 Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Shubhasiz, Alloh jalla jalaluhu Qiyomat kuni marhamat qiladi: Ey Odam o‘g‘li! Sendan suv istagan edim, Menga suv bermading!
— Ey Rabbim, Sen koinotning Rabbisan. Senga qanday suv beraman? — deydi banda.
Alloh taolo marhamat qiladi:
— Falon bandam sendan suv so‘ragan edi, sen suv bermading. Unga suv berganingda, nazdimda evazini olmasmiding?" (Muslim, "Birr", 43; 2569-hadis).
Boshqa bir rivoyatda shunday deyiladi: "Qaysi bir mo‘min o‘zi och bo‘lsa ham, boshqa mo‘minga (och mo‘minga - tarj.) taom yedirsa, Qiyomat kuni Alloh taolo unga jannat mevalarini yediradi. Qaysi bir mo‘min o‘zi suvsagan bo‘lsa ham, boshqa mo‘minga suv ichirsa, Qiyomat kuni Alloh taolo unga oltin muhrli sharobdan ichiradi. Qaysi bir mo‘min o‘zi kiyimsiz bo‘lsa ham, boshqa mo‘minni kiyintirsa Qiyomat kuni ALLOH taolo unga jannatning yashil liboslaridap kiyintirar"
 
25 Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasuli Akram (s.a.v.): "Nafl namoz o‘qish, nafl ro‘za tutish va nafl sadaqa berishdan ham fazilatli bir amalni xabarini aytaymi?" deb so‘radilar. Sahobalar: «Albatta (ayting)", deyishdi. Shunda ul Zoti Muborak (s.a.v.) iltifot qildilar: "Ikki kishi orasini isloh qilishdir. Ikki kishi orasini buzulishi dinni asosini yuqotadi" (Abu Dovud, "Adab", 58).
Boshqa bir rivoyatda shunday deyiladi: "Kim mo‘min birodaridan bir yil xafa holda yursa, buning qonini to‘kish kabidir" (Abu Dovud, "Adab", 55).

26 Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: "Kimning Allohga va oxirat kuniga iymoni bo‘lsa, qo‘shnisiga yaxshilik qilsin" (Muslim, "Iymon", 77). Rasuli Akram (s.a.v.) ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlariga ishora qilib marhamat qildilar: "Men va yetimni boqqan kimsa jannatda shundaymi" (Buxoriy, "Adab", 24; "Taloq", 25; Muslim, "Zuhd", 42; Abu Dovud, 123; Termiziy, "Birr», 14).
Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: "Musulmonlar yashaydigan uylarning eng xayrlisi yetimga go‘zal muomala qiluvchining uyidir. Va eng yomoni yetimga yomon muomala qiluvchining uyidir" (Ibni Moja, "Adab", 6).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:57:05

27 Hazrati Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunda uyimizga kelib, eshikni taqillatib men va qizlari Fotimaga (r.a.): "Namoz o‘qimaysizlarmi?" deb iltifot qildilar" (Buxoriy, "Tahajjud", 5; Muslim, "Musofiriyn", 206). Rasuli Akram (s.a.v.) marhamat qildilar: "Ey insonlar! Salomni yoying, taom ulashing, tunlari, insonlar uxlaganda, namoz o‘king! Shunda omonlik bilan jannatga kirasiz" (Termiziy, "Qiyomat», 43; 2487-hadis).
"Tunning shunday bir qismi bor: unda dunyo va oxirat uchun xayrli bo‘lgan narsani so‘ragan musulmonga Alloh taolo, albatta, so‘raganini beradi. Bu vaqt har kechada mavjuddir" (Muslim, "Musofiriyn", 167).
Kunduzlar ichida faqat juma kuni ijobat soati bordir. Kechalar ichida esa har kechada ijobat soati bor.
Bir kishi Ibrohim Adhamga debdi: "Men kechalari ibodatga tura olmayabman. Buning chorasini ayta olasizmi?" U zot javob beribdilar: «Kunduzlari Unga isyon etma, U seni kechalari bedor qiladi. Yaxshi bilki, kechasi toat qilishing eng buyuk sharafdir. Alloh taologa isyon qilgan kimsa bu sharafga loyiq emas" (Imom Sha’roniy, "Islom buyuklarning o‘rnak axloqi va hikmatli so‘zlari», 109-sahifa).

28 Tungi namozni doimo o‘qiganlar Ilohiy fayzga noil bo‘ladilar demakdir. Ilohiy fayzga noil bo‘lganlarning siymolarida ham o‘sha fayz ko‘rinishi shubhasiz.
Tahajjud namoziga uyg‘ona olishi uchun kunduzi gunohlardan uzoq bo‘lish, uyqudan oldin taomni kam yeyish, kunduzi makruh vaqtdan tashqari qaylula qilish (quyosh tik holatiga kelmasdan uxlash - tarj.) va barvaqt uxlash lozim bo‘ladi.

