Hazrati Ruqiyya r.a. 2-hijriyda, Madinada vafot etdilar. Janozalarini Rasululloh SAV o’qidilar, Baqi’ qabristoniga dafn etildilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
* * *
Hazrati Savda onamiz va Oyisha onamizga Rasululloh SAVning nomlaridan sovchilik qilgan ayol Usmon ibn Maz’unning zavjalari — Havla binti Hakim r.a.dir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
* * *
Abu Bakr r.a. davrlarida to’plangan Qur’on sahifalari kiyik terisiga ko’chirilib, Abu Bakr r.a.ning uyida saqlandi. Abu Bakr r.a.dan so’ng, Umar r.a.ning uylarida, u kishidan so’ng esa Hafsa onamiz huzurlarida qoldi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
* * *
Rasululloh SAV Juvayriya binti Horis r.a.ga uylanganlaridan so’ng sahobalar Rasululloh SAVning qarindoshlarini asir qilolmaymiz deb, butun boshli qabilani ozod qilgan, buning natijasida ular Islomni qabul qilgan edilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")