Robiya  ( 36079 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


shoir  14 Yanvar 2010, 08:29:49

Qatralar. 4-qism

Xayr, ey Mohi Ramazon!

Sen bilan xayrlashganimizga ancha bo'lgan bo'lsa-da, sendan ayrilgim yo'q,sevimli Mohi Ramazon!
Bilasanmi,sen tufayli bir oy mobaynida ko'nglim xotirjam,ruhim orom oldi.
 Senga necha marta minnatdorchilik bildirsam ham oz.Sababi,sen bizga bergan narsani hech  kim va hech nima berolmaydi.Ey oylar sayyidi, har bir saharlik qilganimdagi quvonchni,har iftorlik qilgandagi dasturxon atrofidagi aytiladigan bir-biridan ajoyib hikmatlar... Eh,bu onlar qanchalik oz bo'lsa, shunchalik foydali va masrur onlarni taqdim etgandi.
  Sening sharofating ila necha-necha iymonli kishilar suhbatidan bahramand bo'ldim.Ular bilan seni bizga farz qilgan Allohimga hamdlar aytganimiz kechagidek esimda.
  Biz tomonlarga qilgan bir oylik safaring bizga yillarga tatigulik yaxshiliklar,savob amallar,ajrlarga erishishimizga kifoya.

  Mana,Ey Mohi Ramazon, sen bilan yana bir yilga xayrlashyapman.Yo'q, bu xayrlashish emas,senga aytadigan eng so'nggi so'zim: Keyingi yil diydorlashguncha...

Qayd etilgan


Robiya  16 Mart 2010, 04:15:05

Assalamu alaykum!

***

Tun pardasi yopilib asta,
Tong oq ro'mol o'ray boshladi.
Xoja*sidan bo'lib shikasta,
Xo'roz Sen**i alqay boshladi..

Uxlagan har jonzot uyg'ondi,
Maysa, gullar ko'tarishdi bosh.
Faqat inson g'aflatda qoldi,
Hech eshitmas, yurak misli tosh.

Umring lahzasi-da hisobli,
G'ofil banda bo'lma beparvo.
Uyg'on tezroq, hali ham vaqtli,
Senga mushtoq, kutar joynamoz!..


*Xonadon sohibi
** Alloh azza va jalla

16.03.2010

Qayd etilgan


Robiya  19 May 2010, 17:48:58

:as:

Shirinso’z bo’l, bo’l do’stim halim,
Suhbatingga oshiqsin yurak.
Kalomingda jo bo’lsin Rahim,
Uning zikri, afzaldir beshak!

*** 

Xushsuratu, xush xulqing bezab,
Zabonlaring tinmas shukrdan.
Foniy, boqiy saodat so’rab,
Qalb halovat topar zikrdan.

*** 

Eh, Mahbubim, Sening xayoling,
Qalbim mayli aylasin asir.
Faqat ko’rsat, bir bor Jamoling,
Berma, mayli ko’shk, ayvon, qasr!

Qayd etilgan


Robiya  19 May 2010, 17:49:18

Ozorlaring qalbimga rohat,
Sinoving-la to’laman nurga.
Sen unutma, unutma faqat,
Borganimda nazar sol menga!

*** 

Oshig’ingman yuz tuban, gumroh,
Sendan o’zga ko’rinmas ko’zga.
Ishqing sabab, ming nola-yu oh,
Sig’mayapti birgina so’zga.

***

Visolingni tilaydi ko’ngil,
Nazaringga ko’zlar nigoron.
Osmonlarda parvoz etar dil,
Sen bir nigoh tashlaganing on!

07.05.2010

Qayd etilgan


Robiya  19 May 2010, 17:49:43

Sendan boshqa g’amim yo’q mening,
Izhorimni tinglagin mana:
Jonfidongman,umrbod Sening,
Yoding ila quvnar dil yana!

***

Muhabbatni madh etdi qalam,
Do’stlik, vafo, sadoqatni ham.
Oxir bildi, anglabon yozdi:
"œMadh Sengadir, Senga hamd Egam!"

***

Alloh inoyati, Alloh rahmati,
Bo’lsin yor, qadrli dindosh birodar!
Ibodat zrohati — mehnat zahmati,
Har ezgu amalga ming-ming savoblar.

09.05.2010

Qayd etilgan


Robiya  24 May 2010, 15:48:15

:as:

Muhabbat-la keldim dunyoga,
Muhabbat-la yashayman bugun.
Muhabbatim muhrlab qalbga,
Muhabbat-la ketarman bir kun..

***

Barokat yomg'iri yog'gan bu damda,
 Allohga yuzlandim ming shukrlar-la.
Kunim xayrli qil, sobit qil hamda,
Siyla bizni ilohiy, nurli nazar-la...

***

Kutgan nomin tinglamoq uchun,
Jon quloqqa aylandi mana.
O'sha Nomla bu ruh-tan butun,
Hayot go'zal shu Ism ila..

***

Har bir kuning bo'libon nurli,
 Hatto kulging bo'lsin hikmatli.
 Umr foniy, unutma aslo,
 Har lahzasi belgili, shartli..!