29 Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Bomdod namozini kun yorishgach o‘qing. Savoblaringiz buyuk bo‘ladi" (Abu Dovud, "Solat", 8; 424-hadis; Termiziy, "Tahorat", 117; 154-hadis; Nasoiy, "Mavoqshp», 2; 549-hadis; Ibni Moja, 672-hadis). Tong yorishsa jamoat ko‘payadi, erta vaqtida jamoat oz bo‘ladi. Ko‘payishiga bois hol fazilatlidir. Bunga rioya qilish mustahabdir. (Shurunbiloliy, «Maroqil falah", 207-208- sahifa).
Abu Barzo (Nadla ibn Ubaydi Aslamiy) (r.a.) aytadilar: Nabiy Akram (s.a.v.) bomdod namozini yonimizda o‘tirganni taniy oladigan vaqtda o‘qir edilar. Unda oltmish yoki yuz oyatgacha tilovat qilar edilar..."(«Sahihi Buxoriy», «Muxtasari tajridi sariyh»), tarjima va sharh, 2/485).

30 Shom namozini vaqti kirishi bilan o‘qish mustahabdir. Azon va iqomat orasida faqat uch oyat o‘qiganchalik vaqt o‘tishi mumkin.
Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: «Mening ummatim yahudiylar kabi yulduzlar ko‘ringunicha shom namozini kechiktirmasalar, albatta yaxshilikda davom etadilar» (AbuDovud, 418-hadid; Bayhaqiy, 1/370).
Shom namozini kechiktirish makruhdir. Faqat osmon bulutli bo‘lib, quyosh botmagani aniq bo‘lmasa, quyosh botgani aniq bo‘lguniga qadar kechiktirish mustahabdir (Shurunbiloliy, «Maroqil falah", 210-sahifa).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:57:12

31 Alloh taolo shunday buyuradi: "Namozni to‘kis ado qiling, zakot bering va ruku qilgan (mo‘min)lar bilan birga ruku qiling (jamoat bo‘lib o‘qing)" (Baqara surasi, 43-oyat mazmuni).
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Qishloqda yashaydigan uch kishi (bo‘lsa ham) o‘zaro jamoat bo‘lib namoz o‘qimasa, bularning shaytonga mag‘lub bo‘lganidandir. Jamoatga davomli qatnashing. Bo‘ri faqatgina suruvidan ajralgan qo‘yni yeydi" (Abu Dovud, "Solat", 46; Nasoiy, "Imoma", 48; Ahmad, 5/196, 6/446).
Bomdod va xufton namozlarini jamoat bilan o‘qishga intilish kerak. Rasuli Akram (s.a.v.) marhamat qildilar: "Kim xuftonni jamoat bilan o‘qisa, kechaning yarmini namoz o‘qib o‘tkazgan bo‘ladi. Kim bomdod namozini jamoat bilan o‘qisa, butun kechani namoz o‘qib o‘tkazgan bo‘ladi" (Muslim, "Masajid", 260; Termiziy, "Solat", 165; Abu Dovud, "Solat", 48).

32 Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: iKim uyida tahorat qilib, farz namozini masjidda o‘qish uchun chiqsa, Haj ibodatining savobiga erishadi. Kim (to‘shagini) faqatgina namoz uchun tark qilib bomdod namozini masjidda o‘qish uchun uyidan chiqsa, Umra ibodatining savobiga erishadi. Bir namoz so‘ngidan so‘zlashmasdan o‘qilgan boshqa namoz illiyyunda yoziladi" (Abu Dovud, "Solat", 49).

33 Ibn Mas’ud (r.a.) bunday deganlar: "Kim ertaga Alloh taologa musulmon holida qaytishni hohlasa, namozga azon aytilgan joyga (masjidga) doim qatnasin! Alloh taolo Rasulining (s.a.v.) "sunani hudaa"si bor. Bu (namozni jamoat bilan o‘qish) "sunani hudaa"dandir. Agar jamoatni tark qilib namozni uyingizda o‘qisangiz, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) sunnatlarini tark qilgan bo‘lasiz. So‘ng, albatta yo‘ldan adashasiz. Kim komil tahorat qilib, masjidlardan biriga borsa, Alloh taolo uning har qadamiga bir savob yozadi, darajasini bir pog‘ona ko‘taradi, bir gunohini afv etadi. Vallohi, men shunday kunlarni ko‘rganman, unda ochiq munofiqdan boshqa hech bir kishi jamoatni tark etmasdi. Vallohi, kishi ikki birodari orasida oyoqlari sudralib kelib ham safda turar edi" (Muslim, «Masojid", 257; Nasoiy, "Imomat», 50; Ibni Moja, "Masojid», 14).
Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: «Bomdod va xufton namozlari munofiqlarga eng og‘irdir. Bu namozlarni jamoat bilan o‘qish savobi qanchaligini bilganlarida emaklab bo‘lsa ham masjidga kelar edilar» (Buxoriy, "Azon", 34; Muslim, "Masojid", 252).
Munofiq bomdod va xufton namozlarini uyda o‘qiydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:57:20

34 Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Har kuni, har suyak, har bo‘g‘iningiz uchun sadaqa lozim bo‘ladi. Har bir tasbih sadaqa, har bir hamd sadaqa, har bir takbir sadaqadir. Har yaxshilikka chaqirish sadaqa, har yomonlikdan qaytarish sadaqadir. Zuho vaqtida ikki rakat namoz o‘qish ularning o‘rniga kifoya bo‘ladi" (Buxoriy, "Sulh", 11; "Jihod", 72, 128; Muslim, "Musofiriyn", 84; Abu Dovud, "Tatavvu’"; 12; "Adab", 160; Ahmad, 2/316; 328).

35-36 Tabaroniy hazratlari "Al-Avsat" kitoblarida Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Jannatda "Zuho" deb nomlangan eshik bor. Qiyomatda bunday chaqiriladi: «Zuho namozini davomli o‘qiganlar qani? Siz kiradigan eshik mana budir. Alloh taoloning rahmati bilan undan kiring» (Ahmad Dovud o‘g‘li, "Sahihi Muslim», tarjima va sharh, 4/177).

37 Ahmad ibn Hanbal (r.a.) hazratlarining "Musnad" kitoblarida rivoyat qilinadi: Rasuli Akram (s.a.v.) marhamat qildilar: "Solih qo‘shni, keng uy va rohatli bir markab musulmon kishining baxtidandir (baxtini to‘liq qiluvchi unsurlardan)" (Ahmad, 3/407).
Soliha ayol uyning ichki huzurini ta’min qiladi. Iliq muomalasi, farzandlar tarbiyasi, uyining tartibi va pokizaligi bilan eriga orom beradi. Bu Alloh taoloning ato etgan sir va ikromdir.
Jamoat namozi - qalb huzuri, jamiyat inoqligi, ruhga quvvat garovidir. Allohga yaqinlik boisidir.
Kishini yaxshi ko‘radigan qo‘shnisi - haqiqatan ikromdir. Sening harakating, yaxshilik va foydang ularda aks etadi. Bu yaxshilikni kishi o‘ziga qilgandek dalil bo‘ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:57:43

RO’ZA

38 Alloh taolo marhamat qiladi: "Ey mo‘minlar! Sizdan avvalgilarga farz qilishanidek, sizlarga ham ro‘za tutishlik farz qilindi. Shoyadki taqvodor bo‘lasizlar" (Baqara surasi, 183-oyat mazmuni).
Barcha a’zolari bilan ro‘za tutgan kishi taqvodor bo‘ladi. Haromlardan saqlanish, g‘iybat, bo‘hton qilmay, foydasiz so‘zlarni so‘zlamay, behuda ishlar qilmay ro‘za tutish barcha a’zolar bilan ro‘za tutish bo‘ladi.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Ro‘za qalqondir" (Buxoriy, "Savm", 2; "Tavhid", 35; Muslim, "Siyam", 161, 162).
Rahmon jalla jalaluhu, ko‘rsatgan tarzda yashagan bandalaridan rozi bo‘ladi. Rozi bo‘lgan bandalarini abadiy saodat va jannatga vosil etadi.

39 Imom Muslim (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambarimiz Sarvari koinot (s.a.v.) iltifot qildilar: "Kim Ramazon oyida ro‘za tutsa, so‘ng Shavvol oyidan ham olti kun tutsa, bir yil ro‘za tutgan bo‘ladi" (Muslim, "Siyam", 204; Termiziy, 4: 759-hadis; Abu Dovud, 2433).
Amallar savobi birga o‘n darajada yoziladi. Ya’ni Ramazon o‘ttiz kun bo‘lsa, Shavvol oyidagi olti kun bilan o‘ttiz olti kun bo‘ladi. Birga o‘n yozilishiga ko‘ra uch yuz oltmish bo‘ladi. Ramazon va Qurbon bayramlari kunida jami besh kun ro‘za tutish joiz emas.

Qayd etilgan