***

Yulduzchalar ko'zlarim misol,
Boqar mahzun, lek to'la ma'no.
Oy-la birga bo'lmoq nurli hol,
Lek ko'kda Oy yagona, tanho...

***

Sharqiroq bir yomg'irlar yog'ib,
 Dilni yorug' aylasa qani?
Oy yuzini to'sgan bulutlar,
Asli qalbim zulmat "chaman"i...

21/05/2010


Qayd etilgan


Robiya  06 Iyun 2010, 15:52:22

:as:

***

Ishq bobida bahs ketib nogoh,
Har xil fikr tinglandi hayhot.
Sevgi nima, ishq asli nedir,
Sevganmisiz deyildi bot-bot.
Javobimni tinglamay turib,
Ishqin so'zlay ketdiku birdan.
Men ham buni hikmatli bilib,
Tingladim jim, kuzatib zimdan.
12 da sevganman debon,
Hayratlarda qoldirdi meni.
Qator savol tug'ildi shu on,
Bu aslida O'sha Sevgimi?
Ha dedi u qat'iy va mag'rur,
Sof muhabbat, ishqning asli shul.
Senga buni anglatish bekor,
Der dardsizga tushunmoq mushkul.
Dardizligim javobim bilan,
Hayrat to'la ko'zlar tikildi.
Bilmam qanday so'zu javoblar,
Necha oshiq nomlar kutildi..
Sevgim haqda so'z ochganim dam,
Yana fikr bildirildiku:
Sening ishqing to'g'ri, avvalo,
U bir ne'mat, ilohiy tuyg'u.
Bunga ushbu so'zlarim sabab:
Dindoshim, men bir ishqning quli,
To tirikman, hayotda Alloh
Va Rasulning oshiq bulbuli...
Yana davom etdi muloqot,
Xotiralar bir bir eslandi.
Ishq haqida so'ralib bot-bot,
Ishq haqida rozlar tinglandi...

PS.: suhbat asnosida tug'ilgan ijod namunasi :)



Qayd etilgan


Chustiy  07 Iyun 2010, 03:23:06

Qoyil odamlada qanaqip, ilhom, qofiya kelarkin a?
 shundo ko'zini yumsa kevuradimi? yoki ilhom keltruvchi biron bir tabletka bormi?
Manam ovqatlaga qarab biir she'r to'qirdimde :D

Baqlajon, sabzi, piyoz,
Solarman baridan oz-oz,

deb :P

Qayd etilgan


Robiya  07 Iyun 2010, 08:38:04

Assalamu alaykum!

***

Ilhom nima, ilhom ham albat,
Allohdan bir berilgan ne'mat.
Sizga qanday tushuntirayin,
Yozgim kelar...yozaman faqat.
Yozgum qalbim og'riqlarini,
Ajib so'zla rozlashgum tunlar.
So'rab onam sog'liklarini,
Allohga qilaman duolar.
Ba'zan vafo,do'stlik haqida,
Yozish istab qoladi qalam.
She'r yozila boshlagan onda,
Shodlik emas, ko'p bo'lar alam.
Biror dori ichmoq lozimmi,
Shunday she'rlar bitmoq-chun debsiz.
Dardli dil-u, bedor tunlarni,
She'rga o'rtoq biling, anglang Siz.
Yuqorida ayladim bayon,
She'riy mavzu men uchun bisyor.
Lek bu yurak bir mavzu-la jon,
Unga faqat bir mavzu darkor.
Alloh ishqi, vaslini o'ylab,
Ko'zga uyqu kelmas kechalar.
Faqat Undan rozilik tilab,
So'z qog'ozga tushar nechalar.
Alloh O'zi soladi dilga,
Ko'rinmaslar der: "Bundayin yoz"...
O'sha paytda ko'rinmas ko'zga,
Har na ko'pdir yo bo'lsa ham oz.
Mana shunday yaralar she'rim,
Poklar, Zotlar nazargohida,
Keling, Siz ham she'r yozing do'stim,
Mavzu, imkon, ILHOM borida... :)

Ps.: bu she'r Chustiyning postlariga javoban hozir yozildi.. :) Odatim shunaqa: qog'oz,qalam bo'lmaganda, Telefonning Draftboxidan foydalanaman..:)

Qayd etilgan


Robiya  08 Iyun 2010, 09:08:03

 :as:

Kecha bir rivoyatni eshitgach, undan ilhomlanib yozilgan she'r:

Bir bemor tabib yoniga kelib,
Dardin bayon aylay boshladi.
Tabib ham bemorni tinglagani on,
Nimani davolash kerak deb so'rdi.

Meni qalb ko'zim ko'r, ey qodir tabib,
Davola, qiynalib ketdim bu holdan.
Qo'lingdan ne kelsa, hammasin qilib,
Iltimos, xalos qil jonim yomondan.

Tabib jim tingladi bemor so'zlarin,
Tugatgach, shunday gap boshladi sekin,
Seni davolaring mendamas kechir,
Men tabibman, sen Hakimga murojaat qil.

Hakiming kim, uni qaydan topayin,
Qo'y, ovora qilma, qil menga rahm.
Yo'q, albatta uning qabulida bo'l,
Udir "YASIN. VAL QUR'ANIL HAKIYM"!

Qayd etilgan